27
Hozirgi zamon uchun ibratli tomoni shundaki, Amir Temur saltanatida qonun-
qoidalar, Islom dini va tuzuklaridan ustuvorligi ta‟minlandi. Qonun-qoida hamma
uchun barobarligiga erishildi.
Amir Temur mamlakatda savdo va pul munosabatlarini to„g„ri yo„lga
qo„ygan. Poytaxtda savdo rastalarini qurishdan asosiy maqsad kichik va mayda
savdoni rivojlantirish, bandlikni ta‟minlashga qaratilgan edi. Ayniqsa, buyuk
jahongir bilimdon iqtisodchi sifatida mamlakatga chet el sarmoyasi kirib kelishini
va buning natijasida mamlakatning
iqtisodiy rivojlanishini, fuqarolarning
farovonligi ta‟minlanishini oqilona tushunib yetgan.
Amir Temurning iqtisodiy qarashlari bilan birgalikda xizmat ko„rsatish
sohasiga oid fikrlari “Buyuk Ipak yo„li” misolida ko„rsatishimiz mumkin.