• Q onun chiqarish faoliyatidagi konfliktlar.
  • Parlament faoliyatidagi konfliktlar va ularni hal




    Download 1,28 Mb.
    bet23/45
    Sana22.11.2023
    Hajmi1,28 Mb.
    #103672
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45
    Bog'liq
    37255 Ijtimoiy Psixologiya majmua qisqargan

    Parlament faoliyatidagi konfliktlar va ularni hal
    etishning asosiy usullari
    Parlament - turli ijtimoiy manfaatlarni namoyon qilish va majburiy bo‘lgan qarorlarni qonunlar shaklida qabul qilish aso­sida xalqning umumiy erkini amalga oshiruvchi va shakllantiruvchi oliy hokimiyat vakillik organidir. Tabiiyki, parlament faoliyati­da siyosiy partiyalar, fraksiyalar, guruhlar, alohida deputatlar o‘rtasida kelishmovchiliklar va konfliktlar vujudga keladi. Bunday konfliktlarni parlamentning o‘zida hal etilishi muayyan tartib­larni ishlab chiqilishini va ulardan foydalanishni talab etadi.
    Parlamentda konfliktlarni hal etish quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:

    • deputatlarning bir yoki bir necha guruhlari erkining boshqa ishtirokchilarga “o‘tkazilishi” (bu asosan ko‘pchilik ma’qullagan qarorni qabul qilish uchun berilgan ovozlar natijasida yuz beradi);

    • parlament a’zolarining muayyan kompromissga kelishi ya’ni murosa asosida konfliktlarni hal etilishi.

    Konstitutsiya, Reglament va boshqa me’yoriy hujjatlarda mustahkamlangan parlamentni shakllantirish va uning faoliyatiga oid qoidalar nizoli masalalarni muhokama etish va konfliktlarni demokratik, ma’rifiy yo‘l bilan hal qilish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Quyida parlamentning bu boradagi faoliyatining asosiy shakllarini, ularda ro‘y beradigan konfliktlar, shuningdek, parlament konfliktlarini hal etish usullari ustida to‘xtalamiz:
    Qonun chiqarish faoliyatidagi konfliktlar. Odatda quyi palata tomonidan qabul qilingan qonun loyihasi yuqori palata tomonidan rad etilgandan so‘ng konfliktli vaziyat quyidagicha hal etiladi: palatalar kelishmovchiliklarni hal etish uchun kelishuv komissiyasini tuzishlari mumkin va komissiya muvaffaqiyatli ishla­gan taqdirda qonun loyihasi quyi palata tomonidan takroran ko‘rib chiqiladi. Bunday shakl samarali bo‘lib, dunyoning ko‘p mamlakat­larida qo‘llaniladi. Masalan, 1949-1990 yillar davomida GFR parlamentida 520 ta qonun loyihasini ko‘rib chiqishda kelishtiruv komissiyalari tuzilgan va faqat 53 holatda kelishuvga erishilmagan1.
    Agar komissiya tuzilmasa yoki kelishilgan qarorga erishilmasa, quyi palata qonun loyihasini qayta ovozga qo‘yishi, agar quyi palata deputatlarining umumiy sonidan 2/3 qismi unga ovoz bersa, qonun qabul qilingan bo‘ladi. SHu tariqa konflikt “kuch ishlatish” usuli bilan bartaraf etilishi mumkin.

    Download 1,28 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45




    Download 1,28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Parlament faoliyatidagi konfliktlar va ularni hal

    Download 1,28 Mb.