• UCHINCHI BOSQICH.
  • TORTINCHI BOSQICH.
  • Ilmiy raxbari




    Download 3.08 Mb.
    bet5/16
    Sana09.06.2022
    Hajmi3.08 Mb.
    #23282
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    jo\'rayev Rohatillo
    Клинкейс 3М9П, ОПР
    IKKINCHI BOSQICH. Bu bosqichda o'qituvchi mavzuni e'lon qiladi, fanni maqsad va vazifalari, mavzu rejalari, undagi tayanch tushunchalar, ma'ruza mazmuni, kutilayotgan natijalar bilan talabalarni tanishtiradi. Oldingi mavzu bilan joriy mavzuni bog'laydi. Talabalar bu bosqichda o'qituvchi bergan ma'lumotlarni tinglaydilar va o'qituvchi talabalarda keltirilgan axborotlarga nisbatan kuchli motivatsiyani shakllantirish zarur. Bu bosqichga 10 minut vaqt ajratiladi.
    UCHINCHI BOSQICH. Bu bosqichda o'qituvchi talabalarga o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlarni qo'llagan holda mavzuni tushuntirib beradi. Darslarning samaradorligini oshirishda:

    • darsda foydalanilayotgan usullarning bir xilligini yo'qotish;

    • etarlicha dasturli o'rgatish elementlarini darsda qo'llash;

    • darsda vaqtdan foydalanish ratsionalligin i ta'minlash;

    • muammoli o'qitish elementlarini ko'proq qo'llanilishi;

    - darsda videofilm, multimedia vositalaridan ko'proq foydalanish maqsadga muvofiq.
    Bunda o'qituvchining nutqi muhim oddiy, tushunarli, emotsional nutqga ega bo'lishi kerak. Asosiy e'tiborni yangi tushunchalar, tayanch iboralarni tusahuntirishga qaratish, ortiqcha so'zlarni ishlatmasligi kerak. Bu bosqichning asosiy maqsadi - talabalarda keltirilgan axborotlarni ilmiy bilimlarni tizimli ravishda berish, ularda ijodiy izlanuvchanlikni, ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirish. Bu bosqichga 25 daqiqa vaqt ajratiladi.
    TO'RTINCHI BOSQICH. Tahlil bosqichida o'qituvchi talabalar tomonidan kiritilgan g'oyalarning qizg'in tahlil qilinishi uchun sharoit yar atadi. Talabalar axborotlarning ba'zi jihatlarini aniqlashga va kiritilgan g'oyalarni, fikrlarni qizg'in tahlil qilib, eng to'g'ri g'oya va fikrlarni aniqlab oladilar. Bu bosqichda talabalarning dars davomida o'rganish, bilim olish faolligini oshirish, ularning shaxsiy fikrlarini dadil aytishiga, erkin, mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga erishiladi. Talabalarda muammo mohiyatini to'g'ri idrok qilish, keng mantiqiy fikrlash uchun barcha imkoniyatlaridan foydalanadilar. Bu bosqichga 15 daqiqa vaqt ajratiladi.

    Download 3.08 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 3.08 Mb.