• OLTINCHI BOSQICH.
  • ETTINCHI BOSQICH.
  • Ilmiy raxbari




    Download 3,08 Mb.
    bet6/16
    Sana03.02.2024
    Hajmi3,08 Mb.
    #151172
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Ilmiy raxbari

    BESHINCHI BOSQICH. Nazorat bosqichida talabalarning ma'ruzadagi tayanch tushunchalar, yangi bilimlar qanday o'zlashtirilganligi nazorat qilinadi. Bunda o'qituvchi elektron (kompyuterlar orqali) yoki qog'oz (tarqatma material) variant bo'yicha testlardan foydalanadi. Talabalar mavzudagi asosiy tayanch tushuchalarni o'rganadilar va ularda faollik, ijodkorlik hissi rivojlanadi, o'z xatolarini tuzatish va yanada yaxshi bilim olishga intilish oshadi. Bu bosqichga 15 daqiqa vaqt ajratiladi.
    OLTINCHI BOSQICH. Vazifa bosqichida talabalarga sayt yordamida testlar yoki krossvordlar ko'rsatiladi va uni echish vazifa qilib beriladi. Bundan tashqari, fanga doir, mavzu bo'yicha internet tarmog'idan kerakli materiallar to'plash, tahlil qilish va ulardan foydalanish, fan bo'yicha foydali saytlar nomi, mavzudagi tayanch tushunchalar asosida krossvord tuzish vazifalari
    beriladi. Bu bosqichda talabalar vazifalarni tushunib, ularni bajarish mas'uliyatini his qilishlari kerak. Bu bosqichga 5 daqiqa vaqt ajratiladi. ETTINCHI BOSQICH. Yakuniy bosqich bo'lib, o'qituvchi mavzu xulosasini aytadi va darsga yakun yasaydi. Ma'ruza darsining bu bos qichi o'tkazilgan ishlarning tahlili va muhokamasiga bag'ishlanadi. Bu bosqichda o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlarning masaofaviy o'qitish tizimiga asoslanganlari qo'yidagilarni amalga oshirishi mumkin: talaba darsdagi ishlarning muvaffaqiyatini baholaydi, ya'ni elektron variantda o'qituvchi pochtasiga o'z talab va takliflarini jo'natishi yoki anketa-so'rov savollariga javob beradi.O'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlarni amaliy mashg'ulotlarda qo'llash, texnika sohasidagi fanlar uchun - bu nazariy yo'riqlarni mustahkamlash va ko'nikmalarni oshirish maqsadidagi mashq va masalalarni echishdir.
    O'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlarni qo'llagan holda barcha turdagi amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari uchun universal metodik tavsiyalarni ishlab chiqish qiyinchiliklar tug'diradi. Shunga qaramasdan, muayyan shartlarga bog'liq bo'lmagan holda amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari umumiy mantiqiy tuzilishga ega bo'lib, har biri o'z ichiga 7 ta bosqichni oladi: mashg'ulotlarga tayyorlanish, mashg'ulotga doir namuna masala echish va tushuntirish, topshiriqlar, topshiriqlarni bajarish va bilimlarni faollashtirish, tahlil, baholash va yakun, laboratoriya mashg'ulotlari uchun ham shunday bosqichlar mavjud.
    Bugungi kunda telekommunikatsion texnologiyalar fanning barcha sohalariga, texnikaga, dunyoning barcha mamlakatlarida insonlarning ijtimoiy va shaxsiy turmush tarzlariga yana ko'proq kirib bormoqda. Bundan tashqari informatikani o'qitish jarayonida amaliy faoliyatga tayyorlash vazifasini to'g'ri hal etishga erishish uchun informatika kursining ilmiyligini oshirish lozim. Faqatgina to'g'ri va chuqur xulosalar qila olsagina, o'quvchilar har bir masalani echishga tanqidiy va ijodiy yondasha oladilar, yangi muammolar oldida
    o'zlarini yo'qotib qo'ymaydilar va turli shart-sharoitlarda unumli faoliyat
    29
    ko'rsata oladilar. Shuningdek, amaliy ish o'quvchilarning dunyoqarashini oshirishi va uni yangi faktlar bilan boyitishi bilan bir qatorda, informatikadan bilim darajalarini oshiradi, chuqur, to'liq va mustahkam bo'lishini ta'minlaydi. Informatika fanini o'qitish qo'yidagi maqsadni ko'zda tutadi:

    • bo'lajak o'qituvchilarni informatika fanini ijodiy o'qitish va o'zlarining amaliy faoliyatlarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo'llash bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalari bilan qurollantirish;

    • bo'lajak o'qituvchilarni informatika sohasi bo'yicha turli-tuman shakldagi sinf va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o'tkazishga tayyorlash;

    • bo'lajak o'qituvchilarni ta'lim sohasini axborotlashtirishning yo'llari va ulkan istiqbollari haqida tasavvurlarini rivojlashtirish va hamda chuqurlashtirish. Bo'lajak informatika o'qituvchisi o'sib kelayotgan avlodning umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb -hunar kollejlarida o'qitiladigan informatika va axborot texnologiyalari fanlarining ahamiyatini, uning mazmunini ajratish tamoyillarini, shuningdek, informatika fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligini tushunishi zarur.

    Informatika fanining amaliy mashg'ulotlarda saytlardan foydalanish metodikasini keltiramiz. Bu metodikani "Shaxsiy kompyuterlarning qurilmalari" mavzusi orqali bayon qilamiz.Mashg'ulotning maqsadlari. Shaxsiy kompyutsrlarning qurilmalarini amaliyotda ajrata olishga, kompyuterni yig'ish va uning narxini baholashga o'rgatish.
    Tarbiyaviy: kasbiy faoliyatiga doir bilimlarni chuqur egallash, jamiyat oldida burch va ma'suliyatni sezishni tarbiyalash.
    Rivojlantiruvchi: bilimlarni qo'llay bilishni shakllantirish, mantiqiy fikrlash va mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish.Mashg'ulotning shakli: amaliy (80daqiqa).
    Mashg'ulot metodi: kompyuterli o'qitish va «kichik guruhlar» bo'lib ishlash. Jihoz: proektor, internetga ulangan kompyuterlar, Shaxsiy kompyuterlarning apparat qismlari bo'yicha saytlar ro'yxati, topshiriq variantlari.
    Mashg'ulotdan kutiladigan natijalar. O'qituvchi: talabalarda nazariy bilimlarni amalda qo'llay olishni shakllantirish, oqilona boshqarish, zeriktirmaslik, doimiy nazorat va adolatli baholash, qisqa vaqt ichida ko'p narsaga erishish, talabalarning evristik faoliyatini oshirish.
    Talaba: olingan bilimlarni tizimlashtirish va amalda qo'llash, mustahkamlash va baho olish, guruh bo'lib ishlash ko'nikmasini hosil qilish, mustaqil, mantiqiy va dadil fikrlashga o'rganish. Mashg'ulotning borishi.
    Tashkiliy qism. O'qituvchi sinfdagi o'quvchilarni 4—5 o'quvchidan iborat guruhlarga ajratadi.
    Bilimlarni faollashtirish: barcha talabalarga ijodiy vazifa berilgan.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 3,08 Mb.