• 2.3. Mustaqil ishlarni bajarishda web saytlarning imkoniyatlari
  • III BOB. LOYIXALASH QISMI 3.1 Wordpress dasturida umumtalim maktablarining web saytini yaratish jarayoni.
  • Войти
  • Зарегистрироваться
  • Отчество
  • BOSQICH. Baholash (5 daqiqa). Mashg'ulot nihoyasida o'qituvchi xulosa yasaydi va har bir guruh ishini baholaydi. BOSQICH




    Download 3,08 Mb.
    bet8/16
    Sana03.02.2024
    Hajmi3,08 Mb.
    #151172
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
    Bog'liq
    Ilmiy raxbari

    BOSQICH. Baholash (5 daqiqa). Mashg'ulot nihoyasida o'qituvchi xulosa yasaydi va har bir guruh ishini baholaydi.

  • BOSQICH. YAkun (5 daqiqa). O'qituvchi uy vazifalarni topshiradi,uyda

    mavzuni takrorlash, vazifaga ijodiy yondashish kerakligini va keyingi
    32
    mashg'ulotga tayyorlanib kelishlarini aytib, mashg'ulotni yakunlaydi.Keltirilgan metodika orqali amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish talabalarda olingan bilimlarni tizimlashtirish va nazariy bilimlarni amalda qo'llash malakasini oshirishga, mustahkamlashga, yakka va guruh bo'lib ishlash ko'nikmasini hosil qilishga, mustaqil, mantiqiy va dadil fikrlashni o'rganishga olib keladi.Topshiriqlarni bajarish davomida talabalar saytlardanma'lumotnomadan foydalangandek, kerakli ma'lumotlarni oladilar, yangi mavzu bilan oldindan tanishadilar, olgan bilimlardan samarali foydalanadilar. Bu o'z navbatida talabalarda yuqori aqliy, ilmiy salohiyotning rivojlanishiga olib keladi. Yangi pedagogik texnologiya va axborot texnologiyalari asosida amaliy mashg'ulotlarni olib borish, talabalarning fanga bo'lgan qiziqishini yanada oshiradi.
    2.3. Mustaqil ishlarni bajarishda web saytlarning imkoniyatlari
    Ta'lim jarayonida talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishning ahamiyati talabalarni mustaqil bilim olish, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish, innovatsion faoliyatga qobil bo'lgan ijodiy shaxsni shakllantirishdan iboratdir. Ushbu jarayonni amalga oshirishda «Informatika va axborot texnologiyalari» fani o'qituvchisi oldida:

    • talabalarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirishda fanning ahamiyatini oshirish;

    • mustaqil ta'lim mashg'ulotlarini ishlab chiqish va uni talabalar tomonidan o'zlashtirish samaradorligini oshirish;

    • talabalarning bilish faoliyatini va o'zlashtirish darajalarini rivojlantirish asosida o'qitishning usul va shakllarini takomillashtirish;

    • ta'limda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo'llash usullarini ishlab chiqishdek muhim vazifalar turadi.

