|
Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfiga mansub oilalar: lavrdoshlar, toshyorardoshlar, zig‘irdoshlar oilalariga mansub o‘simliklarning xarakterli xususiyatlari va tibbiyotdagi ahamiyati
|
bet | 7/8 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 5,93 Mb. | | #250887 |
Bog'liq mustaqil 7Davolash. Bemorlarnio davolash uchun yod preparatlari, greziofulvin, vitaminlar, 3% Bor kislotasining eritmasi bilan bintni ho’llab qo’yish, pirogenallar qo’llaniladi. So’nggi yillarda lamizin va orungal preoaratlaridan keng foydalanilmoqda.
Oldini olish. Bemorlarni to’la-to’kis davolash, sartaroshxona, hammom, basseyn, sport maydonlarining sanitariya holatini qat’iy nazorat qilish, shaxsiy gigiyenaga rioya etish va boshqa choralardan iborat. Veterenariya xodimlari kasal hayvonlarni aniqlab, ularni davolashlari kerak.
Kandidoz qo’zg’atuvchisi.
Kandidozga Candida urug’iga mansub achitqisimon zamburg’lar sabab bo’ladi. Kasallik qo’zg’atuvchisi dastlab 1839 yili Langenbak tomonidan kashf etilgan. Kandidalar bir hujayrali organizm bo’lib, kurtaklanib ko’payadi (90-rasm). Ular konidiy, askosporlar hosil qilmaydi, xaqiqiy mitseliylari yo’q, soxta mitseliylari ketma-ket kurtaklanish natijasida paydo bo’ladi. Bu zamburg’lar maxsus urug’ni tashkil etib, 80 dan ortiq turni o’z ichiga oladi, shulardan 20 tasi odamlarda kasallik keltirib chiqaradi. Bularga C. albicans, C. tropicalis, C. pseudotropicalis, C. krusei, C. guillermondi, C. parapsilosis va boshqalar kiradi. Bulardan, asosan, C. albicans, C. tropicalis kandidozga sabab bo’ladi. Bu turni 1853 yili Sh. Roben birinchi bor aniqlagan.
Candida urug’iga mansub zamburug’lar dumaloq tuxumsimon yoki uzunchoq, hujayralar bo’lib, asosan, kurtaklanib ko’payadi. C. albicans xlamidosporalar hosil qiladi. Ularning zanjirsimon uzunchoq, hujayralardan iborat soxta mitseliylari bor.
Achitqisimon zamburug’lar aerob bo’lib, oddiy muhitlarda 20-30°S haroratda o’sib, silliq koloniyalar hosil qiladi, ammo Saburo muxitida yaxshi ko’payadi. Kandidoz zamburug’larining antigen tuzilishi murakkab, hujayra devoridagi glikoproteidlar turlarning antigen maxsusligini belgilaydi.
Ko’p turlari 6 ta serologik guruhga, C. albicans esa A, V, S sero guruhlarga bo’lingan.
Candida urug’iga zamburug’lar tashkl muhitda keng tarkdpgan C. albicans esa odam ichagining normal mikroflorasi xisoblanadi. Candida urug’iga mansub zamburug’lar tashqi muhitga chidamli, quritilgan holda yillab saqlaladi. Dezinfektsiyalovchi vosetalar) 2-5% li fenol, formalin, xloramin, lizol eritmalari tezda o’ldiradi. Bu zamburug’lar odamlarning og’iz bo’shlig’i, me'da-ichak, siydik-tanosil a'zolarining shilliq qavatlarida yashaydi. Bundan tashqari, ular xo’l mevalarda, sabzavotlar, ovqat maxsulotlari, chiqindi suvlar, idishtovoqlar va buyumlarda ham bo’ladi.
Kandidoz endogen va ekzogen yo’llar bilan paydo bo’lishi mumkin. U, asosan, endogen yo’l bilan nimjon bolalarda, tashqi muhitning (namlikning ko’pligi, terining ishqalanib turishi va boshqalar) noxush omillari ta'sirida pavdo bo’ladi, kasallik yaxshi dezinfektsiya qilinmagan vannalar orqali ham yuqishi mumkin.
Kasallikning ekzogen yo’l bilan rivojlanishida makroorganizm reaktivligining pastligi, qo’zg’atuvchining miqdori va boshqa ikkilamchi mikroorganizmlar borligi muxim rol o’ynaydi.
