Ilmiy raxbari




Download 3.08 Mb.
bet7/16
Sana09.06.2022
Hajmi3.08 Mb.
#23282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
jo\'rayev Rohatillo
Клинкейс 3М9П, ОПР
BOSQICH. Tayyorgarlik (10 daqiqa).

O'qituvchi faoliyati: talabalarni 2-amaliy mashg'ulot mavzusi, ishning asosiy maqsadi tadqiqot sohasining lokal ko'rinishlarini modellash, ularning umumiy bo'lgan konseptual modelga birlashtirish kerakligini tushuntiradi va talabalarni 5 ta kichik guruhga ajratadi. Har bir kichik guruh 5 ta talabadan iborat. Talaba faoliyati: talabalar 4-6 kishidan iborat kichik guruhlarga birlashadilar va mashg'ulot metodini tushunib oladilar.Kutilayotgan natija: talabalarda keltirilgan axborotga nisbatan kuchli motivatsiyani shakllantirish.

    1. BOSQICH. Namuna masala echish va tushuntirish (15 daqiqa).

O'qituvchi har bir guruhga , Shaxsiy kompyuterlarning apparat qismlari bo'yicha saytlar ro'yxatidan iborat materiallarni tarqatadi va quyidagi vazifani bajarishni tavsiya etadi:

  • berilgan materiallardan kompyuterning asosiy va atrof qurilmalari bo'yicha ma'lumotlarni topish;

  • ular bo'yicha kompyuter texnikasining zamonaviy bozori bilan tanishib chiqish;

  • aniq narxlarni bilish;

  • aniq bir tashkilot (ofis, bank, maktab va hokazo) uchun turli atrof qurilmalari bilan jihozlangan kompyuterni tanlash va yig'ish (har bir guruh bitta tashkilotni tanlaydi);

  • yig'ma (podborka) hosil qilish (maqolalar, rasmlarni qirqib olish) va vatmanga elimlash;

  • hosil bo'lgan komplektning umumiy narxini baholash;

  • o'zining taqdimotini namoyish etish.

  1. BOSQICH. Topshiriq (5 daqiqa). O'qituvchi faoliyati:

topshiriqni guruhlarga tarqatadi, masalaning qo'yilishini tushuntiradi va topshiriqni bajarish uchun ketadigan vaqtni belgilaydi. O'quvchilar guruhlarda ishlaydilar. O'qituvchi ularni nazorat qilib, to'g'rilab, yordam berib turadi.

  1. BOSQICH. Topshiriqni bajarish va bilimlarni faollashtirish.

(20 daqiqa). O'qituvchi faoliyati: talabalarning ish faoliyatini kuzatadi, ishlash jarayonida ayrim noaniqliklarni bartaraf qiladi, berilgan savollarga javob beradi. Talaba faoliyati: topshiriqni bajarish mobaynida o'z bilimlarini amaliyotda qo'llaydi. Kutilayotgan natijalar: talabalarda mustaqil ishlash, bilimni amalda qo'llash, ijodkorlik, o'z faoliyatini to'g'ri tashkil qilish, mantiqiy fikrlash, tashabbuskorlik, faollikni shakllantirish.

  1. BOSQICH. Tahlil (20 daqiqa1). O'qituvchi faoliyati:

talabalar yo'l qo'ygan xatolarni tuzatish, xato bilim o'zlashtirish oldini olish, talabalar faoliyatini tahlil qilish. Talaba faoliyati: ishlab chiqilgan topshiriqni taqdimot orqali tushuntiradilar va o'z kamchiliklarini tuzatadilar. Har bir guruh o'zlari bajargan ishni taqdim etadi. Taqdimot jarayonida savol-javob bo'lishi mumkin.
Kutilayotgan natija: talabalarda xatolarni bartaraf qilish, o'zining to'g'ri fikrini isbotlsh, mantiqiy fikrlash va ijodkorlikni shakllantirish.


  1. Download 3.08 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Download 3.08 Mb.