    Bu vazifalarni amalga oshirish uchun ta'limda talabalarning mustaqil bilim olishini kuchaytirishga qaratilgan topshiriqlar yordamida o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan foydalanishga o'rgatish zarur.Ayni paytda ta'limda axborot texnologiyalaridan foydalanishning yagona konsepsiyasi to'la shakllanmagan bo'lsada, o'quvchi va o'qituvchi munosabatlarini modellashtiruvchi kompyuter o'qitish tizimi kun sayin rivojlanmoqda. Bu yo'nalishda turli variantdagi darslik va o'quv qo'llanmalarni shakllantirilishi va shaxsiy kompyuterlarning imkoniyatlari ortayotgani, laboratoriya ishlari va tabiiy eksperimentlarni modellashtiruvchi dasturlarning yaratilayotgani bunga yaqqol dalil bo'la oladi.Ko'pchilikning fikriga ko'ra, talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish eng istiqbolli yo'nalishlardan sanaladi. Ma'lumki, o'quv materiallarini turli tavsiya shakllari, jumladan ba'zan o'rganiladigan hodisani turli nuqtai nazardan qaraydigan darsliklar, yangi mavzularni o'zlashtirish jarayonida vujudga keladigan savollarga ixtiyoriy vaqtda to'la javob olish imkonini beradigan lug'aviy "spravochnik" tizimi, tabiiy fanlarni o'rganishda demonstratsion eksperimentlar va laboratoriya mashg'ulotlari, talabalar tomonidan ixtiyoriy o'quv fanini mustaqil o'rganishda kerak bo'ladigan ehtiyojlardan sanaladi. Mustaqil o'qishda, materiallarni o'zlashtirishda yuqorida eslatilgan elementlardan foydalanish tartibi, har bir talabaning individual xususiyatlari tomonidan belgilanadi.
    Talabalarning mustaqil ish dasturi o'zaro parallel faoliyat ko'rsatadigan quyidagi uchta asosiy tizimdan tashkil topadi: o o'quv metodik adabiyotlar kutubxonasi, o integrallashgan lug'atlar hamda laboratoriya va o tabiiy eksperimentlarni modellashtirish tizimlari.
    Talabalarga laboratoriya va tabiiy eksperimentlarni mustaqil imitatsiya qilish imkonini berilishi, bu borada bir qancha murakkab masalalarni echish zaruriyatini tug'diradi. Bunda, eksperimentlarning dinamik modellarini avtomatik ko'rish uchun birinchi navbatda, eksperimentni tashkil etuvchi tarkibiy qismlarning modellarini yaratishni taqozo etadi.
    Ta'lim muassasalarida internet texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatining
    mavjudligini belgilash, ta'lim jarayonida bunday texnologiyalarni qo'llashning
    34
    eng muhim ko'rsatkichlaridan hisoblanadi. Bu sohada erishilayotgan yutuqlarni hisobga olib, internet texnologiyasini quyidagi jihatlarda ta'lim muassasasi umumiy faoliyati jarayonlarida qo'llash samarali bo'lishini ta'kidlash lozim: -o'quv muassasasi faoliyatini tezkor boshqarishni interfaol telekonferensiya, virtual maslahatlar, muhim axborotlarni professor-o'qituvchilarning jamoaviy yoki shaxsiy kompyuterlari displeyi ekraniga tashlash orqali tez tashkil etishda;

    • ta'limni boshqarish yoxud boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan elektron pochta orqali bog'lanish sharoitini yaratishda;

    • boshqa o'quv muassasalari, jumladan chet el muassasalari bilan ijodiy bog'lanishni tashkil etishda;

    • INTERNET tizimi yordamida axborot izlash va uni tanlashda. Ta'lim muassasasining o'quv faoliyatida esa:

    • axborot va axborot texnologiyalarini majburiy o'rganishni tashkil etishda;

    • barcha fanlar bo'yicha o'rgatuvchi dasturlardan foydalanishda;

    • testlar yordamida talabalarning o'zlashtirishini nazorat qilishda; -kutubxonalar kataloglaridan foydalanish va ommabop kutubxonalardagi kitoblarga INTERNET orqali buyurtma berishda;

    • professor va o'qituvchilarning metodik ishlanmalari, ma'ruza matnlari va boshqa o'quv qo'llanmalarini nashrga tayyorlashda;

    -INTERNET tizimidagi ma'lumotlardan foydalanib, talabalar tomonidan ma'ruzalar va referatlarni (turli mavzularda) mustaqil tayyorlashga erishishda;

    • o'quv va badiiy adabiyotlarning elektron matnlaridan foydalanishda;

    • maxsus ensiklopedik lug'atlardan foydalanish imkoniyatini yaratishda va boshqalar.

    Ta'lim tizimidagi o'zgarishlar, ayniqsa ta'lim mazmuni bilan bog'liq yangilanishlar talabalar o'qishini tashkil etishning yangi shakli va usullariga ham e'tibor qaratishni talab etadi. Jumladan, talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish muhim shakl bo'libgina qolmasdan, balki ta'lim jarayonining asosini tashkil etuvchi muhim qismi ham bo'lishini taqazo etadi.
    Hozirgi zamon talabiga javob beradigan pedagogik kadrlarni tayyorlashda,
    mustaqil ishni tashkil etish masalasi katta ahamiyatga ega.
    Lekin, o'quv jarayonida kompyuter vositalari yordamida talabalarning fanlarni
    mustaqil o'zlashtirishi va o'zlashtirgan bilim darajalarini aniqlovchi, on -line
    muloqot qiluvchi saytlar yaratish hamda zamonaviy kompyuter texnologiyalari
    va kommunikatsiya vositalaridan foydalanib mustaqil ishni tashkil etish ishlari
    olib borilmoqda. Talabalarning faol mustaqil ishlari faqat jiddiy va barqaror
    qiziqishlar mavjud bo'lgandagina amalga oshishi mumkin. Bundagi eng jiddiy
    omil - kelgusi samarali kasbiy faoliyatga tayyorgarlikdir.
    Talabalarni mustaqil ishlarini faollashtirishga imkon beruvchi ichki omillarni
    quyidagicha:

      1. Agar talaba o'z ish natijalarining ma'ruza jarayonida, metodik qo'llanmada, laboratoriya ishida yoki amaliy mashg'ulotl arda, maqolalar tayyorlashda foydalanilishi mumkinligini bilsa, uning bajarayotgan ishiga bo'lgan munosabati keskin tarzda yaxshi tomonga o'zgaradi, hamda ish sifati ortadi.

