|
II. AMALIY MASHG’ULOT – SEMINARNI BOSQICHMA -BOSQICH TAHLIL QILISH VA HAL ETISH BO‘YICHA TALABALARGA
|
bet | 70/163 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 10,97 Mb. | | #105408 |
Bog'liq Мажмуа янги тарих 2022II. AMALIY MASHG’ULOT – SEMINARNI BOSQICHMA -BOSQICH TAHLIL QILISH VA HAL ETISH BO‘YICHA TALABALARGA
USLUBIY KO‘RSATMALAR
1-MAVZU :KIRISH. “O’ZBEKISTON YANGI TARIXI” O’QUV FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI, NAZARIY-METODOLOGIK TAMOYILLARI.
Reja:
O’zbekiston yangi tarixini davrlashtirish masalasi.
“O’zbekiston yangi tarixi” o’quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
Fanni o’rganishning nazariy-uslubiy asoslari.
Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda O’zbekiston yangi tarixining tutgan o’rni.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti .M.Mirziyoevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashdatarixiy xotiraning o’rni va saboqlari to’g’risidagi fikrlari.
Kalit so’zlar:tarix, mustaqillik, asosiy tamoyillar, uslub, vatan, xolislik, davrlashtirish, milliy davlatchilik, globallashuv.
Tarix — arabcha so‘z bo‘lib, “voqealar bayoni”,“o'tgan voqealar haqidaaniq hikoya qilish” ma’nolarini anglatadi. Tarix butun insoniyatninguzoq o'tmishdan to hozirgi kunlargacha bosib o’tgan hayotiy yo'lini,avloddan avlodga meros qoluvchi, doimo rivojlanib, boyib boruvchiijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, davlat qurilishi sohalaridagi tajribalarini, xalqlarni yetaklagan tarixiy shaxslar faoliyatini tartibga solingan holda o'rganuvchi, tasvirlovchi fandir.
|
“Tarix millatlarning o’tmishi, taraqqiyoti hamda tanazzulining sabablarini o’rganaturg’on ilmdir”.
Abdurauf Fitrat
O‘zbekistonning zamonaviy tarixi 1989 yildan boshlanadi. Mazkur sana bilan bog‘liq voqealar – sovet totalitar tuzumining so‘nggi o‘n yilligidan boshlab chuqur inqiroz pallasiga kirganligi, xususan, respublikalarning milliy, iqtisodiy, ijtimoiy manfaatlariga e'tiborsizlik bilan xarakterlanadi. O‘zbekiston tarixidagi ushbu murakkab davrda siyosiy sahnada yangi shakllangan lider – Islom Abdug‘anievich Karimov faoliyati yorqin namoyon bo’ladi. I.A.Karimov davlat rahbari sifatida faoliyat boshlagan kundan boshlab, milliy mustaqillik g‘oyasini ilgari surdi va nihoyat, 1991 yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e'lon qilindi.
Suveren davlat sifatida O‘zbekistonning eng yangi tarixi butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining yangi bosqichiga to‘g‘ri keladi va shuning uchun ham u zamonamizning global voqealari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan eng yangi tarixning ajralmas qismiga aylandi.
Tarixdan ma'lumki, ko‘plab xalqlarning mustaqillikka erishishi, ularning nafaqat yangi shakllangan davlatlari tarkibini, balki xalqaro maqomini ham o‘zgartirgan va bu "yaqin tarix" tushunchasini belgilashda muhim omillardan biri bo‘lgan. Bu o‘rinda yangi va zamonaviy zamon o‘rtasidagi tarixiy davrni bir voqea sodir bo‘lgan sana bilan emas (juda katta miqyosda bo‘lsa ham), balki jamiyatning turli sohalaridagi sifat o‘zgarishini ko‘rsatadigan hodisa va jarayonlarning umumiy miqyosi doirasida aniqlash kerak.
|
| |