Ijtimoiy psixologiyasi




Download 1,28 Mb.
bet20/45
Sana22.11.2023
Hajmi1,28 Mb.
#103672
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45
Bog'liq
37255 Ijtimoiy Psixologiya majmua qisqargan

Konflikt tahlili
Yuzaga kelayotgan konfliktni o‘z vaqtida aniqlashdan tashqari konfliktlilik holati haqida olingan axborotni lozim darajada qabul qilish ham muhim ahamiyatga ega. Voqelikni bunday qabul qilish ijtimoiy konfliktning siyosiy ahamiyatini etarli bahola­maslikka yoki keragidan ortiq baholashga olib keluvchi sub’ektivizm, soddalashtirish va buzilishlardan xoli bo‘lishi kerak. Konfliktni aslida qanday bo‘lsa, shunday qabul qilish uni hal etishda muhim ahamiyatga ega. Muayyan konfliktni sub’ektiv baholash bilan uning ob’ektiv rivojlanishi holati o‘rtasidagi muvofiqlikka erishish vazifasi muhim va murakkab bo‘lib, amaliyotda uni hal etish ancha qiyin kechadi.
Konfliktni etarli baholamaslik va uning tahlilini yuzaki o‘tkazish, keyinchalik uni oldini olish va bartaraf etishda salbiy rol o‘ynashi mumkin. SHu jihatdan olganda, konfliktli vaziyatni har tomonlama tahlil etish, uni bartaraf etish va hal qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. O‘z navbatida, konfliktni etarli baholamaslikning ob’ektiv va sub’ektiv sabablari bo‘lishi ham mumkin. Ob’ektiv sabablar axborot va kommunikatsiya tizimlarining holatiga, sub’ektiv sabablar esa alohida shaxs tomonidan yuzaga kelayotgan vaziyatni tegishli tarzda baholay olmaslik qobiliyati yoki baholashga xohishning yo‘qligi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Mavjud konfliktni haddan ziyod yuqori baholash ham zararlidir, chunki bunda aslida etarli bo‘lgandan ko‘proq kuch-g‘ayrat talab qilinadi. Muayyan konfliktni ortiqcha baholash yoki ehtimoli tutilayotgan konfliktli vaziyatga nisbatan ortiqcha xavotirlanish aslida yo‘q konfliktning aniqlanishiga olib kelishi mumkin. Bu ko‘pincha soxta konfliktlar yoki bunday vaziyatlarning sun’iy tug‘i­lishiga olib keladiki, bunda fuqarolar turli bo‘lmag‘ur ziddiyatlar va nizolarda konfliktlarni mavjud deb hisoblaydilar. Bu holat ham keraksiz harakatlar, o‘zaro ishonchsizlik, gumonsirash kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Yuzaga kelayotgan konfliktni oqilona baholash uchun nima talab etiladi? Buning uchun muhim qulay shartlar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: birinchidan, yuz berayotgan hodisalar haqida ob’ektiv axborotning bo‘lishi; ikkinchidan, bunday axborot tezkorlik bilan ijtimoiy ierarxiyaning barcha qatlamlariga, uning hokimiyat tuzilmalariga, shuningdek, manfaatdor va mas’ul shaxslarga etib borishi; uchinchidan, axborotni etkazish jarayonida uning sub’ektiv buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ya’ni birinchi qo‘ldan axborot olish yoki manfaatdor bo‘lmagan shaxslardan axborot olish katta ahamiyatga ega; to‘rtinchidan, yuzaga kelayotgan konfliktning ob’ektiv baholanishiga unda bevosita ishtirok etuvchilarning sub’ektiv intilishlari ehtimolligini hisobga olish.
Agar konflikt haqiqatda yuzaga kelsa, uni atroflicha tahlil etish muammosi yuzaga keladi. Bu holda konfliktli jarayonning asosiy jihatlariga - konflikt predmeti, sabablari, ko‘lami, ishti­rokchilari, tasnifi, ziddiyatlar xarakteri, keskinlik darajasiga e’tiborni qaratish lozim. Konfliktda kishilarning ishtiroki bevosita qabul qilishni ta’minlovchi ochiq, ba’zida esa, yashirin ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin. Bu ayniqsa, konfliktning haqiqiy ishtirokchilari, ularning sub’ektlariga taalluqli bo‘la­diki, ular har doim ham o‘zlarining konfliktdagi ishtirokini oshkora bo‘lishidan manfaatdor bo‘lmaydilar.
