O‘zbekistonda prezidentlik lavozimining joriy etilishi




Download 10,97 Mb.
bet12/163
Sana25.11.2023
Hajmi10,97 Mb.
#105408
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   163
Bog'liq
Мажмуа янги тарих 2022

O‘zbekistonda prezidentlik lavozimining joriy etilishi.
Yirik tarixiy voqealardan biri sifatida 1990-yil 23-martda O‘zbekiston Kompartiyasi MKning Plenumi ham respublika siyosiy tizimi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqqan va unda O‘zbekiston hokimiyatning Prezidentlik boshqaruvi shakliga o‘tishi respublika suvereniteti va davlatchiligida mohiyatan yangi bosqich ekanligi ta’kidlangandi. 1990 - yil 24 - mart kuni O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining XII chaqiriqk 1 sessiyasida SSSR doirasida birinchi bo‘lgan siyosiy hujjatni – “O‘zbekistonda Prezidentlik boshqaruvi ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi va O‘zbekiston Kompartiyasi MQ birinchi kotibi Islom Abdug‘anievich Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. Shu tariqa, O‘zbekiston - SSSR respublikalari ichida birinchi bo‘lib o‘zining milliy huquqiy va demokratik davlatiga mustahkam zamin yaratdi. O‘zbekiston xalqining manfaatlarini ko‘zlab I. A. Karimov tashabbusi bilan amalga oshirilgan dastlabki tadbirlarning o‘ziyoq prezidentlik boshqaruvining o‘z vaqtida ta’sis etilganidan dalolat berdi.



O‘zbekiston mustaqillikka erishishida qo‘yilgan yana bir muhim qadam bu 1990 - yil 20 iyunda «Mustaqillik Deklaratsiyasi» qabul qilinishi bo‘ldi. Mazkur qonun O‘zbekiston qonunlarining Ittifoq qonunlaridan ustuvorligini ta’minladi. Deklaratsiyada har bir millat o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiyatamoyillarigaasoslanib

O‘zbekiston SSRning davlat suvereniteti e’lon qilindi. 1990 - yil 1-oktyabrda “O‘zbekiston SSR Prezidenti Kengashining tarkibi to‘g‘risida” O‘zbekiston SSR Prezidentining Farmoni e’lon qilindi. Farmon asosida O‘zbekiston SSR Prezidenti Kengashpning 14 kishidan iborat a’zolari tayinlandi.
O‘zbekiston Prezidentining bevosita ko‘rsatmasi bilan respublika ichki ishlar vazirligining mas’ul lavozimlariga malakali mahalliy kadrlar qo‘yildi. Bu tadbirlarning huquqiy asosi bo‘lib. 1990 - yil 31 - oktyabrda Prezident imzolagan «Militsiya xodimlarini ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘risida»gi O‘zSSR Qonuni, 1991- yil 25 - oktyabrda qabul qilingan Vazirlar Maxkamasining «O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi to‘g‘risida»gi qarorlari muhim ahamiyat kasb etdi.
1991- yil 31 - avgustga kelib «Mustaqillik Deklaratsiyasi» O‘zbekistonning mavjud bo‘lgan boshqaruv, huquqiy faoliyatini ta’minlash, barcha sohada mustaqil siyosat olib borish imkonini berdi. 1991- yilga kelib O‘zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlari tayyorlash va qabul qilish borasida dadil ishlar boshlandi. 1991- yil 15 fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashi «O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida» maxsus qaror qabul qildi.
Mamlaakatning o‘z suvereniteti uchun kurashi, avvalo, respubdikada qabul qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq Ittifoq qonunlaridan tubdan farq qilishida, bundan tashkari, har bir qonun avvalgidek Ittifoq qonuninga moslashtirib emas, balki respublika manfaati ifoda etilganligi bilan ajralib tura boshladi. Xususan, 1991- yil 21 iyulida O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiuminiig “O‘zbekiston SSR hududida joylashgan Ittifoqqa bo‘ysinuvchi davlat korxonlari, muassasalari va tashkilotlarini O‘zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga o‘tkazish” to‘g‘risida qabul qilgan qarori ham O‘zbekiston SSR Prezidenti I.A.Karimov O‘zbekiston SSR Oliy Kengashn va hukumati O‘zbekistonning siyosiy - iqtisodiy mustaqilligi, uning milliy suvereniteti uchun dadil qadamlar tashlanganligining isboti bo‘lib qoldi.
1991- yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S. Gorbachyovning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘ldi. Ishtirokchilar tomonidan “Mamlakatdagi vaziyatni bar-qarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bo‘lmaydigan choralar to‘g‘risida qo‘shma Bayonot” imzolandi. Bu hujjat “9+1” (9 respublika + markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kiyevda bildirilgan fikr-mulohazalarga rozi bo‘lganini ko‘rsatadi. 1991- yil 3 iyunda Novo-Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan Respublika rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘ldi. Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi to‘g‘risida keskin munozara bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Birinchi Prezidenti I.A. Karimov mavjud Ittifoq, uning tuzilmasi, markaz bilan respublikalar o‘rtasida vakolatlar taqsimoti hech kimni qoniqtirmasligini keskin qilib qo‘ydi, markazchilik nuqtayi nazarini o‘tkazishga urinuvchilarni qattiq tanqid qildi. Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosan inobatga olingan “Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risida shartnoma” loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha barcha Respublikalar Oliy Kengashlariga muhokama uchun jo‘natildi. Mazkur shartnoma loyihasi O‘zbekiston Oliy Kengashida 1991- yil 14 iyunda muhokama qilindi. Kengash Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil davlatlar ittifoqini tuzish tarafdori ekanligini bildirdi. Shu bilan birga respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi.
1991- yiliyuloyiningoxirlaridaNovo-Ogoryovodayangishartnomaloyihasiniuzil-kesiltayyorlashuchunmarkazvakillarivarespublikarahbarlarininguchrashuvibo‘ldi. Markazni ham, respublikalar rahbarlarini ham qanoatlantiradigan “Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risida shartnoma” loyihasi tayyorlandi. Ammo hamma rozi bo‘lgani holda “Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma”ni imzolash 1991- yil 20 avgust kuniga qoldirildi. SSSR Prezidenti M.S. Gorbachyov Foros (Qrim)ga dam olish uchun jo‘nab ketdi. Markaziy hokimiyatni saqlab qolish, respublikalarga mustaqillikni bermaslik payida yurganlar uchun qandaydir bir “imkoniyat” vujudga kelgan edi. Moskvada markaziy hokimiyatni saqlab qolishga, respublikalar jilovini o‘z qo‘lida ushlab qolishga urinuvchilar tomonidan fitna tayyorlandi.
Fitnachilar 1991- yil 18 avgustkunitayyorlanganva 19 avgustdamatbuotdae’lonqilingan “SovetrahbariyatiningBayonoti”daM.S. Gorbachyovningsalomatligiyomonlashdi, shusababliuningSSSRPrezidentivazifalariniijroetishimkoniyatiyo‘q, degansoxtaaxborotbilanchiqdilar. Bayonotda Prezident vakolatlari vitse-prezident G.I. Yanayevga o‘tkazilganligi e’lon qilindi. Aslida esa Prezident M.S. Gorbachyov sog‘-salomat edi, ammo o‘zini himoya qila olmadi. Fitnachilar uni mamlakatdan, xalqdan, dunyodan ajratib, barcha aloqa vositalarini uzib, 72 soat qamal qilib qo‘ygan edi. Fitnachilar tomonidan mamlakatni idora qilish uchun quyidagi tarkibda sobiq Ittifoqda favqulodda holat davlat qo‘mitasi (FHDQ) tuzildi:

  • O.D. Baklanov - SSSR Mudofaa Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari,

  • V.A. Kryuchkov - SSSR Davlat xavfsizligi qo‘mitasining raisi,

  • V.S. Pavlov - SSSR Bosh vaziri,

  • B.K. Pugo - SSSR ichki ishlar vaziri,

  • V.A. Starodubsev — SSSR dehqonlar uyushmasi raisi,

  • Tizyakov - SSSR sanoat, qurilish, transport va aloqa davlat korxonalari hamda inshootlari uyushmasining Prezidenti,

  • D.T. Yazov - SSSR mudofaa vaziri,

  • G.I. Yanayev - SSSR Prezidenti vazifasini bajaruvchi.

