O‘zbekistonda qatag‘onlikning yangi bosqichi. “Paxta ishi”, “O‘zbeklar ishi” nomli soxta ishlar




Download 10,97 Mb.
bet11/163
Sana25.11.2023
Hajmi10,97 Mb.
#105408
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   163
Bog'liq
Мажмуа янги тарих 2022

O‘zbekistonda qatag‘onlikning yangi bosqichi. “Paxta ishi”, “O‘zbeklar ishi” nomli soxta ishlar.Budavrda, ma’muriy-buyruqbozlikhamdakommunistikmafkuragaasoslangansovetdavlatio‘zichkisiyosiymavqeyinimustahkamlashmaqsadidama’lumdavrlardazo‘ravonliksiyosatiortidanbordi. Tazyiq, zo‘ravonlik va qatag‘onlar boshqa xalqlar ichida milliy ruh va o‘zlikni yo‘qotishga, loqaydlik kabi kayfiyatlarni yuzaga kelishiga olib keldi. Sovet davlati tomonidan boshlangan qatag‘onlarning oxirgi davri O‘zbekistonda XX asr 80-yillarida “paxta ishi”, keyinroq “o‘zbeklar ish” degan ma’shum nom ostida tarixga kirdi. Sovet davlatini qamrab ola boshlagan inqiroziy holatlarni mavjud tuzum negizida emas, balki “yuzaga kelgan salbiy illatlarda” deb bilgan markaz, O‘zbekistonni tajriba-sinov maydoni sifatida tanlab oldi.

1982-yil noyabrda KPSS MQ Bosh kotibi L.I. Brejnev vafotidan so‘ng hokimiyatni egallagan Yu.V. Andropov mamlakatda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish siyosatida ta’qib va tazyiqqa asoslangan qattiqqo‘llik yo‘lini tanladi. Yu.V. Andropov o‘zining Davlat xavfsizlik qo‘mitasidagi uzoq yillik tajribasiga tayanib, mamlakatning tobora og‘irlashayotgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hayotiga doir bo‘lgan barcha





ma’lumotlardan, xususan, rahbar-kadrlar faoliyatidagi nuqson va kamchiliklardan xabardor edi. Markazdagi siyosiy rahbariyat mamlakatda yuzaga kelgan chuqur inqiroziy holatlarning sabablari yechimini aksariyat kadrlar siyosatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, tartib-intizomning bo‘shashi, mafkuraviy hushyorlikni yo‘qotish bilan xarakterlanadi



Bundayvaziyatdao‘ziegallabturganlavozimiganoloyiqdeb «hisoblangan» kadrlarganisbatanta’qibboshlanib, etilibkelayotganiqtisodiyinqiroz «gunohkorlar»initopish, ulargapartiyaviyjazoberishbilan, go‘yoki, muammolarnioldiniolishboshlandi. 1983 yildaSSSRBoshProkuroriA.M. Rekunkovtopshirig‘igako‘ra, SSSRProkuraturasiningalohidamuhimishlarbo‘yichatergovchisiT.Gdlyan

boshchiligidamamlakatningturlimintaqalaridanto‘plangan 200 kishidan iborat tergov guruhi tuziladi va O‘zbekistonga yuboriladi. Bu “paxta ishi”ni amaldagi boshlanishi edi.
O‘zbek xalqiga qo‘yilgan tuxmatlar “Paxta ishi” uydirmalaridan boshlangan vaqtda xalq xo‘jaligida “jinoiy ishlarga qo‘l urgan” xodimlar javobgarlikka tortilib, ular xalq xo‘jaligida “qo‘shib yozishlarga” yo‘l qo‘yilganlikda ayblandilar. Qo‘shib yozishlarni tekshirishdan boshlangan tergov guruhining faoliyati asta-sekinlik bilan rahbarlik lavozimida ishlayotgan kishilarni ham torta boshladi. “Paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” nomini olib kelgan qatag‘onga keyinroq milliy tus berilib, to‘liq “o‘zbeklar ishi”ga aylantirildi. Natijada mahalliy rahbar xodimlar, ziyolilar ham ta’qib ostiga olina boshladi. O‘zbekistondagi bu holatlar haqida markaziy matbuot sahifalarida shunchalik ko‘p maqolalar chop etildiki, ulardan “xalqimizning tarixi, madaniyati, paxta va paxtakorning mashaqqatli mehnatlaridan behabar odamlarda go‘yo, o‘zbeklar turli nopok yo‘llar bilan daromad ortirib, yengil -yelpi hayot kechiradi”, degan noto‘g‘ri tasavvur tug‘ilishiga sabab bo‘lib kelgan edi.
Aholinitergovqilishuchunmarkazdanchaqirilgantergovguruhigakirgantergovchilarningasosiyqismikattabilimvatajribagaegabo‘lmagan, noqonuniyholatlardanko‘zyumadigan, topshiriqdarniko‘r-ko‘ronatarzdabajaradigankishilarbo‘lgan. Tergov guruhiga katta vakolat va imtiyozlar berilgan. Ular soxta ayblovlar bilan qonunsizlik yo‘liga o‘tib, tergov jarayonlarida tuhmat, ig‘volar uyushtirish, faktlarni soxtalashtirish, kishilarni sohta ma’lumot berishga majbur etish, o‘zlariga yoqmagan kishilardan o‘ch olish vositasi sifatida foydalanganlar. T.Gdlyan olib borayotgan jinoyat-tergov ishlarining barchasi ochiqdan ochiq ayblov yo‘nalishida bo‘lgan. Ko‘plab jismoniy va ma’naviy azoblardan so‘ng qamoqqa olinganlar o‘z ayblarini bo‘yinlariga olishga majbur bo‘lganlar.
Tergovchilar gunohi hali isbotlanmagan kishilarni qamoqlarda ashaddiy jinoyatchilar bilan birga bir kameralarda ushladilar, ularni shafqatsiz kaltaklab, ruhiy azob berib, qo‘rqitib, tergovchilar avvaldan tayyorlab qo‘ygan hujjatlarga imzo chekishga majbur etdilar.
Ana shanday qabih yo‘llar bilan tergov guruhi guvohlik beruvchilardan o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni olgan. Noqonuniy qamoqqa olingan kishilar orasida ko‘p bolali onalar, xomilador ayollar, yosh bolalar ham bo‘lgan. Bu ishlardan ko‘zlangan maqsad iqtisodiy “jinoyatchilik”ni fosh etish emas, balki mamlakat hayotidagi umumiy salbiy holatlarning aniq bir qo‘rinishi bo‘lgan qo‘shib yozishga qarshi harakatlarni to‘xtatish, “temir intizom” bilan milliy kadrlarni jazolab, erkin fikrlaydigan ziyolilarni jilovlash, respublikalarda yuzaga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy kuchlarni bo‘g‘ib tashlash, milliy ong, fuqaroning faolligini ham bir tizginda ushlab turishdan iborat edi.
T.Gdlyan rahbarligidagi tergov guruhining O‘zbekistondagi faoliyati davomida O‘zbekiston SSR prokraturasi va O‘zbekiston SSR Ichki ishlar vazirliklarining 20 nafar rahbar xodimi, O‘zbekiston Kompartiyasi MQning to‘rt nafar kotibi, viloyatlardagi qo‘mitalarining sakkiz kotibi, O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi, O‘zbekiston SSR Oliy Soveti prezidiumi Raisi, O‘zbekiston Paxta tozalash sanoati vaziri va boshqa bir qancha ma’sul xodimlar, umuman 62 nafar mas’ul shaxs pora olishda ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortildilar. 1989 - yilning may oyiga qadar javobgarlikka tortilgan 35 nafar ayblanuvchining ishi sudga oshirildi. 1984-1989 - yillar davomida T.Gdlyan guruhi tomonidan 800 dan ko‘proq «jinoiy» ish ko‘rilib, jinoiy javobgarlikka tortilganlarning 600 nafari rahbar xodimlar, 10 nafari Sotsialistik Mehnat Qahramonlari bo‘lgan. O‘zbekiston SSR Paxta tozalash sanoati vaziri V.Usmonovga esa 1986-yilda o‘lim jazosi belgilangan, hukm 1987-yilda amalga oshirilgan.



