Ijtimoiy psixologiyasi




Download 1,28 Mb.
bet4/45
Sana22.11.2023
Hajmi1,28 Mb.
#103672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
37255 Ijtimoiy Psixologiya majmua qisqargan

Konflikt ob’ekti deganda taraflar egallashga yoki undan foydalanishga intiladigan muayyan moddiy yoki ma’naviy boylik tushuniladi.
Konflikt ob’ekti bo‘lib, shaxsiy, guruhiy, ijtimoiy, davlat manfaatlarining predmeti bo‘lgan moddiy dunyo va ijtimoiy borliqning istalgan elementi hisoblanadi. Bu element konflikt predmeti bo‘lishi uchun turli ijtimoiy sub’ektlar manfaatlari to‘qnashadigan nuqtada bo‘lishi kerak, sub’ektlar bunday element ustidan shaxsiy nazorat yuritishga harakat kiladilar. Bunday vaziyatlarga misol sifatida kichik yoshdagi bolalar chiroyli o‘yinchoq ustida talashishi, u yoki bu hududning tegishliligi haqidagi masala hal qilinmaganligi uchun davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning taranglashuvini keltirib o‘tish mumkin. Ko‘p hollarda konfliktli vaziyatlar biron-bir ne’matga, mavqega erishishga bo‘lgan ehtiyoj bilan uni qondirish imkoniyatlari o‘rtasida nomuvofiqlik kelib chiqishi oqibatida yuzaga keladi. Masalan, bitta direktor lavozi­miga ikkita nomzodning da’vogarligi, do‘konda tanqis mahsulot olish uchun navbatda turganlar o‘rtasida bo‘ladigan janjal. Bunday holatlarda resurslar tanqisligini oldini olish orqali yuzaga kelgan muammoni birdaniga hal qilishi mumkin. SHu bilan birga, kishilar kundalik hayotlarida to‘qnash keladigan ko‘p sonli muammo­larni doim ham shu tariqa hal qilishga erishib bo‘lmaydi. SHu jihatdan olganda, oddiy, tipik konfliktlar ob’ektlarini ajratish eng umumiy xarakterdagi muammolar darajasini aniqlashga imkon beradi. Masalan, kundalik turmushimizga xos bo‘lgan transport va navbatda turishda bo‘ladigan konfliktlar davlat miqyosidagi transport qatnovi va tovar ta’minoti tanqisligi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.
Ba’zan konfliktlar aniq ob’ektga ega bo‘lmasligi mumkin, ya’ni ob’ekti bor konfliktlar bilan birga, ob’ektsiz konfliktlar ham bo‘lishi mumkin, bunda sub’ektlarning birorta narsa ustidan nazo­rat qilishi o‘zaro maqsad-intilishlari istisno qilinadi. Masalan: ko‘p qavatli uylarda yonma-yon yashovchi qo‘shni xonadonlarning birida uy egasi ilmiy asarni yozish bilan band bo‘lganda, qo‘shnisi pianino­da mashq qila boshlaydi. Birinchi qo‘shni ikkinchisiga murojaat qiladi va shu tariqa konflikt yuzaga keladi. Bunday konfliktda qo‘shnilar birorta narsa ustidan nazorat o‘rnatish yoki manfaatga ega bo‘lishga intilmaydilar, balki birinchisining samarali ishlashiga ikkinchisi halaqit beradi. YOki jinoiy ish yuritish amaliyotida shunday holatlar uchraydiki, tasodifiy o‘tkinchi bezoriga tanbeh beradi, shunda konflikt avj olishi mumkin. Bunda konflikt bir sub’ekt tomonidan ikkinchisining axloqiy qarashlarini buzish orqasida ro‘y beradi.

Download 1,28 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Download 1,28 Mb.