ShutarzdafitnachilarM.S. Gorbachyovninoqonuniyyo‘lbilanhokimiyatdanchetlashtirib, o‘zlarihokimiyatniegallaboldilar. Mazkurqo‘mitasovetrahbariyatiningBayonoti, sovetxalqigamurojaatnoma, davlatlarvahukumatlarningboshliqlarigahamdaBMTBoshkotibigamurojaatvaboshqaqarorlarnie’lonqildi. Butunittifoq doirasida mo‘rtlashib qolgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada taranglashdi. Mamlakatdagi siyosiy kuchlar vaziyatga turlicha munosabat bildirdilar. Qaltis vaziyatda 1991- yil 19-avgustda O‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimov Hindistonga qilgan rasmiy tashrifidan qaytib keldi va Toshkent shahri faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Prezident O‘zbekistonning nuqtayi nazarini bildirib, respublikamizda favqulodda holat joriy etishga hojat yo‘qligi, O‘zbekistonda vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko‘rsatmalar bajarilmasligini qat’iy ta’kidladi.


1991- yil 20 avgustkuniToshkentdaO‘zbekistonSSROliyKengashiRayosativaO‘zbekistonPrezidentihuzuridagiVazirlarMahkamasiningQoraqalpog‘iston, viloyatlarvaToshkentshaharrahbarlariishtirokidagiqo‘shmamajlisibo‘libo‘tdi. Majlis mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni muhokama qilib Bayonot qabul qildi. Bayonotda O‘zbekiston Respublikasi tinch vaqtda kuch, avvalo, harbiy kuch ishlatishga qarshi ekanligi ta’kidlandi. Unda tinchlik, osoyishtalikni saqlash va mustahkamlash, har qanday ig‘vogarona harakatlarning oldini olish, hamma joyda qattiq intizom va tartibni saqlash, mish-mishlar va ehtiroslarga berilmaslik vazifalari ilgari surildi. Bayonotda O‘zbekiston Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi deklaratsiya qoidalarini og‘ishmay va izchil amalga oshirish yo‘lidan boraveradi, deb ko‘rsatildi.
O‘zbekistonPrezidentiI.A. Karimov 1991- yil 20-avgustkunirespublikaaholisigao‘ziningmurojaatinie’lonqildi: “Hozirchamamlakatninghokimiyatdoiralariqandayyo‘lbilan, nimalarorqali, qandaysiyosatorqalibumaqsadlargaerishishmumkinligihaqidato‘liq, hozirchabatafsilma’lumotberganichayo‘q. Buma’lumotlarbilanchuqurtanishganimizdankeyinginabo‘layotgano‘zgarishlargao‘zimizningmunosabatimiznialbattabildiramiz“. Prezident xalqqa: „Biz birovning gapiga kirib ish tutmaymiz, biz o‘zimiz tanlagan yo‘limizdan va belgilab olgan maqsadimizdan qaytganimiz yo‘q. Ishonamanki, bu og‘ir sinovlardan ham eson-omon o‘tamiz“, - deb murojaat qildi. Xalqni og‘ir sinovlardan o‘tayotgan bir paytda sabr-toqatli, bardoshli va vazmin bo‘lishga, tinchlikni saqlash maqsadida jipslashishga chaqirdi.

Download 10,97 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   163




Download 10,97 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda prezidentlik lavozimining joriy etilishi

Download 10,97 Mb.