O’tkir Hoshimovning ‘’Ikki eshik orasi’’ romani ko’p yillar davomida kitobxonlar tomonidan sevib mutoala qilinib kelinmoqda. Romanda o’z davrining dolzarb muommolari yoritilib,ushbu voqea-hodisalarga nisbatan munosabat bildirilgan.
Ramanning asosiy qahramonlari ikkinchi jahon urushi va uning qiyinchiliklarini yelkasida ko’targan, unda mardona g’olib chiqqan kishilardir.”Ikki eshik orasi”da inson umri,yani tug’ulgandan to umrining oxirigacha bosib o’tgan yo’li nazarda tutiladi.
Muallifning g’oyaviy falsafasiga ko’ra,bu yo’l juda murakkab va ziddiyatli bo’lib uni muaffaqiyat bilan bosib o’tish uchun insondan katta matonat,iroda,bilim va jasorat talab qilinadi.
Asardagi juda ko’p qahramonlar,xususan,Oqsaqol,Qora amma,Robiya,Kimsan,Shomurod xuddi aytilganidek jasoratli va manan boy kishilar bo’lib,ko’p jihatdan yozuvchining g’oyaviy maqsadini tasirli ifodalashga xizmat qilgan. Romanda personajlar qismati orqali yozuvchi yashashning manosi,insonning insoniylik shani,burchi,masuliyati,etiqodi,ichki hissiyotlari,psixologiyasi,maqsadlarini ifodalaydi.
Qo’llanilgan stilistik vositalar kitobxonni personajlar xaqida tasavvur qilishga,baxsga chaqiradi.
Qimirlagan jon borki zamon dard-u tashvishi bilan yashaydi,nafas oladi.Raykom sekretari Abdurahmonov,muallim Samadov,Rashid abzi,dyadya Vasya,Parcha opa,Ochil,Zuxra kelin kabi qahramonlardan tortib to asarning asosiy qahramoni Muzaffargacha-barchasi murakkab,chigal,mushkul taqdirlarni o’z ichiga oladi.
Yozuvchi bosh qahramonlar,xususan,Muzaffar,uning tuqqan onasi Ra’no ,otasi Shomurod, o’gay ota Umar zakunchi,sevgilisi Munavvar,qora amma,Husan duma,Orif oqsaqol,Bashoratxon,Kamil tabib obrazlarini,ularning qalb dunyosini,psixologiyasini yorqin ochib bergan.
Asarda to’qqiz qahramonning tilidan yozuvchi davr qiyinchiliklarini yengib o’tayotgan xalqning o’tmishini,provardida urushni qoralab yorita oladi.Asar so’ngidagi baxtsiz tasodif tufayli,sut bir akasini yaxshi ko’rib xato qilib qo’ygan qiz taqdiri(Munavvar),o’z sevgisini jilovlay olmagan yigitning,o’z singlisini yoqtirishi tasvirlanadi.Ikki yosh to’ydan oldin gunoh qilib qo’yishgani, va bu gunohning badali og’ir bo’lishini bilishmas edilar.Asar so’nggida qahramonlar ikki eshik orasida qolib ketishadi.Uylanmaslikka iloj yo’q,uylanay desa sut bir singlisi……Ikki eshik orasi.
|