      2. Mustaqil ishni tashkil etishda talabaning ijodiy faoliyatdagi ishtiroki xilma- xil ko'rinishlarda bo'lishi mumkin. Xususan, kafedralar tomonidan olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari, badiiy ijod, metodik ishlar va hokazolar.

      3. Fan olimpiadalarida, ilmiy-tadqiqot ishlarida, amaliy ishlar tanlovlarida ishtirok etish.

      4. Bilimlarni nazorat qilishda qiziqtiruvchi omillardan foydalanish (reyting, testlar, noan'anaviy imtihon shakllari v.b.). Bu omillar tegishli holatlarda musobaqa ruhini vujudga keltiradi. Mana shu holatning o'zi talabada o'z ustida ishlashni, o'zini rivojlantirishga ichki ehtiyojini shakllantiradi va rivojlantiradi. Kasb - hunar kollejlarida o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar yordamida o'qitishni tashkil qilish ochiq ta'lim turini yaratishning asosiy yo'lidir. Ta'lim oluvchi o'qish jarayonida o'z xato va kamchiliklarini ko'radi va mustaqil tuzatish imkoniga ega bo'ladi.

    O'quv jarayonida mustaqil ishlarni bajarishni yaratilgan saytlar yordamida
    yo'lga qo'yish o'qish samaradorligini oshiradi. Kurs davo mida ular bir nechta
    36
    bo'lishi mumkin. Bu vazifalarni o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlarning o'qish serveridan ko'chirib olish va On-line tarzda bu vazifalarga javoblarni jo'natish mumkin. Javoblar nafaqat tekshiriladi, balki xato va kamchiliklari ham izohlab beriladi.O'qish davomida kasb - hunar kollejlari talabalariga turli testlarni bajarish imkoni beriladi. Bu testlar o'zini tekshirish yoki kursni o'zlashtirganligi darajasini aniqlash uchun ishlatiladi. Testlar o'qish serverida bajariladi. Amaliyot uchun vazifalar o'qish serverida joylashtiriladi. Kurs tugagach yakuniy imtihon o'tkaziladi va o'quvchi o'qishni tugatgani haqida hujjat oladi.
    III BOB. LOYIXALASH QISMI
    3.1 Wordpress dasturida umumta'lim maktablarining web saytini yaratish
    jarayoni.
    Maktab saytini ZiyoNEt tarmog'ida ya'ni wordpress dasturida yaratish uchun sizga id.uz tizimida ro'yxatdan o'tish kerak bo'ladi.
    Buning uchun siz brauzeringizda https://www.id.uz/ sahifasini ochishingiz kerak bo'ladi. Bu sahifa quyidagicha ko'rinishda bo'ladi.



    Agar siz tizimda ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz Войти tugmasini bosib tizimga kirishingiz mumkin. Ammo tizimda o'z login-parolingizga ega bo'lmasangiz, Зарегистрироваться tugmasini bosishingiz kerak bo'ladi. Yuqorida keltirilgan sahifaning yuqori qismidagi Зарегистрироваться tugmasini yoki Войти tugmasining pastidagi Зарегистрироваться ishoratini bosishingiz bir xil natija beradi va ro'yxatdan o'tish sahifasini ochib beradi.





    Ro yxat shaklining Отчество maydonidan tashqari barcha maydonlarini to'ldirish majburiydir.


    Quyida ushbu shaklni to'ldirishga misol keltirilgan.



    Login sifatida tizimga kirish uchun o'zingizga tanlagan laqabingizni kiritasiz. U lotin alifbosidagi istagan harflar va raqamlar birikmasini kiritishingiz mumkin.



    Download 3,08 Mb.
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




    Download 3,08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    BOSQICH. Baholash (5 daqiqa). Mashg'ulot nihoyasida o'qituvchi xulosa yasaydi va har bir guruh ishini baholaydi. BOSQICH

    Download 3,08 Mb.