|
Seminar mashg’ulotlar uchun
|
bet | 3/163 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 10,97 Mb. | | #105408 |
Bog'liq Мажмуа янги тарих 2022Seminar mashg’ulotlar uchun:
Seminar mashg’ulotlarini samarali tashkil qilish uchun har bir mavzu bo’yicha: asosiy matn, topshiriqlar variantlari, mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar, muayyan mavzularda keyslarni amalga oshirish, seminar mashg’ulotlarning maqsadi, mazmuni va kutilayotgan natijasi, adabiyotlar ro’yxati hamda mavzularga oid testlar havola qilingan.
O’quv mashg’ulotlari innovatsion ped.texnologiyalardan foydalanib tashkil qilinadi. Jumladan, ma’ruza mashg’ulotlarida ilg’or ped.texnologiyalardan – “Aqliy hujum”, “Muammoli vaziyat (Keys – stady)”, “Ma’ruza – bahs-munozara”, “Mualliflik ma’ruzasi” va h.k.lar hamda seminar mashgulotlarda esa “Kichik guruhlarda ishlash” “Klaster”, “Insert” jadvali, “Sinkveyn”, “T – jadval”, “BBB” usuli, “Piramida”, “Konseptual jadval” va boshqa ko’plab interfaol texnologiyalarni qo’llash tavsiya qilinadi.
Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari.
Fan bo’yicha mustaqil ta’limni samarali tashkil qilish maqsadida talaba portfoliosi havola qilingan. Unda mustaqil ta’lim mavzulari, soatlari, amalga oshirish usullari (esselar yozish, referat tayyorlash, taqdimotni amalga oshirish hamda ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etish uchun tezis va maqolalar yozish) batafsil yoritilgan.
Fanga oid termini va iboralarning qisqa talqini (o’zbek, rus va ingliz tillarda)
berilgan.
1.Fan dasturi;
2.Ishchi fan dasturi (syllabus);
3.Tarqatmamateriallar;
4.Testlar;
5. Talabalar bilimini baholash mezonlarini qo’llash bo’yicha uslubiy ko’rsatma;
6.O’UMning electron varianti.
Fanni o’zlashtirish uchun ajratilgan umumiy soat – 120 soatni, shundan 60 soat – o’quv (30 soat ma’ruza, 30 soat seminar) va 60 soat mustaqil ta’limga mo’ljallangan
Majmuani tayyorlashda Vatanimizning mustaqillik davriga oid mahalliy va xalqaro ilmiy nashrlarda chop etilgan so’nggi ma’lumotlar, statistik va analitik tahlillar ham havola etilgan bo’lib, bundan ko’zlangan maqsad esa talaba-yoshlarimizning intellektual saloxiyatini oshirish, vatanparvarlik va el-yurtiga sadoqat tuyg’ularini mustahkamlashga astoydil ko’maklashishdir.
|
| |