• Mavzuga oid adabiyotlarning sharhi.
  • SamDU ilmiy axborotnomasi




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/12
    Sana01.02.2024
    Hajmi1,45 Mb.
    #149885
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    maqola samdu

    SamDU ilmiy axborotnomasi 
     
    Geografiya 
    2023-YIL, 1-SON 
    90 
     
    jinoyatchilikning salmog’i yuqoriligicha qolmoqda. Bunday holat, tabiiyki, ijobiy emas unga qarshi 
    choralar ko’rish kerak. Jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashishni amalga oshirishda 
    hududning geografik o’rni, demografik va geoekologik holati, iqtisodiyot tarmoqlari, ularning 
    rivojlanganligi, hududiy tarkibini e’tiborga olmoqlik maqsadga muvofiq bo’ladi. Binobarin, 
    jinoyatchilikning hududlar bo’yicha holati va unga ta’sir etuvchi omillarni chuqur tahlil etmasdan turib 
    hududlarda jinoyatchilikka qarshi profilaktik tadbirlar tashkil etish maqbul bo’lmaydi. Mazkur 
    masalalarni o’rganishda sotsial geografiyaning yosh tarmoqlaridan bo’lgan jinoyatchilik 
    geografiyasining ahamiyati yildan yilga oshib bormoqda. Xususan hududlarni geokriminogen 
    vaziyatidan kelib chiqib zonalarga ajratish masalalari soha mutaxasislari tomonidan e’tibor 
    kuchaygan. 
    Mavzuga oid adabiyotlarning sharhi. Geokriminogen vaziyat tushunchasining muomilada 
    keng qoʻllanilishi, vujudga kelishi va tarixi uncha boy emas. 1994-yilda dastlab, K.T.Rostov 
    "geokriminogen vaziyat mintaqadagi jinoyatchilik holati, uni belgilovchi ijtimoiy-geografik omillar 
    majmuasi bilan bogʻliq holda baholanadi" degan fikrni ta’kidlab, ushbu tushunchasini muomilaga 
    kiritish zarurligini asoslab berdi [1,25-b]. 
    D.V.Fedorenko [2] geokriminogen vaziyat faqat ijtimoiy geografik omillar majmuasi bilan 
    baholashni oʻzi yetarli emas, ijtimoiy-iqtisodiy va geodemografik vaziyatini ham inobatga olishni 
    takidlaydi. 
    A.Soliyev, 
    E.Raxmatov 
    (1999) 
    fikricha 
    esa 
    geokriminogen 
    vaziyat 
    jinoyatchilik 
    geografiyasining asosiy tushunchasi boʻlib, uning shakllanishida bir qator shart-sharoit va omillar 
    majmui yotadi. Oʻz navbatida ushbu sharoitlar jinoyatchilikning turi va tarkibiga tasir oʻtkazib oʻziga 
    xos vaziyatni hosil qiladi [3,118 -b]. 
    A.A.Qayumov (2006) tadqiqotlarida “geokriminogen vaziyat jinoyatchilik geografiyasining 
    muhim bir qismi sifatida turli hududlarda jinoyatchilik holati hamda jinoyatlarga taʼsir etuvchi shart-
    sharoit va omillar, kriminogen vaziyatning hududiy xususiyatlarini oʻrganadi” degan fikrga kelgan.
    Fikrimizcha, geokriminogen vaziyat jinoyatchilik tarkibi, hududiy farqlari va ularni 
    shakllanishida omillarning hududiy jihatlarini oʻzida aks ettiradi. Kriminogen vaziyat geokriminogen 
    vaziyat tushunchasidan farqli ravishda u jinoyatchilikka taʼsir etuvchi omillar sifatida faqat huquqni 
    muxofaza qiluvchi organlarning holati, intensivligi, jinoyatchilikka taʼsirini ifodalaydi, asosan 
    ijtimoiy-huquqiy tomonlariga etibor beradi. 

    Download 1,45 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish