|
Xalqaro tashkilotlarning xalqaro munosabatlar sohasida yuzaga keluvchi konfliktlarga ta’siri konfliktlar ustidan nazorat qilish
|
bet | 17/45 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 1,28 Mb. | | #103672 |
Bog'liq 37255 Ijtimoiy Psixologiya majmua qisqargan4.Xalqaro tashkilotlarning xalqaro munosabatlar sohasida yuzaga keluvchi konfliktlarga ta’siri konfliktlar ustidan nazorat qilish.Bugungi kunda xalqaro miqyosda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan konfliktlar ustidan nazorat qilish va ularni bartaraf etishning muayyan mexanizmlari shakllangan. Ushbu mexanizmlar konfliktlarning ta`sirini kamaytirishga va to`xtatib turishga hamda ularning nuqtai nazaridan kengayishiga va harbiy to`qnashuvlarni kelib chiqishini oldini olishga imkon beradigan sharoitlarni yaratishga qaratilgandir. Mazkur mehanizmlar doirasida o`rnatilgan qoidalarning mazmuni shundan iboratki, bunda zo`ravonlik xatti-harakatlarni kamaytirish, cheklash va bunday holatning kelib chiqish imkoniyatlarini tugatish va shu asosda xalqaro va milliy darajadagi harbiy konfliktlarning oldini olishdir.
Konfliktlar ustidan nazorat qilishning bugungi kundagi mexanizmlari o‘z ichiga konfliktlarni “dastlabki aniqlash” choralarini ham qamrab oladi. Ushbu choralar muayyan konfliktli xolatlarni qanday aniqlash, buning uchun nima qilish lozimligi hamda manfaatlarni uyg‘unlashtirish kabi masalalarni hal qilishga yordam beradi. “Dastlabki aniqlash” funksiyasini BMT va xalqaro mintaqaviy tashkilotlarning tinchlikparvarlik faoliyatini yurituvchi turli organlari amalga oshiradi.
Kuzatuvchi missiyalar va alohida kuzatuvchilar tomonidan amalga oshiriladigan mazkur faoliyat turi o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
ma’lumot to‘plash va uni tahlil etish;
konfliktli hududda muayyan faktlarni o‘rnatish;
qurollanish ustidan nazoratga oid xalqaro va mintaqaviy kelishuvlarning bajarilishi ustidan kuzatuvni amalga oshirish;
konfliktli hududlarga qurol-yarog‘ va harbiy bo‘linmalarning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan nazort o‘rnatish;
noharbiylashtirilgan hududlar va qurol-yarog‘ saqlanadigan joylarda inspeksiya o‘tkazish;
tinchlik o‘rnatish to‘g‘risidagi kelishuvlarning buzilganligiga oid ma’lumotlar va xabarlar yuzasidan surishtiruv o‘tkazish;
joylarda qarama-qarshilik yuzaga kelganda muzokaralar olib borish;
xavf tug‘ilgan aholi maskanlari va hududlarida kuzatuvni amalga oshirish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Xalqaro tashkilotlarning xalqaro munosabatlar sohasida yuzaga keluvchi konfliktlarga ta’siri konfliktlar ustidan nazorat qilish
|