-Mavzu : Konfiliktlarning umumiy nazariyalari




Download 1,28 Mb.
bet5/45
Sana22.11.2023
Hajmi1,28 Mb.
#103672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
37255 Ijtimoiy Psixologiya majmua qisqargan

2-Mavzu : Konfiliktlarning umumiy nazariyalari
Reja:
1.Konfliktlar haqida ilk tasavvurlar.
2.Yangi davrdagi konfliktlar.
3.Konfliktlar haqidagi hozirgi zamon konsepsiyalari.
4.Konflikt dinamikasi va konflikt vaziyat
1. Konfliktlar haqida ilk tasavvurlar. Hozirgi zamon fani insoniyatning tarixiy o‘tmishiga nazar tashlar ekan, konfliktni hamisha ijtimoiy taraqqiyotning doimiy yo‘ldoshi ekanligiga shubha qilmaydi, chunki, odamlar bor joyda konfliktlar mavjud bo‘lgan va bo‘laveradi. Ijtimoiy hayotda konfliktlarning tutgan o‘rni va keng tarqalganligi uzoq o‘tmishda ham olimlarning e’tiborini o‘ziga tortgan.
O‘tgan asrlarda ijod qilgan faylasuflar, tarixchilar, yozuvchi­larning asarlarida, g‘oyalarida vujudga kelishi ehtimol bo‘lgan konfliktlarning yuzaga kelish sabablari va ularni tugatish yo‘llari haqida muayyan fikrlar bildirilgan. O‘tmishda konfliktlarni hal etishning asosiy usuli sifatida urug‘-qabila oqsoqollari, dohiy­larining yakka hokimligi tushunilgan. Biroq ilk davlatchilik tuzil­malarining vujudga kelishi har doim ham jamiyatda uyg‘unlikka olib kelmagan, ba’zida ijtimoiy notenglikni keskinlashtirgan, konfliktlarni yaqqol namoyon etgan va kuchaytirgan. SHu bois, asrlar davomida insonlar urushlar bo‘lmaydigan, nizolar va adovat barham topadigan mukammal kelajakka ishonch hissi bilan yashaganlar.
Qadimgi yunon faylasuflari birinchilardan bo‘lib ijtimoiy konfliktlarning tabiatini to‘g‘ri tushunishga uringanlar. Mashhur qadimgi faylasuf-dialektik olim Geraklit (er.av. 530-470 y.y.) urushlar va ijtimoiy konfliktlar haqidagi fikrlarini borliq­ning tabiatiga bo‘lgan qarashlarning umumiy tizimi bilan bog‘lashga harakat qilgan. Uning fikricha, “koinotda hukm suruvchi yagona umumiy qonun - bu urushdir, u hamma narsaning otasi va shohidir. U kimlarnidir xudolar va kimlarnidir insonlar qilib yaratadi, insonlarining ba’zilarini qul, boshqalarini erkin qilib belgi­laydi. Hamma narsa, shu jumladan, inson muloqoti normalari ham abadiy aylanma harakat va bir-biriga aylanish ta’sirida bo‘ladi. Dunyoda barcha narsa adovat va nifoq orqali tug‘iladi”1. Geraklitning ushbu so‘zlari ijtimoiy taraqqiyot jarayonida kurashning ijobiy rolini to‘g‘ri asoslashga bo‘lgan dastlabki urinishlardan biri ekanligini ko‘rsatadi. Konfliktlar o‘zining yangi xususiyati bilan ijtimoiy hayotning muhim atributi, ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim va zarur sharti sifatida namoyon bo‘ladi. Geraklitning konfliktlar va kurash barcha narsaning asosi ekanligi haqidagi g‘oyalari qadimgi faylasuf-materialist - Epikur (er.av. 341-270 y.y.) tomonidan rivojlantirildi, ayni paytda u to‘qnashuvlarning salbiy oqibatlari qachonlardir insonlarni doimiy tinch-totuv sharoitda yashashga majbur qiladi, deb hisoblagan.
Xristian falsafasi o‘z rivojining dastlabki bosqichida insonlar o‘rtasida tinchlik, hamjihatlik, qardoshlikning afzalli­gini isbotlashga harakat qilgan. II-III asrlar arafasida Kliment Aleksandriyskiy Origen va Tertullion qurolli to‘qnashuvlarga qarshi qaratilgan nazariy fikrlarni rivojlantirganlar, biroq, ular tarixiy taraqqiyot tabiiy jarayoniga jiddiy ta’sir ko‘rsata olmaganlar.
IV asrning boshiga kelib, “Iso ta’limoti”ning urushlar bilan sig‘isha olmasligi haqidagi tamoyiliga shubha bilan qaraldi. O‘rta asrlardan YAngi davrga o‘tishda Farbiy va Markaziy Evropa mamlakat­larida sodir bo‘lgan madaniy va g‘oyaviy rivojlanish davrida jiti­moiy konfliktlarga murakkab va o‘ta ziddiyatli baholar berildi. Bu davrda taraqqiyparvar olimlardan T.Mor, E.Rotterdamskiy, F.Rabl, F.Bekonlar ijtimoiy to‘qnashuvlarni va qurolli konfliktlarni keskin qoralaganlar.
Konfliktlar tabiati haqidagi ingliz faylasufi Frensis Bekon (1561-1626) tomonidan bildirilgan fikrlar ham o‘ziga xos­dir. U birinchi bo‘lib mamlakat ichkarisidagi ijtimoiy konflіkt­lar sabablari majmuini chuqur nazariy tahlil qilgan, ijtimoiy tartibsizliklarning moddiy, siyosiy, ruhiy sharoitlarini hamda ularni bartaraf qilish usullarini qarab chiqqan. U ijtimoiy tartibsizliklarni yuzaga kelishida moddiy sabablarning hal qiluvchi rolini chuqur anglab etgan.
F.Bekon konfliktlarni oldini olishning muayyan vositalariga ham e’tibor qaratgan. U ijtimoiy konfliktlarning moddiy saban­larini, ya’ni, ayrim tabaqalarning qoniqarsiz ahvolini mumkin qadar barcha vositalar bilan bartaraf qilish zarurligini ta’kid­lagan.

Download 1,28 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Download 1,28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu : Konfiliktlarning umumiy nazariyalari

Download 1,28 Mb.