• 4. Matnda hamma narsa o‘zaro bog‘langan
  • Katta va murakkab matnlar ichida tarkibidagi komponentlarini ajratib ko‘rsatish mumkin




    Download 373,43 Kb.
    bet4/5
    Sana15.05.2024
    Hajmi373,43 Kb.
    #236109
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    NcejD9jh91HtuZkZLqDWGFWSoDOR7VwO7kFMemdr

    3. Katta va murakkab matnlar ichida tarkibidagi komponentlarini ajratib ko‘rsatish mumkin – murakkab sintaktik butunlik (katta matnda boblar, paragraflar va b.). Bu matnda mikromatnni ochib beruvchi bir guruh gaplar bo‘lib, boshlanish, fikrlar rivoji va xotimalarga ega bo‘ladi. Bir murakkab sintaktik butunlik doirasida har bir keyingi gap avvalgi gapdan kelib chiqqan savolga javob beradi. Keyingi gapga savol berib bo‘lmaslik murakkab sintaktik butunlik tugaganini anglatadi.
    4. Matnda hamma narsa o‘zaro bog‘langan, hattoki murakkab sintaktik butunlik va undagi alohida gaplar ham. Jumlalararo aloqaning turli vositalari mavjud. Asosiylarini sanab o‘tamiz:

    • predmetli aloqa (matndagi alohida qismlar insonlar ismi, predmetlarning nomi bilan birlashadi);

    • vaqtli aloqa (matnda yagona vaqt makoni mavjudligi). Vaqtdagi birgalik grammatik va leksik ifodalanadi: 1961yilda, avval-keyin; ertalab–kechqurun va b.. vaqtning grammatik birligiga alohida e’tibor bering. Vaqtni almashtirish doim o‘rinli bo‘lishi kerak. Maktabdagi insholarda eng ko‘p uchraydigan xatolik hozirgi zamondan o‘tgan zamonga asossiz o‘tib ketishdir: Kecha birinchi kanal bo‘yicha mening sevimli filmom «Krepkiy oreshek» namoyish qilindi. Men uni yettinchi marta ko‘rmoqdaman;

    • makonli aloqa (shahrimizda,u yerda,bu yerda va b.);

    • so‘zlar tartibi.

    Yozma hikoya matnida gaplar, odatda, mavzudan, xabar predmetidan, biron-bir tanish narsadan (avvalgi hikoyadan) yoki mazmun jihatidan kamroq ahamiyatga ega narsadan boshlanadi. Gap yakunida, odatda, gap yangi, ushbu kontekst va vaziyatda ahamiyatliroq bo‘lgan axborot beriladi. Tanish va yangi, kamroq va ko‘proqqa bo‘lish butun matnga bog‘liq. Eng keng tarqalgan so‘zlar tartibi. Yangi, ahamiyatli va avvalgi gapni oxirida kelgan axborot keyingi gapda tanish, kamroq ahamiyatga ega bo‘lib qoladi va shuning uchun boshiga ko‘chib o‘tadi.

    Fikr bildirish orqali berilgan axborot tushunarli bo‘lishi uchun gap ikki qismdan iborat bo‘lishi kerak. Birinchi qism «berilgan» deb ataladi; u tanish dalillarni o‘z ichiga oladi va odatda gapning boshida keladi. Ikkinchi qism «yangi» deb ataladi, tanish bo‘lmagan axborotdan iborat bo‘ladi. «Yangi» keyingi gapda «berilgan» bo‘lib qoladi, undan keyin navbatdagi «yangi» keladi.


    Download 373,43 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 373,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Katta va murakkab matnlar ichida tarkibidagi komponentlarini ajratib ko‘rsatish mumkin

    Download 373,43 Kb.