• O‘zini o‘zi boshqarish
  • O‘zini o‘zi boshqarishning asosiy prinsiplari
  • Uklad
  • Umuminsoniy qadriyatlar
  • Uchinchi sektor
  • Ijtimoiyfanlarva jismoniy madaniyat




    Download 10,97 Mb.
    bet157/163
    Sana25.11.2023
    Hajmi10,97 Mb.
    #105408
    1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   163
    Bog'liq
    Мажмуа янги тарих 2022

    Transformatsiya - lot. transformatio – o‘zgarish; tuzilmalarni, shakllarni va usullarni o‘zgartirish, faroliyatning maqsadli yo‘nalishini o‘zgartirish.

    Tred-yunionistik nazariya- ijtimoiy sheriklikning mhnat munosabatlarini tartibga solishi to‘g‘risidagi nazariya

    Tripartizm-ijtimoiy sheriklikning davlat organlari, biznes vakillari va nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasidagi keliShuv.

    O‘zini o‘zi boshqarish (ingl. municipal o‘zini o‘zi boshqarish); u yoki bu ma’muriy-hududiy birliklardagi aholining vakolatlarini ifodalovchi saylangan organlar va ularning ma’muriy apparati tomonidan amalga oshiriladigan mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan ishlarni boshqarishga aytiladi. O‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqarish organlari tarkibiga mahalla, qishloq, ovul va shaharcha fuqarolar yig‘inlari kiradi.

    O‘zini o‘zi boshqarishning asosiy prinsiplari - O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va qonunlarida mustahkamlangan o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tabiati bilan bog‘liq bo‘lgan mustaqil faoliyatni amalga oshirishni tashkil qiluvchi rahbariy g‘oyalar yig‘indisidir.

    Uklad - tartib, tarz; ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning asosiy xo‘jalik shakli.

    Umumbashariy qadriyat – dunyo xalqlarining ko‘pchiligi tomonidan tan olingan, huquqiy me’yorlar tarkibiga kiritilgan yoki qadriyat, an’ana va mas’uliyatiga aylangan, voqe’lik vayohud munosabatlar tizimiga nisbatan qo‘llaniladigan tuShuncha.

    Umuminsoniy qadriyatlar – butun insoniyatning tajribasini ifodalovchi va ma’lum farqlanishlar bo‘lishidan qat’i nazar, barcha odamlar uchun mushtarak bo‘lgan dunyoqarashning ideallari yoki axloqiy normalar.

    O‘ng - siyosiy kuchlar joylaShuvida jamiyatning ijtimoiy-siyosiy tuzilishini saqlanishini maqsad qilib olgan konservativ siyosiy oqim.

    Universal – (lot. universalis –umumiy); har tomonlama, keng qamrovli, ko‘plab maqsadlar uchun yaroqli, turli vazifalarni va funsiyalarni bajara oladigan.

    Uchinchi sektor - dunyodagi barcha mamlakatlarda notijorat va xayriya maqsadlarida tashabbus ko‘rsatayotgan va keng faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarga (NNT) nisbatan qo‘llaniladi (birinchi sektor - davlat, ikkinchi sektor - tijorat sektori yoki shaxsiy sektor deyiladi).


    Download 10,97 Mb.
    1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   163




    Download 10,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijtimoiyfanlarva jismoniy madaniyat

    Download 10,97 Mb.