• To‘g‘ri burchakli izometrik proyeksiya.
  • Ikrom rahmonov




    Download 7.45 Mb.
    bet39/50
    Sana13.05.2023
    Hajmi7.45 Mb.
    #59295
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50
    Bog'liq
    96297 02e27f76400aebb576d96a4b97f8be2a
    Документ Microsoft Word (2)
    Frontal dimetriyada o‘qlarning joylashishi. Bunda x va z o‘qlar o‘zaro 90° burchakda, y o‘q esa u burchakni teng ikkiga bo‘lib o‘tadi (27.2-chizma, a). Bu o‘qlarni 27.2-chizma, b dagidek x ning davomiga 45° burchakda yoki uchburchakliklar yordamida 27.2-chizma, d dagidek chizish mumkin. x va z o‘qlar to‘g‘ri burchakni tashkil qilmaganligi uchun H va W ga jismning parallel tomonlari ikki marta qisqartirib tasvirlanadi. Demak, x va z o‘qlarga jism olchami
    100 foiz o‘lchab qo‘yilsa, y o‘qqa uning 50 foizi o‘lchab qo‘yilar ekan.
    To‘g‘ri burchakli izometrik proyeksiya. Kubni 27.3-chizma, a dagidek aksonometrik proyeksiyalar tekisligi P ga nisbatan bir xil qiyalikda joylashtirib, unga kub uchlari orqali proyeksiyalash nurlarini perpendikular qilib o‘tkazilsa, kubning to‘g‘ri burchakli izometrik proyeksiyasi hosil bo‘ladi.
    To‘g‘ri burchakli izometrik proyeksiya qisqacha izometriya ham deyiladi.
    Izometriya yunoncha so‘z bo‘lib, isos – bir xil (teng) degan ma’noni anglatadi.
    Izometriyada Ox, Oy, Oz o‘qlar orasidagi burchaklar o‘zaro teng bo‘lib, ular 120° ni tashkil qiladi (27.3-chizma, b). Chunki ular P tekisligiga nisbatan bir xil qiyalikda proyeksiyalanadi. Shunda, masalan, kub o‘zining haqiqiy kattaligiga nisbatan ma’lum miqdorda o‘zgarib, ya’ni qisqarib, proyeksiyalanadi. Bu o‘zgarish izometriyada uchala o‘qlar bo‘yicha bir xil bo‘lib, 0,82 ga teng. Lekin detal o‘lchamlarini izometrik o‘qlarga 0,82 marta ko‘paytirib o‘lchab qo‘yish ancha noqulay. O‘z DSt 2.305:2003 ning tavsiyasiga binoan, barcha o‘qlarga detaldan o‘lchab qo‘yiladigan qiymatni 0,82


    0,82


    marta kichik olmasdan, uning haqiqiy kattaligidagi o‘lchamlari qo‘yiladi. Shunda detalning izometriyasi 1 = 1,22 marta katta tasvirlanadi.
    Izometrik o‘qlarni uchburchakliklar yordamida 27.3-chizma, d dagidek chizish mumkin. Ularni chizmachilik daftarida kataklar yordamida ham chizish mumkin. O nuqtadan gorizontal chiziqqa 5 katak, so‘ngra pastga 3 katak olinib O nuqta bilan tutashtiriladi (27.3-chizma, e).

    1. Aksonometriya deb nimaga aytiladi? Frontal dimetriya va izometriya deb-chi?

    2. Frontal dimetriyada x va z o‘qlarga nisbatan y o‘qqa qancha o‘lchab qo‘yiladi?

    3. Izometriyada o‘qlar orasidagi burchaklar qanchaga teng?

    Aksonometriyada frontal dimetriya va izometriya koordinata o‘qlarini ish daftaringizga chizing.
    Aksonometriya so‘zining ma’nosi nima?

    Download 7.45 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50




    Download 7.45 Mb.