• 1-rasm. Jinoyatchilik tasir etuvchi omillarni taxlil etish va tushuntirishdagi yondashuvlar
  • SamDU ilmiy axborotnomasi




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/12
    Sana01.02.2024
    Hajmi1,45 Mb.
    #149885
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    maqola samdu

    SamDU ilmiy axborotnomasi 
     
    Geografiya 
    2023-YIL, 1-SON 
    92 
     
    Konditsionalistik yondashuvdan tashqari bugungi kunda olimlar tomonidan quyidagi yondashuvlar 
    ham umumetirof etiladi: 
    Anʼanaviy yondashuv - bunda jinoyatchilikning sababi tashqi kuch taʼsiri ekanligi takidlanib, 
    asosan muayyan jinoyatchilik turini sabablarini tahlil etishda qoʻllaniladi. Masalan, tashqi kuch 
    tasirlari tarkibida jismoniy va psixologik (ruhiy) omilga asosiy etibor qaratiladi (1-rasm, B). 
    Anʼanaviy-dialektik yondashuv. Ushbu yondashuv obyektiv (jinoiy xatti-harakatlarni keltirib 
    chiqaruvchi ijtimoiy holatlar, iqtisodiy inqirozlar, jamiyatdagi siyosiy beqarorlik va h.k) va subyektiv 
    omillarni (shaxs ongidagi ruxiy oʻzgarishlar) qamrab oladi. Bundan tashqari, ular oʻzaro taʼsir qiladi: 
    odamlar hayotining moddiy sharoiti ijtimoiy ongni belgilaydi va u oʻz navbatida jinoyatchilikka tasir 
    qiladi( 1-rasm, C). 
    Interaksionistik (ing. “oʻzaro tasir”) yondashuv. Mazkur yondashuvda jinoiy xulq-atvor va 
    jinoyatning sababi ijtimoiy muhit va jinoyatchi shaxsining oʻzaro taʼsiridir deb tushuntiradi. 
    Jinoyatchilikka tasir etuvchi ichki (ijtimoiy muxit, jamiyat) va tashqi (aholining siyosiy, iqtisodiy, 
    manaviy turmush sharoiti) omillarining majmuasi koʻzda tutilgan( 1-rasm, D). 
    Soha boʻyicha olimlarning tadqiqotlari, ilmiy adabiyotlar tahlili asosida geokriminogen vaziyat 
    va jinoyatchilikka taʼsir etuvchi omillar mualliflar tomonidan Farg’ona viloyati misolida o’rganilgan. 
    Hududlarda jinoyatchilikning shakllanishi va holatining butun tizimi geokriminogen vaziyatni vujudga 
    keltiradi, lekin ushbu holat, oʻz navbatida, hududdagi ijtimoiy jarayonlariga tasir koʻrsatadi [10]. 




    1-rasm. Jinoyatchilik tasir etuvchi omillarni taxlil etish va tushuntirishdagi yondashuvlar 
     
    Geokriminogen vaziyatni oʻrganish obyektlari turli ierarxik darajadagi hududlar boʻlishi 
    mumkin. Masalan, mamlakatimizda iqtisodiy rayonlar, viloyatlar, tumanlar va yirik shaharlar, 
    qishloqlar va mahallalar miqyosida oʻrganish mumkin. Ushbu hududlarda ijtimoiy iqtisodiy tizim va 
    sharoitlar turlicha. Masalan, Qoʻqon va Fargʻona shahri Fargʻona viloyatining gʻarbi va sharqida 
    joylashgan yirik shaharlardir. Ushbu shaharlar nafaqat viloyatning, balki butun iqtisodiy rayonda 
    boʻladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Oʻz navbatida bu ikki shaxar 
    atrofidagi qishloq tumanlari aholisi uchun yirik markaz, umumiy bozor vazifasini bajaradi. Natijada 
    shaxarning ushbu qismlarida oʻziga xos geokriminogen vaziyat vujudga kelgan.
    Jahonda hududlarni geokriminogen vaziyatiga qarab tasniflanishi tajribasi mavjud. Masalan, 
    Chikago satsiologiya maktabi (bu maktab “Chikago inson ekologiyasi maktabi” sifatida ham 
    yuritiladi) vakillari: Э.Бургесс ва Р.Парк (E.Burgess,R.Park,1925,1967) tomonidan Chikago shahri 
    misolida “shaharning konsentrik zonalari” ajratilgan [9,24-b]. Bunda ular Chikagoning shahar 



    Download 1,45 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish