|
Ijtimoiy psixologiyasi
|
bet | 40/45 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 1,28 Mb. | | #103672 |
Bog'liq 37255 Ijtimoiy Psixologiya majmua qisqarganOptimizm – kechayotgan voqea va xodisalar jarayoniga nisbatan bildirilgan ikki xil qarama – qarshi fikrlar yoki munosabatlarni yaxshilikka yo`yish.
Panelog – gurux ichidagi munozaradir
Psixodiagnostika (grekcha psyche – ruh va diagnostikos – bilishga qodir) – psixologik fan sohasi bo`lib, shaxsning individual – psixik xususiyatlarini o`lchash va aniqlash usullarini ishlab chiqadi.
Psixoterapiya (grekcha therapeia – parvarish qilish, davolash) – ko`plab psixik, asabiy va psixosomatik xafagarchiliklarda inson hissiyoti, fikrlari, o`z-o`zini anglashiga kompleks davolovchi ta’sirdir (asosan nutq yordamida, biroq faqat uning yordamida emas). SHartli ravishda asosan mavjud alomatlarni yo`qotish yoki yumshatishga qaratilgan klinik maqsadli psixoterapiya va insonga uning sotsial muhiti va o`z shaxsiga nisbatan munosabatini o`zgartirishga yordam berishni vazifa qilib olgan shaxsiy maqsadli psixoterapiya mavjudligi e’tirof qilinadi.
Psixo analiz – ruhiy xastalikni davolash usuli va psixologik ta’limot.
Psixotexnika (grekcha techne – san’at, mahorat) – psixik jarayonlarni sodir bo`lish xarakteristikasini yaxshilash, mavjud psixik qobiliyatlarni o`stirish va yangilarini shakllantirishda qo`llaniladigan konkret metodik usullar yoki usullar tizimidir.
Predikatlar mantig`i – muhokama yuritish jarayonlarining muloxazalarning ichki strukturasidan kelib chiqib tahlil qiladigan mantiqiy sistema. U muloxg`azalar mantig`ini o`z ichiga oladi. Predikatlar mantig`i tili muloxazalar mantig`i tiliga qo`shimcha simvollar kiritish yordamida hosil qilinadi.
Reproduktiv – fikrlashni bir turi.
Referent guruh (lot. referens – xabar beruvchi) – kishi uchun e’tiborli bo`lgan, qadriyatlari, fikrlash hulq-atvor, normalari va qoidalarini so`zsiz tan
oluvchi va ularni o`zi uchun qabul qiluvchi kishilar guruhidir.
Refleksiya – aynan o`ziga o`xshash odamlar obrazi orqali o`zi to`g`risidagi obrazni shakllantirish, jonlantirish.
|
| |