Konfliktni bartaraf qilish uchun uning sababi bo‘lgan sharoitni, ya’ni konfliktni yuzaga keltirgan u yoki bu moddiy yoki ma’naviy qadriyatlar yoki holatlarni aniqlash muhim ahamiyatga ega. O‘z navbatida, konfliktning predmeti iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy, diniy va boshqa omillar va holatlar bo‘lishi mumkin. Predmet haqidagi muayyan bilimga ega bo‘lish konfliktni barham toptirishga yo‘naltirilgan harakatni muvofiqlashtirishning muhim shartidir. Bunday bilimga ega bo‘lish orqali konfliktni adolatli hal etish, uning ishtirokchilariga konflikt bilan bog‘liq zararlarni qoplash­ni tavsiya etish, nihoyat, konfliktli vaziyatni yuzaga keltirgan predmetni ekvivalentiga almashtirish haqida xulosaga kelishga erishiladi. SHu bilan birga, konfliktning predmeti xususiyatlari­ni aniqlash samarali natija bermasligi ham mumkin. Bu holda tahlil qilinayotgan konflikt mohiyatiga ko‘ra predmetsiz deb tan olinadi. Bunday xulosaga kelish konfliktga qarshi turganlar uchun ham muhimdir.
Ro‘y berayotgan konfliktning haqiqiy ko‘lamini aniqlash uni barataraf etish va hal qilishda muhim ahamiyatga ega. Konflikt mikro, makro va megakonflikt bo‘lishi mumkin. Konflikt ko‘lami uning haqiqiy chegaralarini o‘rnatish, uning jamiyatda tarqalish doirasi, uning boshqa ijtimoiy hodisalar bilan aloqasini belgi­lash jihatidan ahamiyatga ega bo‘ladi. Konflikt o‘lchamlari uni bar­taraf etish bo‘yicha qo‘llaniladigan harakatlarning mutanosibligini aniqlash, bu harakatlarni amalga oshirish doirasini ko‘rsatish nuqtai nazaridan muhim. SHu bilan birga, konfliktlar sabablarini aniqlash, uni yuzaga keltiruvchi ziddiyatlarni tahlil qilish, uning rivojlanish tangligi va keskinligini hisobga olish zarur.
Jamiyatning o‘zida konfliktlarni tartibga solish va tugatish­ning turli imkoniyatlari mavjud. O‘z fuqarolariga moddiy ta’mi­notning eng yuqori darajasini ta’minlagan davlatda moddiy ne’­matlarni taqsimlash bilan bog‘liq konfliktlar iqtisodi zaif mamlakatlarga qaraganda oson bartaraf qilinadi. Totalitar rejim sharoitiga nisbatan demokratik muhitda konfliktlarni tartibga solish ancha engil amalga oshiriladi. Totalitar siyosiy rejimda ijtimoiy to‘lqinlar, muammolar mavjud emasdek, hattoki jamiyat hayoti bir muncha barqaror deb qabul qilinadi. Biroq, bu qattiq markazlashgan siyosiy boshqaruvning konfliktli vaziyatlarni samara­li hal qilishini anglatmaydi. U ko‘proq yuzaga kelayotgan konflikt­larni bo‘g‘adi, ijtimoiy muammolarni o‘z qobig‘ida qolib ketishiga olib keladi. Bunda ijtimoiy tanglik ortib boradi va latent holatda turgan konfliktlar muayyan vaqt o‘tgandan keyin totalitar hokimiyat tizimini halokatga olib keluvchi portlash bilan tugaydi. Bunga misol sifatida Sobiq Ittifoq davrini keltirib o‘tish mumkin.
Ko‘p holatlar insonlar ruhiyatining xususiyatlari, milliy an’analarning o‘ziga xosligi, umumiy madaniyatga bog‘liq. Ushbu jihatlar konfliktlarni rivojlanish jarayoniga sezilarli ta’sir o‘tkazadi, bu o‘z navbatida uni bartaraf etish imkoniyati shartlarini belgilaydi. Ayrim holatlarda konflikt qonli nizolarga, boshqa hollarda esa aynan shu konflikt tinch yo‘l bilan, parlament munozaralari shaklida rivojlanadi.
Tabiiyki, u yoki bu siyosiy rejimning tartibga solish faoliyati o‘zida jamiyatda ma’qullagan qadriyat va kayfiyatlarni ifodalaydi. O‘z navbatida, konfliktning keskinligini yumshatish yoki uni bartaraf etish uchun qulay sharoitlar mavjud bo‘lsa, konflikt rivojlanishini tartibga solishning muayyan usullari va yo‘llari haqida fikrlash mumkin bo‘ladi.

Download 1,28 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45




Download 1,28 Mb.