• Zamburug’ hujayrasining tuzilishi va kimyoviy tarkibi.
  • Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfiga mansub oilalar: lavrdoshlar, toshyorardoshlar, zig‘irdoshlar oilalariga mansub o‘simliklarning xarakterli xususiyatlari va tibbiyotdagi ahamiyati




    Download 5,93 Mb.
    bet3/8
    Sana23.05.2024
    Hajmi5,93 Mb.
    #250887
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    mustaqil 7

    Toksin hosil qilishi. Patogen zamburug’larning ayrim turlari (Fusarium) ekzotoksin, aspergillning ayrimlari aflotoksin, Fusarium sporotochiella lipotoksol, ammo zamburug’larning ko’p turlari kuchli toksinlar (fallotoksin, muskarin va boshqalar) hosil qiladi. Infektsiyaning kirish joyi, tarqalish yo’li har xil mikozlarda turlicha. Chuqur mikozlar qo’zg’atuvchisining sporasi nafas yo’liga, subkutan-spora yoki mitseliy bo’lakchalari teridagi yaraga tushgach kasallik paydo bo’ladi.
    Zamburug’ hujayrasining tuzilishi va kimyoviy tarkibi. Zamburug’lar eukariot organizmlarga kirganliga sababli, hujayra tuzilishi eukariotlarga xos bo’ladi. Hujayrada yadro bilan yadrochalar, mitoxondriya, endonlazmatik retikulum, Golji apparati, lizosoma. falosoma, segresomalar bor. Lomasoma va xitosomalar faqat zamburug’larda topilgan. Zamburug’ hujayrasida bitta yoki o’nlab yadrolar bo’ladi. Zamburug’larning ko’p turlari tashqi sharoitga ko’ra achitqi yoki mitseliy shaklida o’sadi, ya'ni dimorfizm xususiyatiga ega.
    Shikastlangan hujayrada achitqi hujayrasiga, probirkada o’stirilganda esa, ipsimon mikroorganizmlarga o’xshaydi. Zamburug’ hujayrasi devori bakteriya hujayrasidan uglevod tabiatli mikrofibrillyar (glikanlar) dan tashkil topganligi bilan farq qiladi.
    Zamburug’ kasalliklarining paydo bo’lishida unga moyillik ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun dermofitiya bilan, asosan, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar; chaqaloqlar va uch yoshgacha bo’lgan bolalar esa ko’pincha kandidoz bilan og’riydilar. Zamburug’ kasalliklarining paydo bo’lishiga gipo- va avitaminoz, disbakterioz, kup terlash, xavfli o’sma, qon kasalliklari, OITS, turli yaralar va surunkali kasalliklar, antibiotiklardan noto’g’ri foydalanish, xromomikoz, sporotrixoz va boshqa omillar ham sabab bo’ladi.
    Immuniteti. Zamburug’ kasalliklarida hujayrali va gumoral immunitetlar muxim rol o’ynaydi. Teri organizmni patogen zamburug’lar kirishidan himoya qiladi. Undagi ter va lipoid moddalar ta'sirida mikoz qo’zg’atuvchilarining rivojlanishi keskin kamayadi. Qon zardobida maxsus angitelolar hosil bo’lib, ular ham zamburug’larga qarshi ta'sir etadi. Turga xos immunitet vujudga keladi. Patogen zamburug’lar keltirib chiqargan kasalliklar (mikozlar) joylashishi, patogenezi va klinik belgilariga ko’ra to’rt guruhga bo’linadi.
    Birinchi guruhga yuzaki mikozlar yoki keratomikozlar (rang-barang temiratki) qora temiratki kladosporioz, oq p'edra va qora p'edra kiradi. Bu kasalliklarda soch va epidermisning muguz qatlami jarohatlanadi. Opportunistik mikoz qo’zg’atuvchilari ham shartli patogen zamburug’lar hisoblanadi.
    Ikkinchi guruhga epidermomikozlar kiradi, bularda epidermis, sochlar, tirnoklar shikastlanadi va bu dermatomikozlar deb ataladi. Bularga oyoq panjasi epidermofitiyasi, rubromikoz, trixofitiya, mikrosporiya favus va boshqalar kiradi.
    Uchinchi guruhga teri osti yoki subkutan mikozlar (sporotrixoz, xromomikoz, maduromikoz) kirib, ularda teri, teri osti kletchatkasi, fastsiya va suyaklar jarohatlanadi. Turtinchi guruhga chuqur mikozlar (blastomikoz, gistoplazmoz, kriptokokkoz, koktsidiodoz) kiradi. Bularda ichki a'zo va turli to’qimalar shikastlanadi.


    Download 5,93 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 5,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfiga mansub oilalar: lavrdoshlar, toshyorardoshlar, zig‘irdoshlar oilalariga mansub o‘simliklarning xarakterli xususiyatlari va tibbiyotdagi ahamiyati

    Download 5,93 Mb.