|
Matn va uning turlari. Matn hosil qiluvchi vositalari
|
bet | 1/5 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 373,43 Kb. | | #236109 |
Bog'liq NcejD9jh91HtuZkZLqDWGFWSoDOR7VwO7kFMemdr
2-MAVZU
|
MATN VA UNING TURLARI. MATN HOSIL QILUVCHI VOSITALARI
|
Matn – nutqiy jarayon natijasi. Umuman olganda har bir milliy madaniyatda va insoniy madaniyatda matnlar tizimi bor:
badiiy matnlar, obrazli ifodalashning va borliqni modellashtirishning o‘ziga xos xususiyatlarini qo‘llaydi;
|
og‘zaki matnlar, assotsiativ fikrlashga asoslanadi;
|
ilmiy yoki nazariy matnlar, bilish natijalarini mantiqiy tushunishga asoslanadi;
|
instruktiv yoki amaliy matnlar, tayyor bilimlarni bayon qilish hamda yozilganlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bajarishga asoslanadi;
|
axborot beruvchi matnlar, dalillar ro‘yxatidan iborat (lug‘atlar, spravochniklar va b.);
|
tashviqot matnlari, adresat ongiga ta’sir qiladi;
|
ommaviy axborot vositalari matnlari, axborot va tashviqot matnlarining o‘ziga xos xususiyatlari aks etadi.
|
Matnlarning har biri faqat o‘ziga xos bo‘lgan, shaxsiy tomonlarga ega. Shu bilan birga umumiy belgilar, tuzilishidagi qoidalarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
|
| |