• 11-rasm. O„rta asrlarda, O„rta Osiyo, xususan, Xorazm, Samarqand, Buxoro, Farg„ona kabi o„lkalarda xizmat ko„rsatish sohalarining rivojlanib borishi 23
  • -rasm. “Arab raqamlari” ekspeditsiyasining fan tarixidagi roli




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/48
    Sana22.12.2023
    Hajmi2,44 Mb.
    #126998
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48
    Bog'liq
    O`rta asrlarda O`zbekistonda iqtisodiyot va xizmat ko`rsatish sohalarining rivojlanishiga oid ilmiy atamalari

    10-rasm. “Arab raqamlari” ekspeditsiyasining fan tarixidagi roli
    22
     
    Yusuf Xos Hojib O„rta Osiyoda qoraxoniylar hukmronlik qilgan davrda
    taxminan 1019–1021-yilda Bolosog„un (hozirgi Qirg„izistonning To„qmoq 
    shahri)da tug„ilgan.
    O„rta Osiyoning ilg„or fikrli kishilari, shu jumladan, Yusuf Xos Hojib haqida 
    fikr yuritar ekanmiz, ularning din ta‟sirida, ba‟zan ta‟qib ostida ijod qilganliklarini 
    unutmasligimiz kerak. Bu esa, o„z navbatida olimdan katta hayotiy jasorat talab 
    qilardi. Narigi dunyo deb bu dunyodan yuz o„girish be‟manilik ekanini ta‟kidlaydi. 
    Ezgu niyatlarga faqat toat-ibodat bilan erishib bo„lmasligini, buning uchun ezgu 
    ishlar qilish, foydali faoliyat bilan shug„ullanish zarurligini uqtiradi. Odam bilishi 
    mumkin bo„lmagan narsa, bilim bilan yechilmaydigan jumboq yo„q, bilim tufayli 
    osmon sari yo„l ham ochiladi, degan fikrlari g„arb iqtisodchilaridan qariyib, 9-10 
    asr ilgari yaratilganligi asoslanadi.
    Yusuf Xos Hojib o„z asarida kishilardagi ijobiy hislatlarni ulug„laydi, jamiyat 
    va jamoa tarbiyasiga katta ahamiyat beradi. U har qanday axloqiy hislatlar jamiyat 
    sotsial hayotida namoyon bo„lishini to„g„ri tushunadi. Ilm-fanga intiluvchi 
    muayyan fan bilan shug„ullanuvchi shaxslarni eng adolatli kishilar deb hisoblaydi. 
    Shuning uchun jamiyatda baxtga erishish orzusida yurgan kishilarni bilimi, 
    qobiliyatini oshirishga, yomonlik va zo„ravonlik kabi illatlarga qarshi kurashishga 
    chaqiradi.
    22
    Muallif ishlanmasi. 


    25 
    11-rasm. O„rta asrlarda, O„rta Osiyo, xususan, Xorazm, Samarqand, Buxoro, 
    Farg„ona kabi o„lkalarda xizmat ko„rsatish sohalarining rivojlanib borishi
    23
     
    Yusuf Xos Hojib savdo-sotiqni rivojlantirish tarafdori edi. Savdogarlar foyda 
    uchun mintaqama-mintaqa yuradi, mamlakatlar o„rtasidagi munosabatlarni 
    yaxshilashga hissa qo„shadi. Yusuf Xos Xojibning qarashlarida qiymatning mehnat 
    nazariyasiga asoslangan yondashuv ustunlik qiladi. Yaxshi mehnat orqali, yaxshi 
    natija kutish mumkin, bu bilan qiymat o„lchovini tushuntirishini kuzatamiz
    24

    Aytish joizki, Yusuf Xos Hojib ideal inson va ideal jamiyat obrazini 
    yaratishga intilgan. Ammo u orzusining imkonsizligini tushunmadi. Ana shunday 
    tarixiy cheklovlarga qaramay, olimning ijodi ilk o„rta asrlar iqtisodiy tafakkuri 
    tarixida muhim o„rin tutadi. 
    Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodida iqtisodiy g„oyalar muhim o„rin 
    egallaydi. Unda asosan tijorat, savdo muammolari ancha mukammal yoritilgan. 
    Navoiy asarlarida savdo faoliyati ma‟qullanadi, ammo tovlamachi va 
    chayqovchilik qattiq tanqid qilinadi. U mehnatning inson va jamiyatdagi o„rniga, 
    do„stlikka yuksak baho bergan.
    Alisher Navoiy o„z davrining siyosiy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash
    mamlakatning 
    iqtisodiy 
    qudratini 
    barqarorlashtirish 
    uchun 
    kishilarda 
    vatanparvarlik tuyg„usini uyg„otish zarurligini yaxshi tushungan.
    Shuning birla A.Navoiy savdoni rivojlanish tadbirlarini belgiladi, davlat 
    kuchidan, iqtisodiy mexanizmdan foydalanishga chaqirdi. Birinchi navbatda 
    savdogar va chayqovchilarni insof adolatga chaqirdi. Agar ular ko„nmasa davlatni 
    narxlar bilan shug„ullanishga oshirib sotuvchilarga tanbeh jazo berishga, davlatni 
    ijtimoiy rolini oshirishga chaqirdi. 
    Mamlakatlar, shaharlar o„rtasida savdoni rivojlantirish uchun “manzillararo 
    yo„l himoyachilarni”, “yo„l ahlini xatardin nigohdorlarini” qo„yish va savdodan 
    xalq bahramand bo„lishi kerak degan g„oyalarini surdi, uni amalga oshirishda o„zi 
    bevosita ishtirok etdi. 
    Alisher Navoiy shariat tomonidan belgilangan soliqlarni to„lab turishni ham 
    qarz, ham farz deb bildi. Lekin ularning haddan ziyod bo„lishi fuqarolarning 
    23
    Muallif ishlanmasi. 
    24
    Yusuf Xos Hojib. Qutadg„u bilig. – Т.: Fan, 1972. – 963 b. 


    26 
    noroziligiga olib kelishini, ayniqsa gadoylarning ko„payishi, ularning (barcha turi), 
    jamiyat uchun, hamma uchun xavf tug„dirishini ko„rsatadi va ogohlantiradi.
    Jamiyatning himoyasiz, kambag„al, yashash va o„qish, ijod qilish uchun 
    imkoniyatlari bo„lmagan qatlamlari uchun ortiqcha mulkini xayr-ehson hamda 
    boshqa xayrli ishlarga sarfladi. Marhond so„zi bilan aytganda “faqiru miskinlarga 
    muruvvat va shafqat yuzasidan manfaat va dildorlik ko„rsatdi...” 
    Alisher Navoiy, iqtisodiy kategoriya hisoblangan moddiy manfaatdorlikni 
    rag„batlantiruvchi, odamlarni junbushga keltirish kuchini faqat bilakdagina emas, 
    balki amalda o„z faoliyatida amalga oshirdi va buni g„arb iqtisodchi olimlaridan II-
    III asr oldin asoslar bilan isbot qilib berdi
    25


    Download 2,44 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. “Arab raqamlari” ekspeditsiyasining fan tarixidagi roli

    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish