Konstitutsiyaviy tartiblar




Download 1,28 Mb.
bet21/45
Sana22.11.2023
Hajmi1,28 Mb.
#103672
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45
Bog'liq
37255 Ijtimoiy Psixologiya majmua qisqargan

Konstitutsiyaviy tartiblar
Insoniyat taraqqiyoti davomida jamiyatda yuzaga keladigan muammolar turli xil usul va vositalar yordamida hal etilib kelingan. Muammolarni hal etishning samarali usullarini topish doimo olimlarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Lekin, jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida amalda bo‘lgan mavjud tuzum ijtimoiy konfliktlarni bartaraf etishning samarali tartiblari­ni yuzaga kelishiga imkon tug‘dirmagan.
SHu jihatdan olganda, demokratik davlat jamiyat hayotini tashkil etishning boshqa shakllaridan farqli o‘laroq, o‘zining mustahkam yaxlit birligi va konfliktlar yo‘qligi bilan emas, balki harakatchanligi bilan ham barqarordir. U nafaqat ijtimoiy konfliktlarni barham toptiradi, shu bilan birga, ularning erkin namoyon bo‘lishi uchun sharoit ham yaratadi. Biroq totalitar tuzumdagi konfliktlardan farq qilib, ular konstitutsiya va qonunlar doira­sida nisbatan tinch kechuvchi konfliktlardir. Ijtimoiy o‘z-o‘zini tartibga solish rivojlangan mexanizmlarining mavjudligi demo­kratik sharoitda ijtimoiy to‘qnashuvlar keskinlashuvning eng so‘ng­gi shakllarining bo‘lmasligini belgilab beradi. Bunday sharoitda ijtimoiy konfliktlar ilmiy asoslangan va tahlil etilgan uslublar asosida, ya’ni muzokaralar, kelishuvlar va munozaralarning muayyan tartibini nazarda tutgan ijtimoiy texnologiya yordamida salbiy oqibatlarsiz kechadi va hal etiladi.
SHu bilan birga, bunday jamiyatda konfliktli o‘zaro munosa­batlarning aralash variantlari ham uchrab turadi. Masalan, jamoat tashkilotlari (siyosiy partiya, kasaba uyushmasi) bilan davlat organ­lari o‘rtasidagi konflikt yuzaga kelganda, u xarakterga ega bo‘lmasligi, biroq keyinchalik u huquqiy konfliktga aylanib, u yoki bu qonunchilik normalari (konstitutsiyaviy, ma’muriy, moliyaviy) ta’siriga tushishi mumkin. konfliktlarning aralash tip­lari fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda, ayniqsa, xizmat yoki turar joyida uzoq davom etuvchi nizolarda uchrab turadi. Masa­lan, oilaviy janjal sifatida boshlangan konflikt - ma’muriy huquqbuzarlik, hatto jinoyatga (bezorilik, tan jarohati etkazish, qotillik) aylanishi mumkin; muassasadagi ma’muriy o‘zaro munosa­batlar mehnat, ba’zida huquqning turli sohalari bilan tartibga solinadigan siyosiy konfliktga aylanishi mumkin.
Har qanday mamlakatning huquq tizimi va shuningdek, xalqaro huquq normalari davlat yoki xalqaro hamjamiyat tomonidan sanksiyalanganligi va qo‘riqlanganligi bois konfliktda ko‘pincha konfliktlashuvchi ikkita tarafdan tashqari uchinchi taraf sifatida huquqni muhofaza qiluvchi (huquqni qo‘llovchi) organlar timsolida davlat ishtirok etadi.
Turli-tuman konfliktlar iqtisodda, turmushda va siyosiy soha­larda bo‘lib kelgan va hozirgi kunda ham mavjud. Bunday konflikt­larni oldini olish va bartaraf etish borasida samarali tartiblar­ning etarli emasligi, ayniqsa, hozirda mintaqamizda millatlararo, hududiy, shaxslararo va boshqa konfliktlarning soni ortib borayotgan va ular rivojlanayotgan bir paytda yanada yaqqol seziladi.
SHu jihatdan olganda, 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi konfliktlarni hal etish, xususan, xokimiyat tarmoqlari faoliyatida va jamiyat hayotining turli sohalarida yuzaga keluvchi konfliktlarni hal etishning konstitutsiyaviy tartiblarini belgilab berdi. Hozir­gi kunda konstitutsiya konfliktlarni bartaraf etish borasida huquqiy vosita va asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
konfliktlarni hal etish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: parlament va boshqa konstitutsiyaviy tartiblar yo‘li bilan; jinoiy, fuqarolik, ma’muriy, intizomiy ishlarni sudda ko‘rib chiqish asosida; huquqni qo‘llovchi vakolatli davlat organlari: ma’muriy komissiyalar, soliq inspeksiyasi, ichki ishlar organlari va boshqa organlar faoliyati orqali.
Konfliktlarni yo‘l bilan hal qilishning quyidagi umumiy jihatlarini ko‘rsatish mumkin:

  • konflikt davlat tomonidan vakolat berilgan organ tomoni­dan ko‘rib chiqiladi va hal etiladi;

  • konfliktni hal etuvchi organ tegishli huquq normasini ijro etadi va uning asosida harakat qiladi;

  • konfliktlashuvchi tomonlar nizoni ko‘rib chiqish jarayonida qonunchilik bilan nazarda tutilgan huquq va burchlarga ega bo‘ladilar;

  • konfliktni hal qilishga qaratilgan qarorlar tomonlar uchun majburiydir.

konfliktlarni hal etish darajalari konfliktning hajmi va unda qatnashuvchi tomonlarning maqomiga bog‘liq bo‘ladi. SHu jihatdan olganda, ularni hal etishning quyidagi darajalarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:

  1. konstitutsiyaviy vosita va tartiblar odatda siyosiy sohada yuzaga keladigan konfliktlarni ko‘rib chiqish jarayonida qo‘llani­ladi;

  2. sud va hakamlik vositalari ijtimoiy hayotning iqtisodiy, mehnat, jinoyat va jazo, oilaviy, xo‘jalik, shaxslararo va boshqa sohalariga tatbiq etiladi;

  3. ma’muriy vositalardan asosan tashkilotlardagi munosabat­larni tartibga solishda foydalaniladi.


Download 1,28 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




Download 1,28 Mb.