|
Konfliktning ijobiy va salbiy tomonlari
|
bet | 15/45 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 1,28 Mb. | | #103672 |
Bog'liq 37255 Ijtimoiy Psixologiya majmua qisqarganKonfliktning ijobiy va salbiy tomonlari. Psixologiya konfliktlarini salbiy tomonlari o’quvchilar bilimining baholashda jiddiy hatolarda yana biri turish guruhlarga sub’ektiv yondashishidir. Bu o’quvchi tomonidan ayni bir javob uchun ayni bir ish uchun turli o’quvchilarni baholashda tafovutlarda aks eatdi. Bunday vaziyatga e’tibor qiling. Doskada past o’zlashtiradigan o’quvchi javob bermoqda, ishonchsiz, o’rinsiz gapirmoqda. Bunday holatda o’qituvchining munosabati qanday bo’ladi u o’quvchi gapini shartta bo’lib, unga “ikki” qo’yadi va joyiga o’tkazadi: “Sen” hech qachon odam bo’lmaysan, “Senga o’rgatsa ham befoyda ekan deb izzat qiladi. Endi boshqa vaziyatni ko’raylik. Doska olidida yaxshi o’zlashtiruvchi kishi bugun darsga tayyor emas, ishonchsiz holda javob berayapti o’qituvchi uni ancha suyaydi. Bu vaziyatlarda konfliktni salbiy tomonlarini yaqqol ko’zda tashlanadi.
Konfliktning ijobiy tomonlari pedagog ta’lim jarayonida aqliy xujum metodikalaridan foydalanadi. Aqliy xujum metodikasida muomoli vaziyatli savollar guruhga tashlanadi.. muammolani mavzu yuzasidan har bir talaba o’z fikrlarini bildiradi. Ziddiyatlar, mojoralar to’qnashuv qarama-qarshiliklar tufayli talabalar fikrlari yanada kengib barada.
7-Mavzu : Konfiliktlarning yuzaga kelishi va uni hal etish
Reja:
Konfliktning vujudga kelish sabablari.
Konfliktning ijtimoiy –psixologik sabablari.
Konfliktlarni turli ko`rinishlari..
Konfliktlar va hokimiyatlar bo‘linishi. Parlament faoliyatidagi konfliktlar va ularni hal etishning asosiy usullari.
Konfliktlarning yuzaga kelishi.
Konfliktning asosiy sub’ektlari bu qarama-qarshi kurashuvchi tomonlar hisoblanadi. Keng ma’noda bu konfliktga jalb qilinganlarning barchasi ham uning bevosita ishtirokchilari hisoblanmasligini anglatadi. Ushbu o‘rinda konflikt dalolatchilari, guvohlari, vositachilari, tashkilotchilari va boshqa shaxslar nazarda tutiladi. Konfliktda ishtirok etuvchi tomonlar deganda bir-biriga nisbatan faol (hujum yoki mudofaa shaklidagi) harakatlarni amalga oshiruvchi tomonlar tushuniladi. Odatda konfliktda ikkita qarama-qarshi kurashuvchi tomonlar ishtirok etadilar, ba’zida har biri o‘z maqsad va vazifalariga ega bo‘lgan uch va undan ortiq tomonlar ham qarama-qarshi kurashuvchi taraflar bo‘lishi mumkin.
Masalan, mehnat konfliktlarida xodimlar va ish beruvchilar ishtirok etadilar. Makrodarajada ishchilar manfaatlarini mehnat jamoalari, kasaba uyushmalari va siyosiy partiyalar ham himoya qilishi mumkin. Ish beruvchilarning manfaatlarini esa turli tadbirkorlik uyushmalari yoki davlat tashkilotlari namoyon etadilar. Agar tomonlardan biri muayyan sababga ko‘ra o‘z faoliyatini tugatsa konflikt barham topadi (yoki uning ishtirokchilari tarkibi o‘zgaradi).
SHaxslararo konfliktlarda tomonlar bo‘lib individlar maydonga chiqadi va shu sababli ularning har biri o‘zgarmas hisoblanadi, ya’ni ularni boshqasi bilan almashtirib bo‘lmaydi. Guruhiy konfliktda o‘zgarmaslik shaxsga emas, balki guruhga nisbatan taalluqlidir. Davlatlararo konfliktda esa o‘zgarmaslik davlat nomidan harakat qiluvchi mansabdor shaxs yoki organga emas, balki davlatning o‘ziga nisbatan belgilanadi.
Ba’zi mualliflar (F.Borodkin, N.Koryak) qarama-qarshi kurashuvchi tomonlarni quyidagi tarzda darajalarga bo‘lishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaydilar: eng quyi daraja - individ, keyingisi - guruh, jamoa, milliy tuzilma, ijtimoiy qatlam, jamiyat, davlat. O‘z o‘rnida bunday yondashuv ancha bahstalab hisoblanadi. CHunki ikki shaxs o‘rtasidagi konflikt o‘zining mohiyati va fojiali tangligiga ko‘ra ba’zida guruhlar o‘rtasidagi konfliktlarga nisbatan ancha muhim bo‘lishi mumkin. Gap sub’ektning qaysi darajaga mansubligida emas, balki konflikt mexanizmida, uning yo‘nalishi, qarshi tomonlarning maqsadlarida va boshqa ko‘p holatlardadir.
Kurashuvchi tomonlar turli darajalarga taalluqli bo‘lishi, ya’ni bir xil darajada bo‘lmasliklari, ya’ni individ boshqa shaxs bilan emas, balki guruh yoki davlat bilan konfliktga kirishishi mumkin. Davlatning o‘zi ba’zida o‘zining tengi bo‘lmagan sherik bilan, jamoat tashkiloti, siyosiy partiya, ekstremistlar guruhi va hakozolar bilan konfliktlashishi, bunday konfliktlar institutlashtirilmagan shakllarda kechsa, odatda juda keskin tus olishi, ba’zida zaif tomonning halokati bilan tugashi mumkin.
Latent bosqichda qarama-qarshi kurashuvchi tomonlarni aniqlash ancha murakkab kechadi. Konflikt ochiq shaklga o‘tgandan keyingina konfliktning barcha ishtirokchilarini aniqlash mumkin.
Jinoiy jarayon tartibida ko‘radigan bo‘lsak, jinoyatchi ushlanmaguniga qadar u bilan odil sudlov organlari o‘rtasidagi konflikt latent xarakter kasb etadi. Aybdor, albatta, o‘zini konflikt tomoni sifatidagi ishtirokini shubhasiz biladi, biroq, huquqni muhofaza qiluvchi organlar jinoyatni aynan kim sodir etganligini bilmasliklari mumkin. Jinoyatni ochish va aybdorni jazolash yuzasidan protsessual faoliyat gumondor ushlangandan so‘ng latent bosqichdan ochiq ko‘rinishga o‘tganda konflikt oydinlashadi.
Qarama-qarshi kurashuvchi tomonlarning muhim xususiyatlari bo‘lib, konflikt yakunini belgilovchi ularning jismoniy, ijtimoiy, moddiy, intellektual imkoniyatlari, ko‘nikmalari va mahoratlari hisoblanadi.
|
| |