|
Ijtimoiyfanlarva jismoniy madaniyat
|
bet | 13/163 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 10,97 Mb. | | #105408 |
Bog'liq Мажмуа янги тарих 2022Davlat rahbari Islom Karimovning Respublika aholisiga murojaatidan. „Sovet O‘zbekistoni“ gazetasi, 1991- yil, 21 avgust soni.
O‘zbekistonRespublikasiPrezidenti 1991- yil 21 avgustdao‘zfarmonibilanO‘zbekistonhududidahokimiyatvaboshqaruvidoralari, korxonalar, tashkilotlarhamdamuassasalarningqabulqilganbarchaqarorlarivaularningijrosiSSSRvaO‘zbekistonSSRKonstitutsiyalarigahamdaqonunlariga, O‘zbekistonRespublikasiPrezidentiFarmonlarigavaVazirlarMahkamasiningqarorlarigaso‘zsizmoskelishikerak, debbelgilabqo‘ydi. Farmonda SSSR da favqulodda holat davlat qo‘mitasining SSSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy emas, deb belgilab qo‘yildi. Fitnachilarning qonunga xilof ravishda urinishlari natijasida 1991- yil 19-21 avgust kunlari Moskvada fojiali hodisalar ro‘y berdi. Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi bilan demokratik kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan fitna bostirildi. Fitnani uyushtiruvchilar qamoqqa olindi. M.S. Gorbachyov Prezidentlik lavozimiga qaytib keldi. Biroq mamlakatdagi siyosiy vaziyat tang ahvolga tushib qoldi. Markaziy hokimiyat falaj bo‘lib qoldi. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi. I.A. Karimov Favqulodda holat davlat qo‘mitasi faoliyatiga o‘z munosabatini bildirmagan, qo‘rqoq va prinsipsiz mavqeda turgan KPSS Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy Byurosi va Kotibiyati yuz minglab kommunistlarning sha’ni va qadr-qimmatini zarba ostiga qo‘yganini qoraladi. Buning ustiga respublika kommunistlarini chalg‘itishga va davlat to‘ntarishini qo‘llab- quvvatlashga majbur qilishga urinish bo‘lganini oshkora aytdi. I.A. Karimov bundan keyin KPSS Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy Byurosining tarkibida qola olmasligi to‘g‘risida bayonot berdi. Mazkur Bayonotni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ byurosi va Markaziy nazorat komissiyasi Rayosati ma’qulladi.
1991- yil 25 - avgustda O‘zbekiston Prezidentining maxsus farmoni e’lon qilindi. Farmonga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik qo‘mitasi O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston Prezidentiga bo‘ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo‘mitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo‘shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo‘shilmalari partiyadan butunlay xoli qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Kengash Rayosatiga juda qisqa muddatda Respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi. Respublika Oliy Kengashining Rayosati 1991- yil 26 avgust kuni O‘zbekistonning Davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash haqida farmoyish chiqardi.
1991- yil 28 - avgustdaO‘zbekistonOliyKengashiningRayosati “RespublikaOliyKengashiningnavbatdantashqarioltinchisessiyasini 1991- yil 31 - avgustkunichaqirishhaqidaqaror” qabulqildivasessiyadaO‘zbekistonRespublikasiningDavlatmustaqilligihaqidagimasalanimuhokamaqilishbelgilabqo‘yildi. 1991- yil 28 - avgust kuni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat komissiyasining qo‘shma plenumi bo‘lib o‘tdi. Plenumda Prezident I.A. Karimovning mamlakatda 19-21 avgust kunlari sodir bo‘lgan voqealar va respublika partiya tashkilotlarining vazifalari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum Respublika Kompartiyasini KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to‘xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.
|
| |