|
-§. Internet tarmog'i haqida umumiy ma'lumot
|
bet | 2/16 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 3,08 Mb. | | #151172 |
Bog'liq Ilmiy raxbari1.1-§. Internet tarmog'i haqida umumiy ma'lumot. Internet tushunchasi. Internet - bu yagona standart asosida faoliyat ko'rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog'idir. Uning nomi ikki xil talqin qilinadi, ya'ni "International Network" - "xalqaro tarmoq" va "Interconnected networks" - "tarmoqlararo" degan ma'noni anglatadi.
Internet tarmog'ining asosiy yacheykalari (qismlari) bu shaxsiy kompyuter - lar va ularni o'zaro bog'lovchi lokal tarmoqlardir. Internet tarmog'i - bu global tarmoq vakili hisoblanadi.
Internet alohida kompyuterlar o'rtasida aloqa o'rnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruhini o'zaro birlashtirish imkonini ham beradi.
Internet tarmog'ining tuzilishi:
Internet tarmog'ining texnik ta'minoti har xil turdagi kompyuterlar, aloqa kanallari hamda tarmoqning texnik vositalari majmuidan tashkil topgan.
Internet tarmog'ining dasturiy ta'minoti tarmoqqa ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida ishlashni ta'minlovchi dasturlar.
Internet tarmog'ining axborot ta'minoti Internet tarmog'ida mavjud bo'lgan turli elektron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir, WEB sayt va hokazo ko'rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan.
Internet tarmog'i vazifasi va undan foydalanish maqsadlari:
Internet tarmog'ining vazifasi - internet tarmog'i abonetlariga WEB hujjatlarni o'qish, elektron pochta, fayl uzatish va qabul qilish, muloqotda bo'lish, tarmoqda hujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash xizmatini ko'rsatish.
Internet tarmog'idan axborotlarni almashish, masofaviy ta'lim olish, konferensiyalar o'tkazish, WEB saytlarni tashkil etish, elektron pochtani
joriy qilish, muloqot o'rnatish va shu kabi maqsadlarida foydalaniladi.
8
1.2-§. HTML gipermurojaatlar tili haqida.
HTML asoslari. HTML (Hyper Text Markup Language - giper matnli muloqotlar tili) gipermatnlar tili WEB brauzerlar ekraniga ma'lumotlarni standart kodlar orqali chop etish imkoniyatini beradi. HTML dan foydalanib o'zida taxrirlangan matn, tasvir, multimediya elementlarini aks ettirgan WEB saxifalarni yaratish mumkin.
HTML WWW sistemasi uchun hujjat tayyorlashda ishlatiladi. HTML tili Pascal, C++, Java va boshqa dasturlash tillari kabi to'g'ri ma'nodagi dasturlash tili hisoblanmaydi. HTML yordamida operastion tizimlarda ishlaydigan to'laqonli dastur yozib bo'lmaydi (html da for, if, while kabi buyruqlar yo'q). HTML bu Internet tarmog'idagi WEB - serverida joylashtirilgan hujjatlarni ko'rish imkoniyatini beradigan sahifalar yaratishga mo'ljallangan gipermptnni belgilash tili hisoblanadi. HTML ni WEB brauzerlarga matn yoki tasvirlarni qay holatda chop etish ko'rsatmalar to'plami deyish ham mumkin.
Butunjahon o'rgimchak to'rining asosiy va HTML ning tarkibiy qismini gipermatnlar va gipermurojaatlar tashkil etadi. Maxsus komandalar yordamida matnning ma'lum qismi shunday ajratiladiki, natijada o'sha matn ustiga sichqon tugmasi bosilsa boshqa matn yoki sahifa ochiladi. Bundan tashqari multimediya vositalarining ishlab ketishi yoki bo'lmasa, ma'lumotni diskda saqlash taklifi ham berilishi mumkin.
Gipermatn yoki gipermurojaat biror bir tasvirga ham qo'yilishi mumkinki uning ustiga bosilganda ham yuqorida aytilgan holatlar ro'y berishi mumkin.
Har bir WEB sahifa o'zida bir nechta gipermatn yoki gipermurojaatlarni mujassam etishi mumkin.
Internet xizmatlarining ko'pchiligiga dostup (ruxsat, yo'l) adresatsiya sxemasi (URL) yordamida qiziqtirilgan ixtiyoriy hujjatni topish imkoniyatini beradi. Har bir tur boshqasidan farq qiluvchi o'zining format adresiga ega.
Masalan, mening adresimga xat yozish uchun foydalanuvchi o'zining pochtasining jo'natish adresiga yozishi kerak bo'ladi. Boshqa tomondan Intel kompaniyasining WEB sahifasini yuklash uchun WEB brauzerning adreslar paneliga yozishi kerak.
HTML tilining xususiyatlaridan biri - bu uning kodlarini yozish uchun alohida dasturiy muhit zarur emas. Kodlar ixtiyoriy matn muxarririda yozilishi mumkin va HTML hujjat tayyor bo'lgach uni (dastlabki holatda *.txt kengaytmali bo'ladi) *.html (yoki htm) kengaytmali fayl ko'rinishida saqlash kifoya. Ushbu HTML hujjatni istalgan WEB brauzer yordamida ko'rishimiz mumkin.
Windows muhitida HTML hujjat kodlarini yozish uchun quyidagi matn muxarrirlari: Bloknot, Akelpad, Notepad++, Wordpad kabilardan foydalanish mumkin,. Ko'rsatilgan hamma matn muharrirlari yordamida HTML kodlarni yozishda qo'llash mumkin.
Ko'pgina matn muharrirlarida HTML kodlarni hatto programmalashtirish tillarida kodlarni yozish juda qulay. Ba'zilari avtomatik ravishda operatorlar, funktsiyalarni tanish va ularni har xil ranglarda tasvirlash imkoniyatiga ega. Ba'zi matn muxarrirlarida HTML hujjatni WEB brauzerda sinab ko'rish tugmasi mavjud.
1.3-§. WEB sahifalar va WEB brauzerlar.
|
| |