Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfiga mansub oilalar: lavrdoshlar, toshyorardoshlar, zig‘irdoshlar oilalariga mansub o‘simliklarning xarakterli xususiyatlari va tibbiyotdagi ahamiyati




Download 5,93 Mb.
bet2/8
Sana23.05.2024
Hajmi5,93 Mb.
#250887
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mustaqil 7

Zamburug’lar biologiyasi. Zamburug’lar, asosan, spora hosil qilib, bo’linib, kurtaklanib va o’sib ko’payadi. Qulay sharoitda sporalar o’sib naychalar hosil qiladi, bular o’z navbatida uzayib iplar (giflar) ga aylanadi. Keyinchalik giflarda ko’ndalang to’siq pardalar, ya'ni septalar hosil bo’ladi. Ular, asosan, yuksak zamburug’larda bo’lib, septali giflar deyiladi. Sodda zamburug’lar giflarida septalar bo’lmaydi, shuning uchun ularni septasiz giflar deyiladi. Spora hosil qilish faqat ko’payish vazifasini bajaribgina qolmay, balki zamburug’larning tashqi muhitda tarqalishiga ham sabab bo’ladi. Zamburug’larning spora hosil qiluvchi qismi sporaforalar deyiladi. Sporalar tashqi va ichki bo’ladi.
O’sishi. Zamburug’lar aerob sharoitda, Saburo, Chapek-Doks, suyuq suslo yoki suslo-agarlarda, ya'ni pH 6,0-6,5 bo’lgan oziq muhitlarda 22-37° S haroratda yaxshi ko’payadi. Ammo patogen zamburug’lar pH 3-10 bo’lgan muhitlarda ham o’sishi mumkin. Ko’pincha zamburug’lar turli xil fermentlarga ega bo’lib, shular yordamida oqsil, uglevod va lipidlarni parchalaydi, ayrimlari patogenlik omillari ham xisoblanadi. Ayrim fermentlar yog’och, teri, suyak va mum kabi sintetik polimerlar va boshqa murakkab organik moddalarni parchalash xususiyatiga ega.
Patogen Zamburug’larning ko’payishi uchun turli o’stiruvchi omillar (vitamin, aminokislotalar), mineral moddalar va mikroelementlar (rux, kobalt, natriy va temir, magniy, mis, fosfor tuzlari) zarur.
Patogen zamburug’lar agarli muhitda o’sishiga ko’ra to’rt xil koloniyalar:
1) teriga o’xshash, silliq, qattiq;
2) paxtaga o’xshash momiqsimon, g’ovak;
3) duxobaga o’xshash tukli, kalta juda ko’p mitseliylar bilan qoplangan;
4) mo’rt, pardasimon, tez sinadigan, karton yoki un sepilganga o’xshash koloniyalar hosil qiladi.
Zamburug’larning ko’p turlari suyuq, muhit yuzasida parda, probirka tubi yoki devorida esa, namatga o’xshash cho’kma hosil qiladi. Ular oq, sariq, jigarrang, qora, havorang, yashil, qizil, malinaga o’xshash va boshqa rangdagi pigmentlarni hosil qiladi, ammo patologik materialdagi zamburug’larning ko’pchiligi pigment hosil qilmaydi.


Download 5,93 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 5,93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfiga mansub oilalar: lavrdoshlar, toshyorardoshlar, zig‘irdoshlar oilalariga mansub o‘simliklarning xarakterli xususiyatlari va tibbiyotdagi ahamiyati

Download 5,93 Mb.