• Muloqotdagi konstruktivlik
  • Munosabatning o`zgarishi (deformatsiya)
  • Liderlik – guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va bo`ysunuvchanlik, hokimlik va qaramlik munosabatlaridir. Malaka




    Download 1,28 Mb.
    bet38/45
    Sana22.11.2023
    Hajmi1,28 Mb.
    #103672
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   45
    Bog'liq
    37255 Ijtimoiy Psixologiya majmua qisqargan

    Liderlik – guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va bo`ysunuvchanlik, hokimlik va qaramlik munosabatlaridir.
    Malaka –faoliyatning avtomatlashtirilgan ko`nikmasi, mustahkam mahoratidir. Boshda ongni nazorat qilinadigan va bir me’yordagi harakat bo`lgan narsa har bir kishiga turmush tajribasiga ko`ra avtomatlashtirishi mumkin. Ko`nikmalar faqat oson payqash mumkin bo`lgan harakatchan bo`lmaydi, balki fikrlovchi, sotsial-kirishuvchan, tashkilotchi va boshqacha ham bo`ladi. Avtomatizmdan iborat bo`lgani holda ko`nikmalar ayni paytda ishda ijodning zaruriy sharti hisoblanadi (bunga tushunarli misol quyidagicha: shu sozanda o`z asbobida musiqa chalishning zarur texnikasi, ko`nikmasini hosil qilgunga qadar u ijodkor bo`la olmaydi, chunki u hali «musiqiy» asboblar klavishalarini, pozitsiyalar va b. ni chalkashtirib qo`yishdan qo`rqadi).
    Muloqotdagi konstruktivlik – hamkorlarning aloqasi davomida ularning ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan, birgalikda hal qilinayotgan masalalarning ijobiy yechim topishiga yordam beradigan, ularning individual betakrorligini saqlab qoladigan muloqotdir. Muloqotdagi konstruktivlik (yaratuvchanlik) tushunchasi kishilarning muloqot davomida o`z salohiyatini o`stirish, shaxsiy o`sishi, sotsial yetuklikning shakllanishi tomon harakatlanishi yo`nalishini ko`rsatadi.
    Munosabatning o`zgarishi (deformatsiya) – bu munosabatlardagi shunday o`zgarishlarki (buzilish, qiyinchiliklar, yanglishishlar), ular munosabatdagi samaradorlikning pasayishi yoki buzilishiga, hamkorliklarning sog`lig`iga, ularning obro`siga yoki ruhiy osoyishtaligiga, moddiy qadriyatlariga va boshqalarga putur yetkazadi. O`zgarishlarni ularning turiga qarab turlicha tushunish mumkin: mas., mening ustimdan kulishayotgani uchun bizning begona ekanligimizni, bizning do`st emasligimiz, bir-birimizni tushuna olmasligimizni, meni masxara qilishayotganligi va ko`plab boshqa narsalarni anglay boshladim.
    Mazmun – bevosita hissiy kechinmalar davomida yoki ongda aks etuvchi qandaydir ob’ekt o`rtasidagi munosabatni xira bo`lsada anglash va sub’ekt hohishlariga ko`ra paydo bo`ladigan psixik yaxlitlikdir. Bir narsa men uchun kerak, ehtiyoji bor, boshqasi esa – yuq, kerakmasligini e’tiborga olib, aytishadiki, «bu men uchun mazmunga ega» yoki «buning men uchun mazmuni yo`q» tashqaridan qaraganda bir narsa bo`lib tuyulgan yumush (o`ra qazish) yollangan yer qazuvchi uchun daromad qilish mazmuniga ega, arxeolog uchun qandaydir buyuk tarixiy muammoni yechish, tasodifiy yo`lovchi uchun esa piyodalar yo`lining buzilayotganligi unga qandaydir buzg`unchilik mazmuniga ega bo`lib tuyuladi.
    Me’yor – ob’ektning sifat va miqdoriy jixatlari o`zaro bog`liqligini anglatadigan, mazmukn va shakl imkoniyat va voqeilik o`rtasidagi zaruriy uyg`unlik ta’minlanishini ifodalaydigan falsafiy tushuncha.
    Moslik – kishilardan harakat qilish kelishuvini va yaxshi o`zaro bir-birini tushunishini talab qiladigan birgalikda ishlash, vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish qobiliyati.

    Download 1,28 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   45




    Download 1,28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Liderlik – guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va bo`ysunuvchanlik, hokimlik va qaramlik munosabatlaridir. Malaka

    Download 1,28 Mb.