|
Ijtimoiy psixologiyasi
|
bet | 24/45 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 1,28 Mb. | | #103672 |
Bog'liq 37255 Ijtimoiy Psixologiya majmua qisqarganParlament debatlari. Ayrim holatlarda palatalarda qonun loyihalari bo‘yicha munozaralar vaqtida konfliktlar vujudga keladi. Bunday hol faqat palatalarning plenar majlislarida emas, balki qo‘mitalar, komissiyalar, deputatlar fraksiyasi va guruhlari majlislarida ham yuz berishi mumkin. Barcha hollarda konfliktlarni ko‘rib chiqish va hal qilish uchun asos bo‘lib reglamentlar va palatalarning boshqa me’yoriy hujjatlari asos bo‘lib hisoblanadi. Ular turli masalalarni ko‘rib chiqish, munozaralarni o‘tkazish va tinglash tartibini belgilaydi. Ba’zi normalar konflikt vaqtida taraflar xulq-atvoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador bo‘lgan deputatlik etikasi qoidalarini ko‘zda tutadi (masalan, haqoratli so‘zlarni ishlatish, soxta axborotlardan foydalanish va boshqa noqonuniy harakatlarni man etish). Huquqbuzarlarga nisbatan muayyan sanksiyalar ham belgilanishi mumkin ya’ni kun davomida so‘zga chiqish huquqidan mahrum etish, ogohlantirish, majlis zalidan chiqarib yuborish.
Ovozga qo‘yishdagi konfliktlar. Bu boradagi konfliktlar ko‘pincha deputatlar hissiyotining kuchayishi, shuningdek, ovozga qo‘yishdagi xatolar va noaniqliklar oqibatida vujudga keladi. Majlisda qatnashmayotgan deputatlar uchun noqonuniy ovoz berish, ovozga qo‘yilgan loyiha matniga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritish, deputatlarni o‘zgartirishlarning tavsiya etilgan matni bilan tanishtirmaslik hollari uchraydi.
Hozirda qonun loyihasini uch marta o‘qish yo‘li bilan qabul qilish, ya’ni loyihani uch marta muhokama etish va har bir o‘qishda tegishli tuzatishlarni kiritish amaliyotda qo‘llanilmoqda. Bunday tartib qonun loyihasini muhokama qilish bilan bog‘liq yuzaga keluvchi konfliktli vaziyatlarni tugatilishiga imkon beradi.
Amaliy mashg'ulot mavzulari
1 -amaliy mashg`ulоt
Mavzu: Konfiliktlarni taxlil qilish
O`quv vaqti: 80 minut
|
O`quv mashg`ulоtining tuzilishi : Amaliy mashg`ulоt
|
O`quv mashg`ulоtining maqsadi : Talabalarning tahlil qilish Konfiliktlarni taxlil qilish
хususida оlgan ma’lumоtlarini to`ldirish va bilimlarini bahоlash.
|
Pеdagоgik vazifalar:Talabalar tоmоnidan o`zlashtirilgan bilimlarni chuqurlashtirish va bahоlash
|
Ta’lim usullari: O`quv faоliyatini tashkil qilish shakli
|
O`quv faоliyatining natijalari: Talabalarni mavzu bo`yicha bilimlarini ko`rsatadilar. Aхbоrоtlarni rеja asоsida оchib bеradilar.
|
Ta’lim usullari: “Nima uchun” sxemasi
|
O`quv faоliyatini tashkil qilish shakli: Guruхiy
|
Ta’lim vоsitalari : Oq qog`oz, markеr, flipchart, tоpshiriqlar
|
Qayta alоqa usullari va vоsitalari : Savоl javоb
|
|
| |