• Umumiy tushuncha.
  • Qiyshiq burchakli frontal dimet- riya.
  • Ikrom rahmonov




    Download 7.45 Mb.
    bet38/50
    Sana13.05.2023
    Hajmi7.45 Mb.
    #59295
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50
    Bog'liq
    96297 02e27f76400aebb576d96a4b97f8be2a
    Документ Microsoft Word (2)
    grafik ish. Detalning ikkita ko‘rinishidagi yetishmaydigan chiziqlarini aniqlang va uchinchi ko‘rinishini chizing. O‘lchamlarini qo‘ying.

    O‘qituvchi topshirig‘i asosida bajariladi.

    Qadimgi miniatura asarlaridagi perspektiv yasashlar zamonaviy aksono- metriya qonun-qoidalariga to‘g‘ri keladi. Bunga dunyo madaniyati tarixida o‘ziga xos iz qoldirgan Kamoliddin Behzod (1455–1535)ning miniaturalari misol bo‘la oladi.
    Umumiy tushuncha. Mashina detallarini yasashda, asosan, ularning ish chizmalaridan foydalaniladi. Lekin bu tasvirlarning asosiy kamchiligi shundaki, detal ko‘rinishi turli tekislikda bajariladi. Bunday hol chizmaning o‘qilishini qiyinlashtiradi. Shuning uchun, amalda detalning ish chizmasi bilan birgalikda uning yaqqol tasviri ham qo‘shib beriladi. Detalning yaqqol tasviri, ya’ni aksonometrik proyeksiyasi qo‘shib berilgan ish chizmalarini tez va oson o‘qish mumkin bo‘ladi.
    Aksonometriya yunoncha so‘z bo‘lib, akson – o‘q va metreo – o‘lchash degan ma’noga to‘g‘ri kelib, o‘qlar bo‘yicha o‘lchash deganidir.
    Aksonometrik proyeksiyalar uch o‘lchamli yaqqol tasvir hisoblanadi. Ular x, y, z koordinata o‘qlari tizimida hosil bo‘lishiga qarab to‘g‘ri va qiyshiq burchakli turlarga ajraladi. Agar koordinata o‘qlari orasidagi burchaklar o‘zaro teng bo‘lsa, ya’ni jism o‘lchamlari ushbu x, y, z o‘qlarga o‘zgarmasdan bir xilda tasvirlansa, to‘g‘ri burchakli aksonometriya deyiladi. Mabodo x, y, z o‘qlari orasidagi burchaklardan bittasi qolgan ikkitasiga nisbatan o‘zgarib tasvirlangan bo‘lsa, ya’ni jism o‘lchamlari x, y, z lardan bittasiga o‘zgarib (kichiklashib) proyeksiyalansa, qiyshiq burchakli aksonometriya deyiladi. Aksonometriyada koordinata o‘qlari x, y, z larga bir xilda (kattalikda) tasvirlanadigan jism sifatida kub olinib, uni qiyshiq, so‘ngra to‘g‘ri burchak ostida aksonometrik proyeksiyalar tekisligi P ga proyeksiyalash jarayonini ko‘rib chiqamiz.
    Qiyshiq burchakli frontal dimet- riya. Kubning bir tomonini frontal proyeksiyalar tekisligi V ga parallel joylashtirib, aksonometrik proyeksiya tekisligi P ga proyeksiyalaymiz (pro- yeksiyalash jarayoni 27.1-chizma, a da ko‘rsatilgan). Bu yerda, proyek- siyalash nurlarini Oy o‘q uchun P tekisligiga perpendikular olinsa, Oy o‘q P ga nuqta ko‘rinishida proyek- siyalanadi. Shunga ko‘ra, proyeksi- yalash nurlarini Oy uchun P ga ikki marta qisqartirib proyeksiyalanadigan 45° burchak ostida qiyshiq olinadi. Shuning uchun ham bu proyeksiya qiyshiq burchakli frontal dimetrik
    proyeksiya deyiladi. Bu proyeksiyani qiyshiq burchakli dimetriya yoki frontal dimetriya deyish ham mumkin. Dimetriya – yunoncha, ikki marta kam o‘lchash degan ma’noni beradi.
    Jism bir tomoni bilan V ga parallel joylashgani uchun ham frontal dimetriya deyiladi.
    Frontal dimetriyada kubning bir tomoni aksonometriya tekisligi P ga parallel joylashtirilganda, kubning V tekisligiga parallel yog‘i o‘zining haqiqiy kattaligida tasvirlanadi. Bu yerda kubning yon tomon qirralari Ox va Oz larga haqiqiy o‘lchamida qo‘yiladi. Oy o‘qqa esa uning teng yarmisi o‘lchab qo‘yiladi. Shunda kub ikki yog‘i bilan kvadrat, boshqa yoqlari parallelogramm shaklida tasvirlanadi (27.1-chizma, b).

    Download 7.45 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50




    Download 7.45 Mb.