Konfliktlarni boshqarishda axborotning roli




Download 1,28 Mb.
bet19/45
Sana22.11.2023
Hajmi1,28 Mb.
#103672
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45
Bog'liq
37255 Ijtimoiy Psixologiya majmua qisqargan

Konfliktlarni boshqarishda axborotning roli
Konfliktlarni bartaraf etish yoki hal etishga bo‘lgan har qanday urinish u endi yuzaga kelayotgan vaqtda yoki ijtimoiy muhitga tarqalishi arafasida manfaatdor taraflar tomonidan zudlik bilan anglab olishdan boshlanadi. SHu bois aynan konfliktlarni aniqlashga alohida e’tibor qaratish lozim.
Ma’lumki, muayyan konfliktning haqiqiy boshlanishi bilan ushbu hodisaga qarshi harakat qilishdan manfaatdor bo‘lgan shaxslar tomonidan bu hol aniqlanguniga qadar muayyan bir vaqt o‘tadi. Ushbu vaqt oralig‘ida konfliktni engish uchun zarur maqbul sharoit yuzaga keladi. Pishib etilayotgan konflikt hali yashirin holatda bo‘lgan vaqtda, o‘zaro munosabatlarning muayyan ijtimoiy tizim doirasida shakllanadigan potensial konfliktli vaziyatni aniqlashga erishil­sa, kutilayotgan natija samarali bo‘lishi mumkin.
Konfliktlarni o‘z vaqtida aniqlash imkoniyati qator sharoit­lar bilan izohlanishi mumkin. Ko‘pincha konfliktni, konfliktli vaziyatning aniq elementlarini ko‘pchilik payqab etadi, biroq, hech kim birinchi bo‘lib bunga e’tibor qaratishni istamaydi. Ba’zi hollarda, shaxslar etilgan konfliktni mumkin qadar uzoq vaqt aniq­lanmasdan turilishidan manfaatdor bo‘ladilar. YUzaga kelayotgan konfliktni sezmaslikni shunchaki xohlamaslik yoki fuqarolarda tegishli bilim va tajribaning yo‘qligi bilan bog‘liq bunday vaziyatlar amaliyotda ko‘p uchraydi.
Biroq ob’ektiv xarakterdagi muammolar tufayli ham kon­fliktlar o‘z vaqtida aniqlanmasligi mumkin. O‘z navbatida, kon­fliktni yuzaga keltirgan muhitga yaqin turgan shaxslar konfliktni ob’ektiv qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Xususan, mehnat konfliktida aynan oddiy xodimlar konfliktga olib keluvchi munosabatlarning murakkablashuvini chuqur his etadilar. SHaxs muayyan ijtimoiy ierarxiyada qanchalik quyi mavqeni egallasa, ijtimoiy tanglik yoki yashirin konfliktning aniq sabablarini aniqlashning shunchalik qulay ob’ektiv imkoniyatiga ega bo‘ladi. SHu bilan birga, ijtimoiy piramidaning tepasida turgan shaxslarda ham ijtimoiy borliqni qabul qilishning, demak, ijtimoiy hayot xususiy tomonlarining ijtimoiy ahamiyatini to‘g‘ri baholash imko­niyatlari mavjud ekanligini qayd etish joiz. Ushbu nuqtai nazarga ko‘ra, muayyan ijtimoiy tuzilmada shaxsning mavqei qanchalik yuqori bo‘lsa, unga konfliktni o‘z vaqtida aniqlashda shuncha mas’uliyat yuklanadi. O‘z navbatida bunday shaxs konfliktli vaziyatning xavf­liligini bevosita yoki bilvosita ko‘rsatuvchi barcha xavfli ogohlan­tirishlarga sezgirlik bilan qarashi lozim. Rahbarlik funksiyasini bajaruvchi shaxslar muayyan konflikt yuzaga kelishi ehtimoli to‘g‘ri­sidagi xavfli signallar ulargacha to‘siqsiz etib kelishiga e’tibor qaratishlari zarur. Bunda kommunikatsiya va axborot tizimlarining barcha darajalarda tegishli faoliyat ko‘rsatishi, ijtimoiy organizm­ning barcha hujayralarida axborotning o‘tishi bilan bog‘liq ishlar­ning ob’ektiv holati muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, muayyan konflikt yuzasidan zarur axborotga ega bo‘lish konfliktli vaziyatni boshqarish va uni maqbul yo‘nalishga solish uchun zarur bo‘lgan har qanday usul va yo‘llarni topishning hal qiluvchi shartidir.

Download 1,28 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45




Download 1,28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Konfliktlarni boshqarishda axborotning roli

Download 1,28 Mb.