• 4.Qora amma hikoyasi.
  • “ikki eshik orasi” reja ikki eshik orasi asari xaqida




    Download 276,75 Kb.
    bet4/5
    Sana16.01.2024
    Hajmi276,75 Kb.
    #138635
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Mavzu O’tkir Hoshimov-fayllar.org

    3.Robiya obrazi.

    Romandagi yana bir ayol obrazi bor – Robiya. Unga ham taqdir kulib boqmadi. Yoshligidan onasidan yetim qolgan Robiya otasi tarbiyasida ulg‘ayadi. Onasining o‘limidan so‘ng ular Samarqanddan Toshkentga, No‘g‘ay qishloqqa ko‘chib kelib, Husanboy ismli kishining hovlisida yashay boshlaydi. Otasi o‘qituvchi bo‘lgani uchun qishloq bolalarini o‘qitadi. Robiya Husanboy Dumani bobo, uning xotini Qora amma- ni oyi, ularning o‘g‘li Kimsanni aka, Qora ammaning ukasi Shomurodni ada deb katta bo‘ldi. Robiya sofdil, mehnatkash ,irodali va chiroyli qiz bo‘lib ulg‘ayadi.


    U Kimsanga ko‘ngil qo‘ydi. Kimsan va Robiyaning sevgisi bir guli ochilmay so‘ldi. Yurtda urush boshlangach, urushga ketgan sevgilisi qaytmadi. Robiya uni 45 yil davomida kutdi. Urush tugaganiga bir necha yil bo‘lsa- da, uni sadoqat bilan kutishdan charchamadi. Qora amma, ya’ni oyisi unga sovchi bo‘lib, ukasi Shomu- rodga so‘raganida, Robiya aql-u hushidan ayrildi: «Ni ma deyotganini o‘zi biladimi oyim? Axir... Kimsan akam mening qaylig‘im bo‘lsa, oyim ning o‘g‘li-ku! Kimsan akam hamma- dan ko‘ra oyimga yaqin-ku. Nima jin urdi?» Bechora Robiya taqdirning achchiq qismatiga ilojsiz ko‘nadi. Insonlarning murakkab taqdirini maromiga yetkazib tasvirlagan roman katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.

    4.Qora amma hikoyasi.


    Romanda ayollar obrazi ham zo‘r mahorat bilan tasvirlan- gan bo‘lib, ular orasida Qora amma o‘ziga xos tabiati bilan ajralib turadi. Qora amma obrazining aksariyat sifatlari roman- ning «Qora amma hikoyasi» qismida namoyon bo‘ladi. Qora amma – mehribon, sodda, bardoshli va jafokash ayol

    Uning obrazida urush davridagi o‘zbek onalarining siymosi mujassam topgan. U boshiga tushgan barcha ko‘rgiliklarni sabr- bardosh bilan yengib, o‘zida yashashga kuch-qudrat topadi. Ukasi Shomurodning xotini Ra’no eriga xiyonat qilib, Umar zakunchining hiyla-nayrangiga uchadi. Ukasining oilaviy tashvishlari ham Qora ammaning yelkasiga tushadi. Kelini Ra’noning qilmishlaridan norizo bo‘lgan Qora amma uni aslo kechira olmaydi. «Juvongina o‘lgur, noinsof! Bolaning uvo- li tutgur imonsiz! Eringni birovdan kam joyi yo‘q edi-ku! Cho‘loq bo‘lsa devor oshib o‘g‘rilik qilib bo‘lmagandir! To‘rt yil qon kechib keldi-ku! Eri urushda o‘lgan qanchadan qancha gulday juvonlar yuribdi sabr qilib. Aqal li bolangni o‘ylasang bo‘lmasmidi, imonfurush!» – Qora amma shu zaylda yozg‘ira- di. Asarda Ra’noning taqdiri badbaxtlikka borib taqaladi, u baxtsiz bo‘ladi.


    «Ikki eshik orasi» romanidagi Orif oqsoqol, Husan Duma, Komil tabib kabi obrazlar o‘z individual qiyofasi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, Orif oqsoqol obrazi romanga ko‘rk bag‘ishlay- di. Unin g insonparvarligi, odamlar orasida qozongan obro‘-e’ti- bori, eng og‘ir damlarda qiyinchiliklarni yengib o‘tishga kuch topishi bilan o‘quvchi xotirasiga muhrlanadi. U donishmand, tajribali, hayotning achchiq- chuchugini tatib ko‘rgan o‘zbek qariyalariga o‘xshab har bir ishda tashabbuskorlikni o‘z qo‘li- ga oladi. Orif oqsoqol haqiqatgo‘yligi bois o‘zi anglab yetgan bor haqiqatni yuzga aytishdan cho‘chimaydi. Undagi jasorat va shijoat boshqalarga ilhom beradi. U odamlarga baho berganida xalqona ta’bir bilan «mard odamning belida belbog‘i bo‘lishi kerak» degan taomilga rioya qiladi. Atrofidagi odamlarning ruhiy butunligini, jo‘mardligi va odamiyligini sadoqat, va’daga vafo, ezgu amallar bilan o‘lchaydi.
    Yozuvchining ikkinchi romani 
    Download 276,75 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 276,75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “ikki eshik orasi” reja ikki eshik orasi asari xaqida

    Download 276,75 Kb.