• Fuqarolarning o‘zini o‘ziboshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosi
  • Fuqarolik
  • Fuqarolik jamiyati institutlari
  • Xalq
  • Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishning tashkiliy asosi -




    Download 10,97 Mb.
    bet159/163
    Sana25.11.2023
    Hajmi10,97 Mb.
    #105408
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163
    Bog'liq
    Мажмуа янги тарих 2022

    Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishning tashkiliy asosi - o‘zini o‘zi boshqarishhuquqining instituti sifatida o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tuzilishi,faoliyat tartibi, shakli va prinsiplarini, faoliyat doirasini belgilab beruvchi huquqiy normalarning mushtarak tizimidir.

    Fuqarolarning o‘zini o‘ziboshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosi - fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘z mablag‘laridan, ushbu organlarga xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari belgilangan tartibda ajratgan byudjet mablag‘laridan, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy hayr-ehsonlaridan, Shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablag‘lardan tashkil topadi.

    Fuqarolik – insonlarni muayyan davlat, davlatchilik bilan bog‘liq huquqiy holatlarini, munosabatlarini ifoda etuvchi tuShunchadir.

    Fuqarolik jamiyati – fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida tegishli fuqarolik institutlari orqali faol ishtirok etishi ta’minlangan ijtimoiy makondir.

    Fuqarolik jamiyati institutlari – fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirok etishiga xizmat qiladigan nodavlat, notijorat tashkilotlari, jamiyat birlashmalari, oila, mahalla, ijtimoiy harakatlar va boshqa tuzilmalar majmuidir.

    Fuqarolik mas’uliyati – qonun ustivorligini tan olish va har bir shaxsning ijtimoiy hayotni takomillashtirish jarayonida ishtirok etish vazifasini teran his qilish.

    Funksiya - lot. functio-faoliyat, o‘tash, bajarish; faoliyat, majburiyat, ish, tayinlash, burch, vazifa, topshiriq.

    Xalq - (arab. yaratilgan jonzot, odamlar–keng ma’noda, muayyan mamlakatning barcha aholisi, tor ma’noda, tarixiy-etnoijtimoiy birliklarning turli shakllari, chunonchi, millat, elat, etnik birlik, urug‘ va boshqalarni ifoda etuvchi tuShunchadir. Xalq - birinchi marta xalqaro huquq sub’ekti sifatida 1945 yili BMT Ustavida "Xalqlarning tengligi va o‘z taqdirini o‘zi belgilash" tamoyilining mustahkamlanishi natijasida tan olingan.

    Xartiya – (yun. qog‘oz, yorliq) o‘rta asrlarda ommaviy huquqiy siyosiy xarakterdagi xujjat bo‘lgan. Hozirgi xalqaro huquqda deklaratsiyaning sinonimi. U – majburiy kuchga ega bo‘lmagan, umumiy tamoyillar va maqsadlarni ifoda etuvchi xujjat.


    Download 10,97 Mb.
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163




    Download 10,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishning tashkiliy asosi -

    Download 10,97 Mb.