• Tahlil va natijalar.
  • SamDU ilmiy axborotnomasi Geografiya
  • Ilmiy axborotnoma




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/12
    Sana01.02.2024
    Hajmi1,45 Mb.
    #149885
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    maqola samdu

    Tadqiqot metodologiyasi. "Jinoyatchilik – geografik omillar" bogʻliqligini komplekslilik, 
    hududiylik va davriylik nuqtayi nazaridan koʻrib chiqadigan tushuncha "geokriminogen vaziyat" 
    tushunchasidir. Bu yerda "geo" nafaqat jinoyatchilikni oʻrganishning hududiy jihatlarini, kartografik 
    tahlil qilishni ham ifodalaydi. Shunday qilib, “geokriminogen vaziyat” tushunchasidan foydalanish 
    “kriminogen vaziyat” tushunchasidan geografik jihatlarni aniqroq ajratib koʻrsatish imkonini beradi. 
    Shuningdek, geokriminogen vaziyat jinoyatchilikning hududiy xususiyatlarini oʻrganish bilan birga
    ayni paytda uning yilning turli mavsum va vaqtlarida sodir etilishi, jinoyat sodir etgan shaxslarning 
    sotsial - demografik tarkibi hamda alohida turdagi jinoyatlarning sharoit va sabablarini ham tadqiq 
    etadi. 
    Demak, “geokriminogen vaziyat” tushunchasi bir vaqtning oʻzida ikkita metodologik 
    yondashuvni asoslashga yordam beradi: 
    1) geografik omillar va jinoyatchilikning oʻzaro munosabatlari; 
    2) kriminogen vaziyatning hududiy va davriy xususiyatlari. 
    Kriminogen vaziyatni oʻrganishga bunday yondashuv, birinchidan, jinoyatchilik, uning 
    sabablari va sharoitlarini oʻziga xos kriminologik va ijtimoiy geografik xususiyatlariga ega boʻlishi, 
    ikkinchidan, jinoyatchilikni oʻrganishda kartografik usullardan keng foydalanish imkonini beradi.
    Tahlil va natijalar. Geokriminogen vaziyat hududning ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatining tarkibiy 
    qismlaridan biri hisoblanib, bu tushunchadan foydalanish ilmiy va amaliy jihatdan istiqbolga ega: 
    birinchidan, ijtimoiy geografik sharoit va jinoyatchilikni yagona sabab-oqibat majmuasida oʻrganish, 
    hududdagi asosiy ijtimoiy salbiy omillarni aniqlash, ularning ijtimoiy vaziyatiga jinoyatchilik taʼsir 


    SamDU ilmiy axborotnomasi 
     
    Geografiya 

    Download 1,45 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish