-rasm. Amir Temur davrida xizmatlar sohasini rivojlanish




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/48
Sana22.12.2023
Hajmi2,44 Mb.
#126998
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48
Bog'liq
O`rta asrlarda O`zbekistonda iqtisodiyot va xizmat ko`rsatish sohalarining rivojlanishiga oid ilmiy atamalari

 
14-rasm. Amir Temur davrida xizmatlar sohasini rivojlanish
ko„rinishlari
28
 
“Buyuk Ipak yo„li” uzoq bo„lganligi va sermashaqqatligi sababli, deb yozadi 
rus olimi-tadqiqotchisi V.V. Bartold: Xitoy G„arb davlatlari bilan bevosita aloqa 
olib borishi mumkin bo„lmagan. Shuning uchun ham “Buyuk Ipak yo„li” orqali 
olib borilgan savdo aloqalarida osiyoliklar, ayniqsa, sug„dlar (poytaxti Afrosiyob -
Samarqand), baqtriyaliklar va eronliklar asosiy vositachilik vazifasini bajarganlar. 
Shu sababli, Markaziy Osiyo iqtisodiy aloqalarda, eng avvalo, xalqaro savdoda va 
madaniy sohalarda ham Sharq bilan G„arb o„rtasidagi bog„lovchi vositachi 
vazifasini bajaradi. Natijada, Sharq bilan G„arb o„rtasida ilmiy g„oya, kashfiyot va 
badiiy asarlar qo„lyozma kitoblari hamda boshqa madaniy tovarlar savdosi 
shakllanishi va rivojlanishiga ijobiy muhit yaratilgan
29
. Shuning uchun ham 
Markaziy Osiyo o„lkalarida ishlab chiqarish savdo, fan va madaniyatning 
rivojlanishida “Buyuk Ipak yo„li”ning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyati katta 
bo„lgan. Ayniqsa, IX-X asrlarda Movarounnahr va Xorazmda iqtisodiy va 
madaniy rivojlanishda ulkan muvaffaqiyatlarga erishilgan.
Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda shuni aytish joizki, turizm – bu nafaqat 
savdoni rivojlantiradi, bu chetdan yurtimizga investitsiyalarni jalb qiladi, buning 
oqibatida ishsizlik kamayib aholi daromadlari ortadi, yurtimizda yangi ish o„rinlari 
va ish turlarini ko„payishiga zamin yaratadi.
28
Muallif ishlanmasi. 
29
Руи Гонсалес де Клавихо Дневние путешествия в Самарканд ко двору Тимура (1403-1406). – М.: 1990, 
с.153. 
Amir Temur davrida “Ipak yo„li”da savdo xizmatlari 
Yo„l yoqalarida 
karvonsaroylar 
qurilgan
Katta yo„llarda 
soqchilar bo„lgan 
Mamlakat chegaralariga olib 
kirilayotgan va olib ketilayotgan 
mahsulotlar nazorat orqali o„tkazilgan 
Yuqori xavfsizlik ta‟minlangan 


28 
Turizm o„rta asrlarda xalqlar o„rtasida do„stlik rishtalarini mustahkamlash 
bilan birga ilm-fan, urf-odatlar va an‟analarimiz asrdan-asrga meros bo„lib 
bizgacha etib kelishiga muvaffaq bo„lgan.
Tadqiqot natijalari shuni ko„rsatadiki, haqiqatdan ham Amir Temur davri 
sohibqironning bunyodkorlik va yaratuvchilik faoliyati orqali insoniyat tarixida 
yorqin bir sahifani tashkil etdi. Shavkatli bobomizning bunyodkorlik va 
yaratuvchilik faoliyati uning iqtisodiy qudratidan guvohlik berib kelmoqda. 
Ta‟kidlanganidek, Amir Temur davlati iqtisodiy qudratining oshib borishiga ichki 
va tashqi savdoning rivojlanishi, pul muomalasi, soliq islohotlari, iqtisodiy 
rag„batlantirish borasidagi o„zgarishlar kabi qo„llangan iqtisodiy tadbirlar jiddiy 
ta‟sir ko„rsatdi. Xulosa qilib ta‟kidlash joizki, xizmatlar sohasida turizmning
qachon paydo bo„lganligi, iqtisodiyotda moddiy va ma‟naviy rag„batlantirishning 
ahamiyati, aholini ijtimoiy himoya qilish haqidagi fikrlar dissertatsiyada ilk bor 
nazariy jihatdan asoslab berilgan. 
XULOSA 
O„rta asrlarda O„zbekistonda iqtisodiyot va xizmat ko„rsatish sohalarining 
rivojlanishiga oid ilmiy qarashlarni nazariy tadqiq etish natijasida quyidagi 
xulosalarga kelindi: 
1. O„zbekiston Respublikasi sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo„lgan barcha 
ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilganligi va kelajakda bunga hamma 
amal qilishi maqsadga muvofiq degan xulosaga kelindi. Dalil sifatida XVII asrda 
Angliya klassik maktabi asoschisi U.Petti tomonidan “Mehnat boylikning otasi, yer 
esa uning onasidir” – degan fikriga butun g„arb mamlakatlari tayanib ish ko„rsada,
Avestoda bundan uch ming yil ilgari “Kimda kim zaminni chap va o„ng qo„li bilan, 
o„ng qo„l va chap qo„li bilan shudgor qilsa, zamin unga farovonlik baxsh etadi” – 
degan fikri olg„a surilganligi keltirilgan. Avestoda asosiy maqsad “Saodatli tiriklik, 
farovon va ozod hayot” yaratish hisoblangan. Unda hal qiluvchi kuch inson ekanligi, 
yaratuvchi ham, iste‟molchi ham, inson bo„lsada farovon hayotni ta‟minlash manbai 
mehnat ekanligi ko„rsatib berilgan. 
2. Milliy iqtisodiyot tafakkurlarining shakllanishida “Avesto”dagi tarixiy 
manba, keyingi bosqichda islom ta'limoti, Burxoniddin al-Marg„inoniyning 
“Hidoya” asari, Forobiy, Yusuf xos Hojibning qarashlari muhim hisoblanadi. 
Iqtisodiy g„oyalarida mehnat taqsimotining o„rni, mol-mulkning ko„payishi uchun 
asos bo„lib xizmat qilishi ta‟kidlanadi va zamonaviy dunyoqarashning 
umumbashariy mezonlari qayd etiladi. Har bir shaxs, oila farovonligi jamiyat va 
davlat kuchli bo„lishiga xizmat qiladi.
3. Alisher Navoiy asarlarida iqtisodiyotning asosiy kategoriyalari ingliz 
klassiklaridan ikki yuz yil ilgari o„rganilgan bo„lib, qiymat va narxning miqdoriy 
jihatlarini aniqlash asosida soliq, boj, xiroj to„lash, ishbilarmonlik, boylik haqidagi 
iqtisodiy tushunchalar keltirilgan. Bu xalqning iqtisodiy savodxonligini oshirishga 
boy ilmiy manba sifatida xizmat qilishini inobatga olib, iqtisodiy tushunchalarni 
fanga kiritish lozim degan xulosaga kelindi.
4. O„rta asrlarda shakllangan xizmat ko„rsatish turlari dehqonchilik rivojlanishi, 
madaniy, ma'rifiy va ijtimoiy hayot yaxshilanishining iqtisodiy sharti va asosi 


29 
hisoblangan ixtisoslashuv jarayonlari orqali tarmoqlararo mehnat taqsimotining 
takomillashuviga ahamiyatli ta‟sir ko„rsatadi. Ijtimoiy-iqtisodiy boylikka faqat 
“toat, ibodat” bilan emas, balki davlat va jamiyat hamkorligi asosida har bir 
fuqaroning daxldorlik hissini shakllantirib, bilimga tayangan holda, ulardan tizimli 
ravishda foydalanish orqali amalga oshirish zarur.
5. O„rta asrlarda moddiy ne'matlar va ma‟naviy omillarning hamohangligini 
ta‟minlash insoniyat hayotiga yo„llanma, taraqqiyotiga qo„llanma sifatida 
foydalanilgan. O„rta asr mutafakkirlarining jamiyat a‟zolarini iqtisodiy faollikka 
undash va rag„batlantirish vositasida ijtimoiy-iqtisodiy boylikni ko„paytirishga oid 
iqtisodiy g„oyalari davlat boshqaruvi va ijtimoiy sohalarini rivojlantirish orqali 
davlat va jamiyat uyg„unligini ta'minlashga xizmat qiladi.
6. Tadqiqot natijalaridan Amir Temur davlati ijtimoiy himoya tizimining 
tabaqalashtirilgan kamyob usulidan foydalanilganligi, unda mahalla alohida rol 
o„ynaganligi, maorif, sog„likni saqlash, musofirlarga yordam ko„rsatish, suv 
chiqarish, ko„priklar qurish davlatning ustuvor yo„nalishlaridan hisoblanganligi, bu 
siyosat jamiyatda barqarorlik, inoqlik kayfiyatini, yaratuvchilik, bunyodkorlik 
faoliyatini ta‟minlash, qishloq hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, bandlikni 
ta'minlash, turmush darajasini yaxshilash imkoniyatlarini kengaytiradigan 
omillardan ekanligiga tayanib, moddiy rag„batlantirish tizimi joriy etilganligi, o„sha 
paytlarda aholi uchun ilhomlantiruvchi kuch sifatida qaralganligi biz uchun tarixiy 
saboqdir. 
7. O„zbekistonda o„rta asr davrlarida iqtisodiyot va xizmat ko„rsatish sohalariga 
oid ilmiy izlanishlarning amaliyot bilan birligi, insoniyat taraqqiyotiga kuchli manba 
bo„lib xizmat qilishida, iqtisodiy bilimning shakllanishida zaruriyat ekanligi, aholi 
farovonligi, turmush darajasi va sifatini yaxshilashda, daromad qilishning muqobil 
usullarini tanlash imkoniyatlarini kengaytirish kerakligi, birovlarni hisobiga mulk 
orttirishga chek qo„yish choralarini takomillashtirish, ehtiyojlarni qondirilish 
darajasi bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko„rsatish bilan bog„liqligi ko„rsatib 
beriladi. 


30 

Download 2,44 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Amir Temur davrida xizmatlar sohasini rivojlanish

Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish