|
Ijtimoiyfanlarva jismoniy madaniyat
|
bet | 5/163 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 10,97 Mb. | | #105408 |
Bog'liq Мажмуа янги тарих 20226–Mavzu:Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O’zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi……………………………..
7–Mavzu: O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar…………….
8–Mavzu: Mustaqillik yillarida O’zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot……………………………………………………………………….
9–Mavzu: O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar…………………………………………………………………………
10–Mavzu: Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi…………..
11–Mavzu: O’zbekiston va jahon hamjamiyati……………………………..
12–Mavzu:O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishda Harakatlar strategiyasining tutgan o’rni………………………………………….
13–Mavzu:2017-2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari……..
14–Mavzu: O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rni va nufuzini ortib borishi…………………………………………………………
MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARINI TASHKIL QILISH BO’YICHA KO’RSATMA…………………………………………………………………………
GLOSSARIY…………………………………………………………
ILOVALAR…………………………………………………………….
1. Fan dasturi…………………………………………………………
2.Ishchi fan dasturi (syllabus)………………………………………
3.Tarqatmamateriallar……………………………………………..
4. Testlar banki………………………………………………………
5. Talabalar bilimini baholash mezonlarini qo’llash bo’yicha
uslubiyko’rsatma………………………………………………….
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida – “Oldimizga qo’ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch – qudrat manbai bo’ladigan milliy g’oyani rivojlantirishimiz zarur. Milliy o’zligimizni anglash uchun Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o’rganish, bu borada ilmiy – tadqiqot ishlarini jonlantirish, gumanitar soha olimlarini har tomonlama qo’llab-quvvatlashimiz lozim” deb ta’kidlagan edi.
Davlatimiz rahbarining ushbu so’zlarida o’tmishga berilgan baho, albatta xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy qarashlardan holi bo’lishi, xalqimizning boy tarixi, erishgan yutuqlarini bo’rttirish yoki kamsitishga hech kimning haqqi yo’qligi haqida yosh avlod qalbiga singdirish vazifasi belgilab berildi.
O’zbekistonning mustaqillikka erishish ostonalaridan (1989 yil, iyun) boshlab bugungi kunimizgacha bo’lgan davrda mamlakatimiz bosib o’tgan tarixiy yo’lning mohiyatini va ahamiyatini tushunish kerak. Ushbu jarayon qanday o’tganini, mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar va mustaqillikning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganini hamda islohotlarni amalga oshirilishini tushunish muhimdir.
Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o’zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini ko’rsatish va jamiyat hayotida talabaning o’rnini, o’zligini anglatishdan iborat.
Shuningdek, mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g’ururni shakllantirishdan iborat.
mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni, ularning sabablari va oqibatlarini;
mustaqillik yillaridagi o’zgarishlarni, O’zbekistonning eng yangi tarixi masalalarini, zamonaviy jarayonlarda O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o’rnini tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan bilishi kerak;
O’zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini o’rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik g’oyasini qo’llay bilish, atrofida sodir bo’layotgan jarayonlarga o’z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining o’rnini anglash va bugungi kunda sodir bo’layotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bog’liqligini bilish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
Mustaqillik davri tarixini o’rganish talaba-yoshlarda milliy g’oyaning shakllanishida, siyosiy tafakkurning rivojlanishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
O’UM tarix fanini yoritishdagi eng zamonaviy uslub va yutuqlardan foydalangan holda tayyorlandi.
|
| |