Candida ning har xil turlari o’tkir va surunkali kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bunda ko’pincha shilliq qavatlar zararlanadi. Bulardan achitqi stomatiti (og’iz oqarishi) ko’p uchraydi, u aksariyat yosh bolalarning og’iz bo’shlig’i shilliq qavatini shikastlaydi. Avval shilliq qavat qizaradi, so’ngra til, tomoq, lunjda ko’plab mayda donachalarga o’xshash karashlar paydo bo’ladi. Keyinchalik ular qo’shilib, yirik yaltiroq, oq, kulrang pardalarga aylanadi. Bu pardalar giflar va achitqisimon zamburug’lardan iborat bo’ladi. Kandidozning bu turi chaqaloqlarda va bolalarda uchraydi. Kandidoz chaqaloqlarning dumbasi, chov sohasida, yuqori nafas va ovqat yo’llarida, siydik-tanosil a'zolarida, markaziy nerv sistemasi va boshqa joylarida bo’lishi mumkin. Bolalarda uchraydigan kandidozning 78% ini og’iz bo’shlig’i shilliq qavatlarining kandidozi tashkil etadi.
Antibiotiklarni o’z bilgicha qo’llash ham kandidozlarga sabab bo’ladi, ular odam organizmidagi normal mikrofloraning simbiozini buzadi, natijada disbakterioz rivojlanadi. Bu ichakda ayrim mikroblarning ko’payib ketishiga yoki saprofit holatdai shartli patogen va patogen holatga aylanishiga sabab bo’ladi. Achitqisimon zamburug’lar qo’l-oyoq panjalari, chov va ko’ltiq osti hamda tirnoq atrofidagi terini, lab, og’iz burchaklaridagi shilliq qavatlarni, til, taloq, qzilo’ngach va qinlarni oq pardalar hosil qilib, shikastlaydi. Kandidoz me'da-ichaq nafas yo’llari, siydik tanosil a'zolarini, ayrim hollarda nerv sistemasini ham zararlash mumkin. Kandidozda o’t yo’li va tishlarning hamshikastlangani qayd etilgan. Bundan tashqari, kandidoz qo’zg’atuvchilari septitsemiyaga olib kelishi, buning oqibatida buyrak o’pka to’qimalari, jigar va boshqa a'zolar shikastlanishi mumkin. Diabet bilan og’rigan kishilarda kandidoz juda og’ir kechadi.
Laboratoriya tashxisini kuyish uchun avval mikroskopik usuldan foydalaniladi. Patologik materialni mikroskop ostida tekshirganda grammusbat dumaloq hujayralar bilan birga tuxumsimon va ovalsimon zamburug’lar ko’rinadi. Bakteriologik usulida tekshirish uchun og’iz bo’shlig’i, qin, uretraning shilliq qavatlaridan, balg’am, o’t, siydik abstsess moddasi, najas, teri va tirnoqlardan material olinadi va Saburo muhitiga ekiladsi. Muxit betida 20-30°S haroratda ko’p miqdorda koloniyalar paydo bo’ladi. Ulardan sof kultura ajratib olinadi va uning asosiy biologik xususiyatlarini aniqlab, turi va zoti belgilanadi.
Yana serologik usuldan ham foydalanib, KBR, PGAR, kandidoz zamburug’ larining ma'lum kulturalaridan tayyorlangan antigenlar bilan pretsipitatsiya reaktsiyalari qo’yiladi.
So’ngi yillarda immunoflyuorestsent usuli ham keng qo’llanilmoqda.
Biologik usuldan foydalanish uchun oq sichqon yoki quyonlarning vena qon tomiriga S. albicans, C. tropicalis kulturalari yuboriladi. Teri allergik sinamasi nisbatan kam ishlatiladi.
Kandidozli bemorlarni davolash uchun avval disbakteriozni aniqlab olish lozim. Shuning uchun turli antibiotiklar berilmay, balki maxsus preparatlar (nistatin, levorin, amfoglyukamin, amfoteritsin-B) va sulfademizinlar buyuriladi. Bundan tashqari, bemordan Candida kulturasini ajratib olib, o’ldirib tayyorlangan autovaktsina ham qo’llaniladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfiga mansub oilalar: lavrdoshlar, toshyorardoshlar, zig‘irdoshlar oilalariga mansub o‘simliklarning xarakterli xususiyatlari va tibbiyotdagi ahamiyati
|