Ilmiy axborotnoma




Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana01.02.2024
Hajmi1,45 Mb.
#149885
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
maqola samdu

2023-YIL, 1-SON 
91 
 
koʻrsatish darajasini aniqlash imkonini beradi; ikkinchidan, geokriminogen vaziyatiga qarab 
hududlarni rayonlashtirish hududning ijtimoiy (sotsial) rayonlashtirishda katta rol oʻynaydi; 
uchinchidan, geokriminogen vaziyatni shakllanishi va rivojlanishidagi qonuniyatlarni aniqlash 
jinoyatchilik prognozlarini, shuningdek, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy dasturlari, hududni rivojlantirish 
modellarini ishlab chiqish jarayonida muhim rol oʻynaydi. 
Turli shakldagi ma’muriy hududiy birliklarning jinoyatchilik tarkibi, darajasi va dinamikasidagi 
tafovutlar mavjudligi shubhasizdir. Baʼzida bu farqlar tasodifiy holatlar bilan izohlanadi, ammo 
umumiy olganda, har qanday sotsial hodisa singari jinoyatchilik bir biriga bogʻliq qator sabablar, 
shart-sharoitlar va omillarning taʼsiri ostida sodir boʻladi. 
Jinoyatchilik sabablari deganda jinoyat sodir etilishi bevosita bogʻliq boʻlgan va uni keltirib 
chiqaradigan ijtimoiy-psixologik tomonlari tushuniladi. Ochkoʻzlik, baxllik, tajovuzkorlik, 
millatchilik, ijtimoiy qoida va meʼyorlarga amal qilmaslik va h.k.lar jinoyatchilikning eng keng 
tarqalgan sabablari hisoblanadi. 
Jinoyatchilik shart-sharoitlari - bu jinoyat sodir etilishiga bevosita sabab boʻlmaydigan, ammo 
sababni shakllanishi va taʼsir qilish mexanizmlari uchun oʻziga xos "moylovchi" boʻladigan, jinoiy 
faoliyatni osonlashtiradigan va kuchaytiradigan ijtimoiy hodisalar tushuniladi. Masalan, bozor, savdo 
rastalarida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati maʼlum muddat sustlashi va buning natijasida 
vujudga keladigan shart-sharoitlar, oʻgʻirlik bilan shugʻullanadigan jinoyatchilarini oʻziga jalb etishi 
va tajovuz obyektiga aylantirishi mumkin.
Jinoyatchilik omillari K.Y.Sikach fikricha, “muayyan hududdagi huquqbuzarliklarning 
shakllanishi, tarqalishining xususiyatlari, tarkibi, dinamikasiga bevosita va bilvosita taʼsir qiluvchi 
yoki taʼsir qilishi mumkin boʻlgan turli darajadagi tabiiy hamda ijtimoiy tizimlardagi hodisa hamda 
jarayonlarning majmui deb qaralishi kerak”[43-b]. Darhaqiqat, hududning ijtimoiy - iqtisodiy 
rivojlanishi, umuman ijtimoiy vaziyatini shu jumladan geokriminogen vaziyatini shakllanishi bir 
nechta omillarga (iqtisodiy, ijtimoiy, tabiiy va h.k) bogʻliq. Bu omillarni jinoyatchilik bogʻliqligini 
oʻrganishda tizimli va kompleks yondashish juda muhim. Dastlab, A.Gabiani va R.Gachechilidze [5, 
31-b.] tomonidan XX asrning 80-yillari boshlarida shahar va qishloqlarning geografik oʻrni, 
funksiyasi, aholi soni va dinamikasi, urf odatlari, demografik vaziyati, turar-joylarning xususiyatlari, 
iqtisodiyot tarmoqlari (aholining bandligi va daromadlari darajasi), migratsiya jarayonlarini 
jinoyatchilik bogʻliqligi tadqiq etilgan.
Keyinchalik jinoyatchilikka tasir etuvchi tabiiy geografik, ekologik omillar V.Vedyakin va 
V.Ryabsev, ijtimoiy-iqtisodiy, demografik omillar A.V.Kulagin, sotsial geografik omillar 
R.M.Skabara, K.T.Rostov kabi olimlarning tadqiqotlarida uchraydi. 
Geokriminogen vaziyati ogʻir shaharlarda ijtimoiy-iqtisodiy va demografik omillarning ta’sirini 
S.V.Artyomenko, D.V.Fedorenko, S.A.Shotkinov batafsil oʻrgangan. A.D.Badov jinoyatchilikni 
vujudga kelish omillari toʻgʻrisida har tomonlama va tizimli tahlilini oʻtkazib, ikki guruhga boʻladi. 
Birinchi tartibli (asosiy) omillarga geokriminogen oʻrin, penitensiarning yuk, narkobiznes, hududning 
demografik vaziyati, ijtimoiy-iqtisodiy omillarni, ikkinchi tartibli omillarga esa tabiiy-geografik, aholi 
joylashuvi va etnik tarkibini kiritadi [6, 29-b]. Olim Rossiyada jinoyatchilikka tasir etuvchi omillar 
ichida hududning geokriminogen oʻrni boshqa omillarga nisbatan “dominant” deb hisoblaydi. 
Oʻzbekistonda jinoyatchilikka taʼsir qiluvchi omillarni oʻrganishda prof. A.Soliyev va 
A.Qayumov olib borgan tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ular geokriminogen vaziyatga taʼsir 
qiluvchi omillarni ijtimoiy-geografik, iqtisodiy-geografik, demografik, geoekologik va boshqa omillar 
guruhiga boʻladi[11]. 
Fargʻona viloyatining geokriminogen oʻrni va uni jinoyatchilikka tasiri muallif tomonidan tadqiq 
etilgan boʻlib, unda giyohvand moddalar savdosining yoʻnalishlari, geokonfilkt hududlar, chegarada 
nazorat oʻtkazish punktlarini joylashuvini jinoyatchilikka tasiri masalalari koʻrib chiqilgan [7]. 
Yuqorida olimlar tomonidan jinoyatchilikning tur va tarkibiga tasir etuvchi omillarni 
tushuntirishda asosan, konditsionalistik (1-rasm, A) foydalangan boʻlib, ushbu yondashuv koʻp omilli 
hisoblanib, ushbu salbiy sotsial hodisaga bir necha omillar tasiri borligi ilgari suriladi. 



Download 1,45 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish