|
SamDU ilmiy axborotnomasiBog'liq maqola samduSamDU ilmiy axborotnomasi
Geografiya
2023-YIL, 1-SON
93
funksiyasi, ekologik holati, ijtimoiy muammolar (jinoyatchilik, bolalar oʻlimi), migratsiya bilan
bogʻliq holatlarni hisobga oladi. U 5ta konsentrik zonadan iborat edi (2-rasm): biznes markazi(A),
sanoat rayoni (B), o’tish zonasi (C) (sanoat rayoni bilan ishchilar rayoni orasidagi oraliq hudud),
ishchilar rayoni (D), asosiy turar-joy hududi (E). Tadqiqotlar natijasida biznes va sanoat rayoni hamda
o’tish zonasi eng kriminogen vaziyati ogʻir hudud ekanligi aniqlanadi. Bunday holat rivojlanayotgan
sanoat, turar-joy qurilishi bilan izohlanadi. Ushbu hududda insonlar yashashiga ekologik (havo
ifloslanishi, shovqin) va ijtimoiy muammolar taʼsir koʻrsatishi, boy qatlamning boshqa hududlarga
koʻchib oʻtishi kuzatilgan. Shuning uchun, bu hududda past malakali, kambagʻal muhojirlar soni
koʻpchilikni tashkil etgan, ular orasida uyushgan toʻdalar soni anchagina boʻlgan.
2-rasm. Shaharlarni zonalarga ajratish (E.Burgess,1925).
A.Badov (2009) esa hududning jinoyatchilik darajasi va dinamikasi, ijtimoiy xavflilik darajasi,
jinoyatchilik turlari tarkibi (yil davomida sodir etilgan jinoyatlarning umumiy sonida jinoyatning
ayrim turlarining ulushi), jinoyatchilikni jalb qiluvchi obyektlar va ularning jinoyatchilik bilan
bog’liqligi kabi ko’rsatkichlarni hisobga olib, shaharni geokriminogen anomal, bufer va jinoiy
osoyishtalik hududlarga ajratadi. Geokriminogen anomal (A) - bu hudud fonida jinoyatchilik darajasi
yuqori bo'lgan hudud. Bufer zonasi (B) hududning o'rtacha jinoyatchilik darajasiga yaqin bo'lgan
hudud. Jinoiy osoyishtalik zonasi (C) - bu jinoyat darajasi past bo'lgan hudud.
3-rasm. Shaharni geokriminogen vaziyatidan kelib chiqib zonalarga ajratish
(A.Badov,2009)
|
| |