|
XXasrning 80-yillarioxiridaO‘zbekistondayuzagakelgankeskinvajiddiyvaziyat
|
bet | 10/163 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 10,97 Mb. | | #105408 |
Bog'liq Мажмуа янги тарих 20222. XXasrning 80-yillarioxiridaO‘zbekistondayuzagakelgankeskinvajiddiyvaziyat.
XX asrning 80-yillari SSSR tarixida siyosatda keskin o‘zgarishlar yuz berdi Bu o‘zgarish “qayta qurish” siyoati bilan bog‘liq edi. SSSRdagi “qayta qurish” jarayonidan avval boshdanoq siyosiy maqsad ko‘zlangan edi. Iqtisodiy islohotlar esa unga bo‘ysunuvchan ahamiyat kasb etdi. Ko‘p o‘tmay, jadallashib borayotgan siyosiy jarayonlar (oshkoralik, demokratiya) bilan sust rivojlanayotgan iqtisodiyot o‘rtasida katta farq ko‘rinib qoldi. Bu paytda SSSRning tarkibiy qismi bo‘lgan O‘zbekiston SSR ham qayta qurish girdobiga tortildi va uning qonuniyatlari amalda bo‘ldi.
Qayta qurishning birinchi bosqichida (1985-1986 yillar)asosan ma’muriy-tashkiliy tadbirlarning an’anaviy usullarda olib borildi. Mazkur bosqichda kun tartibiga qo‘yilgan vazifalardan biri ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni yuksaltirish va shunga muvofiq inson omilini faollashtirishdan iborat bo‘ldi.
Qaytaqurishningdastlabkidavrlaridaasosiye’tibormamlakatiqtisodiyotinirivojlantirish, fan-texnikataraqqiyotinijadallashtirishgaqaratildi. Shuning uchun ham 1986-yil 1-mart kuni KPSS XXVII sye’zdining KPSS Markaziy Komiteti siyosiy ma’ruzasi yuzasidan qabul qilingan rezolyutsiyada fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirish masalasiga katta e’tibor berilgan edi.
Demak, qayta qurish siyosatida dastlabki davrlarida asosiy e’tibor mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratildi. Biroq, bunday jarayonni ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirmasdan amalga oshirish mumkin emasligi tezda ayon bo‘ldi. Shuning uchun 1986 yilda qayta qurish va ijtimoiy munosabatlar masalasiga alohida e’tibor qaratishga majbur bo‘lindi. Bunday siyosatning asosiy maqsadi esa jamiyatni demokratlashtirish, ma’muriy-buyruqbozlik va byurokratizmga, qonunsizlikka qarshi kurashish turar edi.
Ayni paytda, butun Ittifoqda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham dastlab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotda ma’lum o‘zgarishlar yuz bera boshladi, kishilarning ijtimoiy faolligi oshdi, demokratiya sari dastlabki qadamlar tashlandi, milliy o‘zlikni anglash jarayoni boshlandi. Ammo, tub o‘zgarishlar va barcha sohalarda haqiqiy islohotlarni amalga oshirish yo‘lidagi urinishlarzoye ketdi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1986-yildan boshlab mamlakat iqtisodiy ahvoli yanada og‘irlasha boshladi, 1987-yil yanvardan ishlab chiqarish sur’atlari keskin orqaga keta boshladi, iqtisodiyotda inqirozli holat yuzaga keldi. Qayta qurishning birinchi bosqichi shu tarzda muvafaqqiyatsizlik bilan yakun topdi.
Qaytaqurishningikkinchibosqichi (1987-1990 - yillar) jamiyatningbarchasohalariniyahlittarzdaislohqilishnikuntartibigaqo‘ydi. Bunday vazifa kommunistik mafkura tomonidan 1987-yil yanvarda yanada aniqlik kiritild. Moskva shahrida 1987-yil 27-28 - yanvarda bo‘lib o‘tgan KPSS MK Plenumida KPSS Markaziy Komitetining Bosh sekretari M.S.Gorbachyov «Qayta qurish va partiyaning kadrlar siyosati to‘g‘risida» ma’ruza uyushtirdi. Unda siyosiy islohotlarning bosh maqsadi oshkoralik va kadrlar siyosatini to‘g‘ri yuritish asosida sovet jamiyatini to‘liq demokratlashtirish bo‘ldi. Keyinchalik M.S.Gorbachyov o‘zining qayta qurish haqidagi mashhur kitobida bu masalalarga alohida e’tibor qaratadi. Ammo siyosiy tuzumni isloh qilish va demokratlashtirish, keng xalq ommasining siyosiy va tarixiy jarayonlarda ishtirok etishi Markaz uchun kutilmagan oqibatlarga olib kelishi natijasida Moskva tomonidan siyosiy va iqtisodiy islohotlar boshi berk ko‘chaga kirib qoladi. Oqibatda 1990 - yil nafaqat qayta qurishning ikkinchi bosqichi, balki SSSR aholisi, balki butun dunyo umid ko‘zi bilan qarayotgan qayta qurish siyosati butunlay mag‘lubiyatga uchradi. Bu holat ham SSSR inqirozini tezlashtirdi va uning parchalanishiga olib keldi.
Davlatichidatubdemokratiko‘zgarishlarniamalgaoshirish, boshlanganislohotlarnioxirigayetkazishmumkinbo‘lmadi. Bu quyidagi uch sabab bilan izohlanadi: birinchidan, qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan strategiya va taktikasi hamda yagona dasturi yo‘q edi. Ikkinchidan, kommunistik partiya rahbarlari (partokratiya) qayta qurish g‘alabasidan manfaatdor emas edi. Ular har qanday demokratiya va oshkoralik totalitar tuzumning kushandasi ekanligini yaxshi bilishardi. Uchinchidan, M.S.Gorbachyov g‘oyasi asosida qayta qurishni amalga oshirish mumkin emas edi. Sotsializmga xos sinfiy munosabatlar, davlat mulkchiligi, milliy va ijtimoiy sohadagi siyosat yakkapartiyaviy rahbarlik, kommunistik mafkura, mustabid boshqaruv usuli hech qachon demokratiya bilan chiqisha olmas edi.
Shuni aytish mumkinki, qayta qurish yuqoridan boshlandi. Mazkur jarayonning boshlanish paytida jamiyat a’zolari unga juda katta umid bog‘ladilar. Ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, ayrim siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar kishilarda ertangi kun va porloq kelajakka ishonch ruhini yana uyg‘otdi. Dastlabki davrda qayta qurish rahnamolari, ya’ni, yuqorining quyi bilan munosabatlarida ma’lum kelishuvchilik, xayrixohlik sezildi.
Lekin, keyinchalik vaziyat butkul o‘zgardi. 1986-1987 yillardan boshlangan iqtisodiy inqirozning kuchayishi, ijtimoiy muammolarni hal etishdagi o‘quvsizlik demokratik jarayonlar va oshkoralikning yarim yo‘lda qolib ketishi - bularning barchasi jamiyat a’zolarida qayta qurishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirdi. Qayta qurishning uchinchi yilida uning to‘liq mag‘lub bo‘lishi aniq ko‘zga tashlanib qoldi. Amaliy ishlar, foydali tadbirlar o‘rniga siyosiy jabhadagi turli tadbirlar: siyosiy safsatabozlik, quruq va’dalar, so‘z bilan ish birligining yo‘qligi jamiyatdagi loqaydlik holatini yanada kuchaytirdi. Ijtimoiy faollik o‘rnini sustkashlik, davlat va firqa siyosatiga ishonmaslik, befarqlik va sovuqqonlik egalladi.
Qaytaqurishoshkoralik, demokratiyavafikrlarxilma-xilliginingma’lumma’nodakuchayishigaimkonyaratdi. Shu bilan birga, bunday jarayonlarni madaniy shaklda xalqaro andozalar asosida olib borish imkoni bo‘lmadi. Buning ustiga Ittifoqqa nisbatan O‘zbekistonda respub- lika rahbariyati demokratiya va oshkoralikning kuchayi-shiga turli to‘siqlar qo‘ydi. Bunga ko‘proq kommunistik mafkuraning yakkahokimligi, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi asoratlari ta’sir qilar edi. Natijada tom ma’nodagi oshkoralikka erishib bo‘lmadi, demok-ratiya esa amalda navbatdagi siyosiy o‘yinlar ko‘rinishi tusini oldi
|
|
|
| |