|
Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfiga mansub oilalar: lavrdoshlar, toshyorardoshlar, zig‘irdoshlar oilalariga mansub o‘simliklarning xarakterli xususiyatlari va tibbiyotdagi ahamiyati
|
bet | 5/8 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 5,93 Mb. | | #250887 |
Bog'liq mustaqil 7Achitqi zamburug’i
Achitqilar Ascomycotina sinfi Saccharo mucetales tarkibiga (birchamchi xaltachali zamburug’lar) kiradi. Achitqi yirik hujayra bo’lib, tuxumsimon, sharsimon va tayoqchasimon shakllarga ega. Achitqi hujayralarida ikki qavatli qobiq va chegaralangan yadro bor. Sitoplazmasi gomogen bo’lib, mayda donacha tuzilishiga ega, unda turli kiritmalar (glikogen, volyutin, moy), vakuola hamda ipsimon tanachalar, ya’ni xujayralar sintezi jarayonida ishtirok etuvchi xondrosomalar bor. Achitqilar kurtaklanib bo’linadi, spora hosil qilib, ayrim turlari esa jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Kurtaklanib ko’payishida ona hujayradan yosh hujayra ajralib, alohida mustaqil hujayraga aylanadi. Achitqining ayrim turlari oziq yetarli bo’lmaganda hujayrada 2, 4, 8, 16 tadan endosporalar hosil bo’ladi. Askosporalar hosil qiluvchi achitqi hujayralar asklar (xaltacha), spora paydo qiladigan hujayra esa - askomitsetlar deyiladi.
Achitqining bu urug’iga mansub turlari, turli xil uglevodlarni parchalash xususiyatiga ega. Ular pivo tayyorlash, vinochilik sa’noatida va non ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. Achitqilarning Saccharomyces cerevisiae, Saccharmyces ellipsoides turlari yaxshi o’rganilgan.
Zamburug’larning keng tarqalgan guruhi sporinya (Claviceps purpurea) bo’lib, kasallangan javdar va bug’doylarda ko’p uchraydi. Askosporalar o’simliklar gullaganda mitseliylarga aylanadi. Giflar to’q binafsha rangdagi donacha skelerotsiylarni hosil qilib, ular boshoqdagi don o’rnini egallaydi. Sporinya donachalari tarkibida kornutin alkaloidi, sfatselin va ergotin kislotalari bor. Bularni odam yoki hayvonlar non bilan iste'mol qilganida juda og’ir kasallik yuzaga kelishi mumkin. Bu kasallikka chalinmaslik uchun sporinya donachalari bo’lgan javdar va bug’doydan non qilmaslik lozim.
Bazidomitsetlar
Bazidomitsetlar ko’p hujayrali mitseliylarga ega zamburug’lar bo’lib, ularning 20 000 dan ortiq turi ma'lum. Ular, asosan, jinsiy yo’l bilan, ya'ni bazidosporalar bilan ko’payadi. Ko’payish a'zosi - bazidiyalar ichida ko’pincha 4 ta spora hosil bo’ladi. Ko’pchilik bazidomitsetlar chirindiga boy tuproqlarda, o’simliklar qoldiklarida yashaydi, ayrim turlari esa daraxtlarda parazitlik qiladi. Bunday kalpoqchali zamburug’larning 150 turi mavjud bo’lib, ulardan 25 turi zaharli. Ularni bilmasdan iste'mol qilganda, zahari tezda me'da-ichak yo’li orqali so’riladi; jigar-buyrakda to’planadi va 6-30 soatdan so’ng sitotoksik ta'sir etadi. O’tkir gastroenterit belgilari namoyon bo’ladi, ya'ni qorinda og’riq, to’xtovsiz qusish, qon aralash ich ketishi, umumiy darmonsizlik suv elektrolit muvozanatning buzilishi, tirishish, jigar kattalashishi va sarg’ayishi, azotemiyalar kuzatiladi. Bu kasallik bolalarda og’ir kechib, jigarning o’tkir atrofiyasi tufayli ko’pincha o’lim bilan tugaydi.
Qalpoqchali zamburug’ning muxomor xilida muskarin deb ataladigan alkaloid bo’lib, parasimpatik nerv sistemasini shikastlaydi. Bemorning silliq muskullari qisqaradi (spazm), ko’zidan yosh oqadi, qattik terlaydi. Atropin yuborilgach bemor tezda sog’ayadi. Shartli-zaharli qalpoqchali zamburug’lar ham iste'mol qilingandan 2-3 soat o’tgach o’tkir gastroenterit boshlanadi. Bularni qaynatilganda ularning' zaharlash xususiyati yo’qoladi.
Iste'mol qilish mumkin bo’lgan, ammo ularni tayyorlash yoki saqash jarayonida salmonella, stafilokok klostridiy, botulizmlar bilan zararlangan quziqorinlar ham gastroenterit kasalligini keltirib chiqaradi. Qalpoqchali zamburug’ bilan zaharlanganda me'dani tezda yuvib, zararsizlantiruvchi dorilar beriladi. Zaharlanishning oldini olish uchun iste'mol qilish mumkin bo’lgan qo’ziqorinlarni ajratib olib, yaxshilab pishirish va shisha bankalarga sterilizatsiya qoidalariga qat’iy amal qilgan holda solib berkitish lozim.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfiga mansub oilalar: lavrdoshlar, toshyorardoshlar, zig‘irdoshlar oilalariga mansub o‘simliklarning xarakterli xususiyatlari va tibbiyotdagi ahamiyati
|