• 1. Yaxlitlik matnning xususiyati sifatida
  • 2. Matn albatta kompozitsiyaga ega bo‘lishi kerak
  • Matn va uning turlari. Matn hosil qiluvchi vositalari




    Download 373,43 Kb.
    bet3/5
    Sana15.05.2024
    Hajmi373,43 Kb.
    #236109
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    NcejD9jh91HtuZkZLqDWGFWSoDOR7VwO7kFMemdr

    E’tibor bering! Matn tuzilmasi har doim ham bir xilda bo‘lmaydi; matn odatda xilma-xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi, ulardan biri asosiy, qolganlari qo‘shimcha hisoblanadi.



    Matn tuzilishidagi asosiy qoidalar
    Matn yaxlit nutqiy asar bo‘lib, boshlanish, fikrlarni ochib berish tuzilmasi va tugallanishlarga ega.
    1. Yaxlitlik matnning xususiyati sifatida berilgan birlikda yagona mavzudagi hikoya bo‘lishini nazarda tutadi. Bu mavzu sarlavha sifatida berilishi mumkin. Matnga sarlavha qo‘yish murakkab, chunki u bir tomondan butun matnnning mazmunini aks ettirishi, ikkinchi tomondan adresatga tushunarli bo‘lishi kerak.

    2. Matn albatta kompozitsiyaga ega bo‘lishi kerak, uch qismdan iborat reja asosida – ­bosh qism, o‘rta qism (fikrni ochish) va xotima qismlaridan tuzilgan bo‘lishi kerak.

    • Bosh qism o‘quvchi, eshituvchini bevosita matnning asosiy mazmunini qabul qilishga tayyorlaydi. Unda hikoya mavzusi shakllanadi. O’rta qismda bu mavzu rivojlanib boradi. Xotima qismi mazzuni ochib berishga yakun yasaydi.

    • Kompozitsiyaning har uchchala qismi o‘ziga xos xususiyatlarga ega hamda maxsus til vositalari yordamida aks etadi. Fikrning boshlanishi, bir fikrdan boshqasiga o‘tish, mavzuning yakuni kabilarning ma’lum bir shakllari mavjud. Ular boshlanish va xotima qismlarida barqaror bo‘ladi.

    • Maktablardagi insholarda boshlanish va xotima funksiyasini, odatda, zaruriy bo‘lgan kirish va xulosa qismlari bajaradi. Maktablardagi insholarning asosiy xatoliklaridan biri yo boshlanish va xotimaning yo‘qligi yoki kompozitsiyaning bu elementlari bilan matnning asosiy mazmunidagi bog‘liqlikning yo‘qligi.

    • Fikrni ochib berish ia’lum bir mantiqiy sxema asosida quriladi. Unga tezis (muallif o‘quvchiga yetkazmoqchi bo‘lgan asosiy g‘oya) va dalillar (muallif tezisini tasdiqlovchi isbotlar, misollar, illyustratsiyalar) kiradi.


    Download 373,43 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 373,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Matn va uning turlari. Matn hosil qiluvchi vositalari

    Download 373,43 Kb.