Konfliktlar va hokimiyatlar bo‘linishi




Download 1,28 Mb.
bet22/45
Sana22.11.2023
Hajmi1,28 Mb.
#103672
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45
Bog'liq
37255 Ijtimoiy Psixologiya majmua qisqargan

Konfliktlar va hokimiyatlar bo‘linishi
Ma’lumki, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyat or­ganlari o‘z vakolatlar doirasiga ega bo‘lib, ular tegishli qonunchilik asosida faoliyat ko‘rsatadilar. Biroq, amalda hokimiyat uch tarmo­g‘ining funksiyalari ba’zida aralashib ketadi yoki o‘zaro ziddiyatga kirishadi, bunday holatda ular o‘rtasida nizo va jiddiy konflіkt­lar yuzaga kelishi mumkin.
Hokimiyatlar bo‘linishi sohasida konfliktlar qanday ko‘rib chiqiladi va hal etiladi? Ularni hal etishning quyidagi usullarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:

  • hokimiyat tarmoqlari o‘rtasidagi konfliktlar doimo konstitutsiyaviy vositalar yordamida hal etilishi kerak. Aynan Konstitutsiya hokimiyat tarmoqlari har birining kompetensiyasini ifodalaydi va funksiyalarining taqsimlanishi uchun asos bo‘lib hisoblanadi. O‘z navbatida, konstitutsiyaviy normalarning buzilishi hokimiyatlar o‘rtasida konfliktni yuzaga keltiradi;

  • ba’zi hollarda hokimiyat tarmoqlari o‘rtasidagi konflikt konstitutsiyaga zid yo‘l bilan hal qilinsa ham, uning tugashi shaklda kechadi. YAngi Konstitutsiya qabul qilinadi, yangi parlament saylovlari tayinlanadi, Prezident yoki hukumat almashinadi. Bularning hammasi kuchga ega rasmiy hujjatlarda mustahkamlanadi ;

  • demokratik mamlakatlarda davlat hokimiyatining manbai xalq hisoblanadi. SHu sababli, hokimiyatlar bo‘linishi sohasidagi konflikt mazkur hokimiyatlarning o‘zlari tomonidan ko‘rib chinili­shi va hal etilishi yoki xalq tomonidan referendum yo‘li yohud inqi­lobiy vaziyatlar uchun tavsifiy bo‘lgan bevosita irodani ifodalash vositasi bilan hal qilinishi mumkin;

  • hokimiyatlar o‘rtasidagi uzoq davom etuvchi konflikt jamiyatda siyosiy va ijtimoiy inqirozni keltirib chiqaradi hamda ijtimoiy hayotning turli tomonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. SHu sababli bunday konfliktni hal etish mavjud vaziyatga turli siyosiy kuchlarning jalb etilishini taqozo etadi.

Demak, hokimiyat tarmoqlari o‘rtasidagi konfliktlarni o‘z vaqtida oldini olish muhim ahamiyatga ega. Hokimiyatlarning kon­fliktsiz faoliyati, shubhasiz, ular o‘rtasida nizolar va kelishmov­chiliklarning mavjud bo‘lishidan afzalroqdir. Biroq, buning uchun asosiy shart - hokimiyat organlarining har biri tomonidan Konsti­tutsiya va qonunlarda ko‘zda tutilgan o‘z vakolatlari doirasiga qat’iy rioya etishdir. SHu bilan birga, jamiyatda yuzaga keladigan konfliktlarni bartaraf etishning barcha usul va uslublari konsti­tutsiyada belgilab qo‘yilgan tamoyillar doirasida hal etilmog‘i lozim. CHunki, konstitutsiya davlat hokimiyat chegarasini, hokimiyat funksiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi, inson huquqlari va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlaydi.

Download 1,28 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45




Download 1,28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Konfliktlar va hokimiyatlar bo‘linishi

Download 1,28 Mb.