|
O‘zbekistonningyangitarixifaniningmetodologik (uslubiy) ilmiy-nazariy, g‘oyaviy-mafkuraviyvafalsafiyasoslari
|
bet | 8/163 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 10,97 Mb. | | #105408 |
Bog'liq Мажмуа янги тарих 2022O‘zbekistonningyangitarixifaniningmetodologik (uslubiy) ilmiy-nazariy, g‘oyaviy-mafkuraviyvafalsafiyasoslari.
Bunga quyidagilar kiradi:
- Din bilan dunyoviylik o‘rtasida mo‘tadil munosabat bo‘lishi va dunyoviylik aslo dahriylik emasligi;
- Tarixni milliy, umuminsoniy, muqaddas hodisa hamda qadriyat deb tushunish;
- Tarixga hozirgi zamon sivilizatsiyasi nuqtayi nazari va bag‘rikenglik asosida yondashish;
- Tarixiy taraqqiyot asosini evolyutsion – tadrijiy yo‘l va islohotchilik tashkil etadi deb anglamoq;
- Tarixga milliy mentalitet nuqtayi nazaridan o‘zgalar tarixiga hurmat ruhida murojaat etish;
- Tarix, jamiyat va tabiat hamda insoniyat (barcha tarixiy voqelik va jarayonlar) dialektika (Gegel) hamda sinergetika (Prigojin) qonuniyatlari asoslarida rivojlanishi haqiqat ekanligi;
- Tarixmilliyvaumuminsoniyxotira, millatvaxalqlarningjoni, tanihamdag‘oyaviy-mafkuraviymuhofazaquroliekanligi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik (uslubiy), ilmiy usul va tamoyillari. Ular quyidagilardan iborat:
- Ilmiy xolislik (obyektivlik);
- Tarixiy – tahliliylik;
- Mantiqiy – uzviylik;
- Vorislik va xronologik izchillik;
- G‘oyaviylik va vatanparvarlik;
- Qiyoslash, kuzatish va umumiylashtirish;
- Baxslashish, munozara yuritish va asoslab berish;
- Matematik hisoblash;
- Shakllash va modellashtirish;
- Ayrimlikdan umumiylikka (induksiya) va umumiylikdan ayrim (juz’iy)likka (deduksiya);
O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi.
MarkaziyOsiyomintaqasijahonsivilizatsiyasiningajralmasqismibo‘lib, insoniyatqadimgitarixivamadaniyatio‘chog‘laridanbirihisoblanadi. Uzoq yillar mobaynida olib borilgan tadqiqotlar natijasida mintaqaning turli viloyatlarida bir umumiy, bir-biriga o‘xshash, ko‘p hollarda bir-birini takrorlaydigan madaniyatga oid yodgorliklar topib o‘rganilgan va ilmiy doiraga tatbiq etilgan. Chunonchi, O‘rta Osiyo hududlarida qadimgi davrlarda yuz bergan tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar bir-biriga yaqin bo‘lib, turli migratsion jarayonlarga qaramasdan bu hududda yashagan qadimgi qabilalar va elatlarni umumiy va etnik ildizlar birlashtirib turgan. Shuning uchun ham O‘rta Osiyo xalqlarining tarixiy taqdiri qadimgi davrlardan boshlab bir-biriga uzviy bog‘langan bo‘lib, qadimgi davrlar haqida so‘zlaganimizda “Markaziy Osiyo tarixi” va “O‘zbekiston tarixi” atamalarini yonma-yon ishlatishimizning boisi ham ana shundadir.
Ma’lumki, nafaqat O‘zbekiston, balki butun insoniyat tarixi uzoq va murakkab jarayon bo‘lib, tarixiy-madaniy voqealarga nihoyatda boy hisoblanadi. So‘nggi yillarda O‘rta Osiyoning turli hududlarida arxeologiya, antropologiya, etnografiya va numizmatikaga oid ko‘plab tadqiqotlar olib borildi hamda tariximizni xolisona yoritish uchun xizmat qiladigan muhim ma’lumotlar to‘plandi. Ushbu ma’lumotlar va ashyolar o‘lka tarixining qadimgi bosqichlaridagi iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlari haqida yanada to‘laroq tasavvurlar hosil qilish imkonini berib, ular eng qadimgi xo‘jaliklar va mehnat qurollari, zamonaviy qiyofadagi odamning paydo bo‘lishi, xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakllariga o‘tilishi, ishlab chiqarishda metalning ishlatila boshlanishi, ayirboshlash va savdo-sotiq, ilk shaharlar va davlatlarning tashkil topishi kabi ko‘plab tarixiy-madaniy jarayonlariga bog‘liq ravishda bo‘ladi. Tarixni davrlashtirishda ushbu jarayonlarga asosiy e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston tarixini zamon talablariga asoslanib davrlashtirish masalasida olimlar orasida hamon bahslar davom etmoqda. Bu masala yuzasidan, xususan, eng qadimgi davrlardan bugungi kunga qadar bo‘lgan tariximizni davrlashtirishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan tarixiy-madaniy jarayonlar, masalaga sivilazitson yondoshuv, davrlashtirishning metodologik asoslari kabilarga A.Asqarov, E.Rtveladze, A.Sagdullaev va boshqa olimlar e’tibor qaratgan bo‘lishlariga qaramay, davrlashtirish masalalari to‘la yechimini topgani yo‘q. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlardan kelib chiqib, O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalalariga ham qisqacha to‘xtalib o‘tishni lozim topdik.
Tarixini davrlashtirish masalasi A.Asqarovning “O‘zbek halqining kelib chiqish tarixi” monografiyasida keng yoritilgan va unda tarixni davrlashtirishda nimalarga e’tibor berish lozimligi ta’qidlanib, O‘zbekiston tarixini 7 ta davrga bo‘lib o‘rganish muvofiqligi ilgari surilgan2. Unda jamiyatda yuz beradigan tub o‘zgarishlar hisobga olingan holda, birinchidan, har bir ulkan tarixiy davrda jamiyat iqtisodiy asosini harakatlantiruvchi kuchlari kimlar edi? Ikkinchidan, jamiyatda mulkka egalik qilishlikning xarakteri qanday bo‘lgan? Uchinchidan, jamiyat ijtimoiy hayotining ma’naviy asosini qanday mafkura tashkil etgan? degan savollar qo‘yilib, kishilik jamiyati tarixi davrlashtirilishi kerak, degan fikrni ilgari surganva quyidagi davrlashtirishni ilmiy ommaga taklif etgan:
I. O‘zbekistonda “Ibtidoiy to‘da davri” (mil. avv. I million – 40 ming yilliklar).
II. O‘zbekistonda “Ibtidoiy urug‘chilik jamoasi va mulk egaligining shakllanish davri” (bundan 40 ming yil avval to milodiy III-IV asrlargacha). Bu davrni uch bosqichga bo‘ladi: 1 bosqich – matriarxat urug‘ jamoasi bosqichi. 2 bosqich - patriarxal urug‘ jamoasi bosqich. 3 bosqich urug‘ jamoalarining harbiy demokratiya bosqichi.
III. O‘zbekistonda “Ilk o‘rta asrlar davri” (milodiy V asrdan to VIII asr oxirigacha).
IV. “O‘rta asrlar davri” ( IX asrdan Somoniylar davlatini tashkil topishidan to XIX asr o‘rtalarigacha).
V. Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tarixining beshinchi davrini “Mustamlakachilik va milliy uyg‘onish davri” deb atash mumkin. Uning davriy chegarasi – Rossiya imperiyasi bosqinidan to 1917-yil Oktabr to‘ntarishiga qadar davom etgan davrni o‘z ichiga oladi.
VI. O‘zbekiston tarixining oltinchi davri “Sovetlar hokimiyati davri” bo‘lib, bu davr 1917-yildan 1991- yilgacha davom etgan.
VII. O‘zbekiston tarixining yettinchi davri “Milliy istiqlol, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish davri” deb atab, bu davr 1991- yil 31 - avgustdan to bugungi kungacha bo‘lgan davrlarni qamrab oladi.
AkademikA.AsqarovtomonidanilgarisurilganbudavrlashtirishuslubidahamO‘zbekistonhududiningo‘zigaxostaraqqiyotyo‘liaksetgan. Shuningdek, biz o‘rganayotgan davr, ya’ni O‘zbekiston tarixining yettinchi davri “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” deb ham atalib, ushbu davr ham o‘z ichida bir necha bosqichlardan iborat. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Respublika Prezidenti Islom Karimov asarlari orqali mustaqillik davrida mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida amalga oshirilgan ulkan o‘zgarishlarni, respublika aholisining serg‘ayrat va fidokorona mehnati tufayli qo‘lga kiritilgan katta yutuq va natijalarni, ularning mohiyati va ahamiyatini hisobga olib mustaqil taraqqiyot 3 bosqichga bo‘linishiniko‘rishimiz mumkin.
|
| |