Respublika aholisi xohish-irodasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xalqning chinakam taraqqiyoti va gullab-yashnashini ta’minlash, uning ma’naviy imkoniyatlarini boyitish zarur-ligiga asoslanib, O‘zbekiston Prezidentining “Navro‘z xalq bayramini o‘tkazish yakunlari to‘g‘risida” gi 1990 - yil 3-mayda qabul qilingan Farmonga asosan O‘zbekiston Respublikasi hududida har yili 21 - martni dam olish kuni va umumxalq Navro‘z bayrami kuni deb e’lon qilindi.



Navro‘zning bayram qilinishi teran xalq an’analari, yerga va tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, dehqon mehnatini hurmat qilish, yaxshi qo‘shnichilik, mehr-muruvvatga va boshqalarning dardiga malham bo‘lishga intilishlari qudratli omil bo‘ldi.
O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi 1989-yil 12-sentabrda “paxtachilikdagi qo‘shib yozishga yo‘l qo‘ygani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan kishilarni afv etish maqsadida hujjatlar tayyorlaydigan” komissiya tashkil etdi. Ushbu komissiya tayyorlagan hujjatlarga tayanib, O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi jinoiy javobgarlikka tortilgan 43 kishini gunohidan o‘tishni O‘zbekiston SSR Oliy Sovetidan so‘radi. Unda ko‘plab shaxslarga belgilangan jazo muddatlarini yengillashtirish choralari so‘ralgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, shu vaqt oralig‘ida “paxta ishi”da sudlanganlar soni 4018 kishini tashkil etgan bo‘lsa, respublikada boshlangan ijobiy o‘zgarishlardan so‘ng reabilitatsiya qilinganlar soni 2940 kishini, qayta tergovga yuborilganlar 63 kishini, asossiz sudlanganlar 1016 kishini tashkil etdi.
1990 - yil 31 - oktabrga kelib Oliy Sovetning 12-chaqiriq uchinchi sessiyasida O‘zbekiston Prezidenta tavsiyasi bilan respublika prokurorining ittifoq prokuroriga qaramligiga barham berish va bu tizimning mustaqilligini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Prokurori Respublika oliy organi tomonidan tayinlandi. Umuman, 1990 - yilga kelib sovet davlatining hukmronligi inqirozga uchrayotgan, ittifoqdosh respublikalar o‘z milliy mustaqilligi uchun keng harakatlarni olib borayotgan davrlar bo‘ldi. O‘zbekistoning yangi rahbariyati ham mustabid tuzum uchun butkul yot bo‘lgan yangi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar bilan maydonga chiqdi. Aynan mana shu davr respublikaning mustaqillik sari yo‘l olishi bilan ifodalandi. O‘zbekistonning rahbari I. A. Karimov boshchiligida boshlangan bu yo‘l tarixiy-ma’naviy tiklanish, markaz tomonidan olib borilgan qatag‘onlik siyosatiga chek qo‘yish, o‘zbek xalqi sha’nini himoya qilish, iqtisodiy tanazzul holatini cheklash, ichki bozorni himoyalash, butkul yangi ijtimoiy himoya siyosatini olib borish, markaz ta’sirini kamaytirish va boshqa keng qamrovli tadbirlarlan iborat bo‘ldi.
Keyinchalik, 1990 - yil bahorida Islom Karimov gorbachyovcha qayta qurish boshi berk ko‘chaga kirib qorganini anglab etdi. O‘sha vaqtda SSSR siyosatchilari orasida bunday odamlar kamdan-kam edi. Rossiyada va boshqa ittifoqdosh respublikalarda tobora kuchayib borayotgan tartibsizliklar O‘zbekistonda ham yuz bermasligi uchun qat’iy choralar ko‘rish kerak edi. O‘zbekistonda hokimiyatning ozgina zaiflashuvi ham respublikada millatlararo nizolar yangidan boshlanishiga, ijtimoiy portlashlarga olib kelishi mumkin edi. Shu sababli Gorbachev va uning atrofidagilar norozi bo‘lishiga va qarshilik ko‘rsatishiga qaramay, O‘zbekiston Respublikasi Oliy respublika Prezidentligini joriy etdi.

Download 10,97 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   163




Download 10,97 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda qatag‘onlikning yangi bosqichi. “Paxta ishi”, “O‘zbeklar ishi” nomli soxta ishlar

Download 10,97 Mb.