Ikrom rahmonov




Download 7.45 Mb.
bet35/50
Sana13.05.2023
Hajmi7.45 Mb.
#59295
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50
Bog'liq
96297 02e27f76400aebb576d96a4b97f8be2a
Документ Microsoft Word (2)
A. Bosh. B. Chapdan. C. Ustdan. D. Ostdan.



Modelning o‘ziga qarab ko‘rinishlarini chizish uning shaklini tahlil qilishdan boshlanadi.
Misol. Modelning o‘ziga qarab uchta ko‘rinishini chizing. Bu yerda modelning yaqqol tasviri tahlil qilinsa, uning asosi parallelepiðed ustida yarim- silindrik o‘yiqli prizmadan iborat bo‘lib, uchta geo- metrik jismdan, ya’ni uch elementli modeldan tashkil topgan (23.1-chizma, a).
Modelni quyidagi bosqichlarda chiziladi.

    1. Modelning asosi uchta ko‘rinishda chizib olinadi (23.1-chizma, b).

    2. Asosi ustiga prizma uchta ko‘rinishda chiziladi (23.1-chizma, d).

    3. Prizmadagi yarimsilindrik o‘yiq uchta ko‘ri- nishda chizib chiqiladi (23.1-chizma, e).

Ortiqcha chiziqlar o‘chirilib, chizma taxt qilinadi.

      1. Texnik detal shakli nima uchun tahlil qilinadi?

      2. Texnik detalning o‘ziga qarab uning kerakli ko‘ri- nishlarini chizing.




  1. Chizmachilik xonasidagi texnik detallardan foyda- lanib ularning kerakli ko‘rinishlarini chizing.

  2. 23.2-chizmadagi yaqqol tasvirda berilgan detallar- dan bittasini tahlil qiling va ko‘rinishlarini chizing.

Doiraviy kesik konusni nechta ko‘rinishda chizish tavsiya etiladi?


A. Uchta. B. Ikkita. C. Bitta. D. To‘rtta.


Har qanday buyum (detal) turli geometrik jismlarni o‘zida mujas- samlagan bo‘ladi. Shu bois, detalni o‘qishda ularni fikran geometrik jism- larga ajrata bilish o‘ta muhim hisoblanadi. Bu jarayon detalni tahlil qilish deyiladi. 24.1-chizma, a, b da choynak qopqog‘i yaqqol tasvir va ikkita ko‘- rinishda chizilgan. Shu detal nechta va qanday geometrik sirt yig‘indisidan tashkil topgan? Bu savolga javob berish maqsadida har bir geometrik sirt alohida ajratib chiziladi. Detal oltita geometrik sirt yig‘indisidan hosil bo‘lgan (aslida bundan ham ko‘p, lekin bu chizmada soddalashtirib olin- gan) bo‘lib, faqat uch xil geometrik jism turi ko‘rsatilgan.


Detaldagi hamma jismlar ko‘zga aniq ko‘rinmoqda, lekin yana ham aniq




va yaqqolroq bo‘lishini nazarda tutib, ularni bitta o‘qda bir-biridan ajratib chizilgan (24.1-chizma, d).


Har bir detal shakli uning bajaradigan ishiga qarab aniqlanadi. Masalan, g‘ildirak aylanma harakat qilganligi uchun u aylana, har qanday suyuqlik yoki gaz aylana teshikda yaxshi oqqanligi uchun ham quvurlar yumaloq silindrik qilib ishlanadi. Detallardagi oltiburchakli prizmalar ularni burab kiritish va chiqarish uchun xizmat qiladi va hokazo.
Endi, texnik detallar shakli va uning bo‘laklari nima uchun kerakligi haqida qisqacha fikr yuritaylik.
24.2-chizmada tasvirlangan detal silindrik teshikli prizmaning ikki yon tomonida uchburchak shaklida joylashgan devorlari bor. Bu devorlar prizmani parallelepiðed ustida mustahkam birikib turishi uchun xizmat qiladi. Detallarda bunday devorlar „mustahkamlash qovurg‘asi“ yoki qisqacha „qovurg‘a“ deyiladi. Ushbu detaldagi qovurg‘alar aylanma harakat qiluvchi silindrik teshik devorlarini mustahkamlash maqsadida qo‘llaniladi.
Texnik modellarni yasashda geometrik jismlar modellaridan foydalanish tavsiya etiladi. Masalan, kubning ustiga silindr qo‘yilsa (24.3-chizma, a), parallelepiðed ustiga kub va uning ustiga konus joylashtirilsa (24.3-chizma, b), texnik modellar yasalgan bo‘ladi. Shu tartibda har xil texnik modellarni bajarish mumkin.



  1. Texnik modellar qanday yasaladi?

  2. Texnik model (detal) lar qanday tahlil qilinadi?

  3. Modelning o‘ziga qarab qaysi ko‘rinishidan boshlab chiziladi?

Chizmachilik xonasidagi modellardan foydalanib ko‘rinishlarini chizing.



Detal qanday tartibdagi geometrik jismlardan tuzilgan.

  1. Silindr, konus, shar, piramida.

  2. Shar, konus, prizma, piramida.

  3. Prizma, silindr, konus, shar.

  4. Piramida, silindr, konus, shar.

Sfera


A

B

Biror buyumning chizmasini o‘qish uchun oldin buyum chizmasini alohida detallarga ajratiladi. So‘ngra har bir detal sinchiklab o‘rganib chiqiladi.


Chizmalarni o‘qish, ko‘pincha, detalning berilgan ko‘rinishlari bo‘yicha uning yetishmaydigan ko‘rinishini aniqlash, uning yaqqol tasvirini bajarish orqali amalga oshiriladi. Bunday jarayon grafikaviy usul yordamida o‘qish ham deyiladi.

Download 7.45 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50




Download 7.45 Mb.