Ijtimoiy psixologiyasi




Download 1,28 Mb.
bet18/45
Sana22.11.2023
Hajmi1,28 Mb.
#103672
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45
Bog'liq
37255 Ijtimoiy Psixologiya majmua qisqargan

Konfliktlarni hal etish.
Ijtimoiy konfliktlarni tartibga solish muammosi konflikt­li vaziyat sabablariga ta’sir etish, konfliktning salbiy oqibat­larini tugatish yoki konflikt natijalaridan foydalanish maqsadida konfliktning borishini muayyan yo‘nalishga solish imkoniyatiga asoslanadi. Ushbu muammoni o‘rganuvchi tadqiqotchilar konfliktni tartibga solishni unga bo‘lgan eng oqilona yondashuv, deb hisoblay­dilar.
Konfliktni tartibga solish zo‘rlikni cheklash va tomonlar xulq-atvoridagi ijobiy o‘zgarishlar yordamida kelgusida unga yo‘l qo‘ymaslikni maqsad qilib qo‘yadi. Konfliktni hal qilish eng avvalo, uning kelib chiqish sabablariga qaratilgan bo‘ladi. Bunda konflіkt­lashuvchi tomonlar o‘rtasida yangi mustahkam munosabatlarni o‘rna­tish nazarda tutiladi. Konflikt transformatsiyasi uning yanada keng ijtimoiy va siyosiy manbalariga hamda kurashning negativ energiya­sini ijobiy ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlarga aylantirishga qaratilgan bo‘ladi.
Konfliktlarni tartibga solish muammosi ma’lum darajada ijtimoiy jarayonlarni boshqarish muammosining bir qismini tashkil etadi. Fan tomonidan uni boshqarish haqida ishlab chiqilgan asosiy g‘oyalar konfliktli vaziyatlarni boshqarishning aniq usul va yo‘llarini topishda muhim ahamiyatga ega. Konfliktli menejment sohasidagi mutaxassislar umumiy xarakterdagi qator asosiy qoidalar har bir muayyan holatdagi konfliktni boshqarish muammo­sini hal qilishni ta’minlashga olib keladi, deb hisoblaydilar.

Ushbu qoidalar sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:


1. Konfliktli vaziyatning rivojlanishini boshqarish o‘z mohiya­tiga ko‘ra insonlarni boshqarishdir. Bu erda insonning ob’ektiv va sub’ektiv, moddiy va ma’naviy, g‘oyaviy jihatlarini o‘zida mujas­samlashtirgan xulq-atvor omillari va motivlari o‘z ahamiyati bilan namoyon bo‘ladi.
2. Konfliktni boshqarish - tenglarni boshqarishdir. Konflikt ishtirokchilari orasida, qoidaga ko‘ra, mutloq nohaq taraf bo‘lmaydi. Hech bo‘lmaganda konflikt ishtirokchilarining biriga nisbatan avvaldan rejalashtirilgan fikr bilan yaqinlashish mumkin emas. Konfliktlarni demokratik tartibga solish nuqtai nazaridan qaysi­dir bir tomonni to‘xtatib qo‘yish, konfliktli vaziyat ayrim sub’ekt­larining xususiy pozitsiyalarini to‘la inkor etish katta xatodir.
3. Siyosiy-huquqiy nuqtai nazardan konfliktlarni boshqarish bu, eng avvalo, katta guruhlar, shaxslar ommasini boshqarishdir. Bu o‘z navbatida konfliktlarning oldini olish yoki ularni tartibga solishda muayyan natijalarga erishish uchun zarur usullar, yo‘llar, vositalar majmuiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Bu erda omma manfaatini ifoda etuvchi tashkilotlar, ommaning o‘zini anglash darajasi, ro‘y berayotgan hodisalar ob’ektiv rivojlanishining umumiy ko‘lami muhim ahamiyatga ega.
4. Konfliktlarni boshqarish manfaatlar negizida boshqarish­dan iborat eng muhim qoidadir. Konflikt ishtirokchilari manfaa­tini to‘g‘ri tushunish konfliktli vaziyatni muvaffaqiyatli hal etish kaliti, mustahkam asosga ega kelishuvning muhim shartidir.
Ijtimoiy konfliktlarni oldini olish va tartibga solish ko‘proq ular namoyon bo‘ladigan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy muhitning umumiy holatiga bog‘liq. SHunga ko‘ra konfliktlarni tartibga solish jarayonida qator uzviy jihatlar va bu vazifani samarali hal etishga ta’sir etuvchi zarur ijtimoiy shart-sharoit­larni aniqlash lozim.
Konfliktni oldini olish, albatta, sodir bo‘lgan konfliktni to‘xtatish yoki hal qilishdan ko‘ra foydali va maqsadga muvofiqdir. SHu sababli jamiyat va davlatning asosiy kuch-g‘ayrati konflikt­larni oldini olishga qaratilgan bo‘ladi.
Konfliktlarni umumijtimoiy ko‘lamda oldini olishda ularni aniqlash va o‘rganish, konfliktologik tadqiqotlarni rivojlanti­rish maqsadga muvofiqdir. Jamiyat hayotining turli sohalarida har bir konflikt aniq sabablarga ko‘ra va muayyan sharoitlarda yuzaga keladi. Alohida olingan konfliktlardagi muayyan sabablar turmush­ning u yoki bu sohasidagi umumiy muammolar va ziddiyatlarni ifo­dalaydi. SHu sababli eng ko‘p tarqalgan konfliktli holatlarning vujudga kelishi ob’ektiv sabablarini tushuntirish va tahlil etish kechiktirib bo‘lmaydigan qarorlar chiqarilishini talab etuvchi ijtimoiy muammolar doirasini aniqlashda muhim rol o‘ynashi mumkin.

Download 1,28 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45




Download 1,28 Mb.