Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfiga mansub oilalar: lavrdoshlar, toshyorardoshlar, zig‘irdoshlar oilalariga mansub o‘simliklarning xarakterli xususiyatlari va tibbiyotdagi ahamiyati




Download 5,93 Mb.
bet4/8
Sana23.05.2024
Hajmi5,93 Mb.
#250887
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mustaqil 7

Askomitsetlar
Askomitsetlar-xaltachali, juda ko’p mitseliyli zamburug’lardir. Jinsiy yo’l bilan askosporasi (maxsus xaltachalar - askalarda sporalar rivojlanadi) orqali ko’payadi, jinssiz yo’l bilan ko’payishi esa konidiyalar orqali amalga oshadi (ekzosioralar ko’pchilik zamburug’larda jinssiz ko’payish faoliyatini bajaradi).
Askomitsetlar sinfiga Aspergillus urug’i kiradi. Zamburug’lar bo’g’inli yoki septali mitseliylar va bir hujayrali konidiy tutuvchilardan tashkil topgan. Konidiy tutuvchilarning yuqoridagi uchida yelpig’ichga o’xshab joylashgan kalta, qator sterigmalari bo’lib, ulardan zanjirga o’xshab konidiyalar o’sib chiqadi. Mikroskop ostida aspergillar tekshirilganda, sterigmalar ustida joylashgan ekzosioralar, xuddi gulga suv sepadigan idishdan tushayotgan suvni eslatadi. Aspergillalarning asosiy turlaridan biri Aspergillus niger xisoblanadi. Bu tur tabiatda keng tarqalgan bo’lib, nam buyumlarda, non va murabbolarda yashaydi, Patogen va shartli patogen turlariga A. fumigatus, A. flavus, A. niger va boshqalar kiradi. Hozirgi vaqtda aspertllyoz bilan og’rigan bemorlardan aspergillaning 40 dan ortiq turi ajratib olingan bo’lib, ular odamlar terisi, oyoq-qo’llari, burun bo’shlig’i, o’pka, bronx, ko’z, tashqi quloq yo’llarini, suyak va boshqa a'zolarni zararlaydi. Aspergillyoz kasalligi reaktivligi pasaygan va immun holati kuchsizlangan kishilarda juda og’ir kechadi, xattoo’lim bilan ham tugaydi. Patogen mog’orlarning ayrim turlari juda zaharli va xavfli o’sma qo’zg’atish xususiyatiga ega bo’lgan aflatoksin ajratadi. Askomitsetlar sinfiga Penicillium urug’i ham kiradi. Mitseliy va konidiy bandlari ko’p hujayrali bo’lib, hosil beruvchi tanasi mo’y qalamga o’xshaydi. Konidiy tutuvchilarning yuqori qismi shoxlangan bo’lib, ularning uchlarida sterigmalar, ulardan esa supurgiga o’xshash qator konidiylar hosil bo’ladi. Zamburug’larning bu urug’i tabiatda keng tarqalgan bo’lib, sut maxsulotlari, nam buyumlar, eski teri va murabbolarda ko’p uchraydi. Bu urug’ning asosiy turi Penicillium qlaucum hisoblanadi. Ularning maxsus shtammasi (Penicillium natatum va boshqalar) dan penitsillin olinadi.
Penicillium ning 30 dan ortiq turi odamlar uchun patogen xisoblanadi. Ular penitsellyoz - teri, tirnok, quloq, yuqori nafas yo’llari, o’pka kasalliklarini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, organizmga tarqalgan (ya'ni generilizatsiyalangan) holda ichki a'zolarni ham shikastlaydi.
Ayniqsa P. crustaceum, P. glaucum, P. niger turlari o’ta patogen hisoblanadi. Aspergillyoz va penitsillyozlarga laboratoriya tashxisi qo’yish uchun patologik materiallar mikroskopda tekshiriladi. So’ng oddiy muhitlarga yoki Saburo muhitiga ekiladi va 25-28°S haroratda o’stiriladi. Paydo bo’lgan koloniyalar xarakteri, fermentativ xususiyati, pigment hosil qilishi, allergik sinama, komplementni biriktirish reaktsiyalariga ko’ra identifikatsiya qilinadi. Bemorlarni davalash uchun nistatin, surunkali shakllarida amfoteritsin V. mikoseptin, amfoglyukamin, autovaqtsinalardan foydalaniladi.

Download 5,93 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 5,93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfiga mansub oilalar: lavrdoshlar, toshyorardoshlar, zig‘irdoshlar oilalariga mansub o‘simliklarning xarakterli xususiyatlari va tibbiyotdagi ahamiyati

Download 5,93 Mb.