|
Matnning asosiy belgilari
|
bet | 2/5 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 373,43 Kb. | | #236109 |
Bog'liq NcejD9jh91HtuZkZLqDWGFWSoDOR7VwO7kFMemdrMatnning asosiy belgilari umumiy ko‘rinishda uning yaxlitligi (bog‘langanlik, tugallanganlik) va modalligi (ya’ni matnda baho berish, o‘z-o‘ziga baho berish, “nuqtai nazar” ning mavjudligi) hisoblanadi.
Matn turlari
Turli uslublarda yozilgan matnlar o‘z qonuniyatlariga ega bo‘lishi mumkin, bular mazmunini bayon qilish usulida va til birliklari yig‘indisida namoyon bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, matnlar quyidagi turlarga bo‘linadi: ta’rif, hikoya, muhokama, xabar.
Ta’rif matni
Ta’rif matnida borliqdagi biron-bir hodisa, shaxs, predmet tasvirini uning muhim va muhim bo‘lmagan belgilarini ko‘rsatgan holda tavsiflanadi. Ta’rif — borliqning turg‘un ko‘rinishini beruvchi aniq dalillarga asoslangan nutq. Ta’rif yordamida bir vaqtning o‘zida namoyon bo‘luvchi nutq predmetining sifat, miqdor, strukturali va funksional sifatlari haqida bilib olish mumkin. Ta’rifda shaxsi noma’lum gaplar ko‘p uchraydi. Ta’rif matni barcha nutq uslublarida qo‘llanilishi mumkin.
Hikoya matni
Hikoya matni — bu harakat va hodisalar haqidagi axborotni uzatish, ular ketma-ketlikda vaqt va makonda ochib boriladi hamda sifat va miqdor jihatdan o‘zgarib boradi. Ta’rif matnidan farqli o‘laroq hikoya matni borliq haqida dinamik tasavvur beriladi. Hikoya matnlari uch qismli shaklga ega: 1) hodisaning boshlanishi, 2) uning rivojlanishi, 3) oxiri. Bunday turdagi matnlar ilmiy, og‘zaki, gazeta-publitsistik nutq uslublarida va badiiy adabiyot tilida uchrashi mumkin.
Muhokama matnlari
Muhokama matnlari – bu so‘z orqali bayon qilish, qandaydir fikrni tasdiqlash, nutq predmeti haqida yangi bilimlar xabari. Matnning bu turi ham uch qismli shaklga ega: 1) tezis; 2) dalil 3) xulosa. Bunda tezis va dalil mantiqan va grammatik jihatdan bog‘langan bo‘lishi kerak. Muhokamada ergashgan qo‘shma gaplar ishlatiladi. Muhokama matnlari ilmiy, publitsistik, og‘zaki nutq turlarida, badiiy asarlarda uchraydi.
Xabar matni
Xabar matni — bu voqea-hodisa xarakteridagi axborotni uzatish, bunda voqea qayerda va qachon bo‘lgan, unda kim qatnashganligi aks etadi. Bunday turdagi matnlar rasmiy-idoraviy, publitsistik, og‘zaki nutq uslublarida qo‘llaniladi.
|
| |